Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogik instituti
Download 6.98 Kb.
|
shahlo
AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIK INSTITUTI Boshlang'ich ta'lim fakultetining 3-"G" guruhi(o'zbek) "Boshlang'ich ta'lim" yo'nalishining talabasi Kenjaboyeva Shahloning amaliyotdan olib borilgan ishi bo'yicha HISOBOTI Men Kenjaboyeva Shahloning 2022-yilning 7-sentabrdan boshlab haftaning chorshanba payshanba kunlari 22-dekabrga qadar Nukus shahriga qarashli №34-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabda amaliyotda bo'ldim. Maktab bilan va ustozlar bilan tanishishga muyassar bo'ldim. Shu kundan boshlab, men Kenjaboyeva Shahlo 34-maktabning ichki va tashqi qoidalari bilan tanishdim. Maktab administratsiyasining yo'nalishi bilan 1-"D"sinfga o'z amaliyotimni boshlashga biriktirildim. Sinf rahbari Ibragimova Mehriniso ustoz bilan tanishdim. Biriktirilgan ustoz "Boshlang'ich sinflar" bilan tanishtirdi. Ularning yutuqlarining faxr bilan aytib o'tdi. Sinfda jami 16 nafar o'quvchi ta'lim-tarbiya oladi ekan. Ulardan 6 ta o'g'il bola, 10 tasi qiz bola. Men tezda o'quvchilarga moslashib ketdim va ular bilan birgalikda ish olib bordim. Ibragimova Mehriniso ustozning ona tili, matematika, o'qish darslariga kirib bilmaganlarimni o'rgandim. Pedagogik malakamni oshirdim, o'zimning olgan bilimlarimni o'z tajribamdan sinab ko'rdim. Mehriniso opa barcha darslarni qiziqarli qilib ko'rgazmali materiallar va tarqatmalar orqali o'tdi. Va bizlar bilan ham jiddiy shug'ullandi.7-sentabr kunidan ,22-dekabr kuniga chama amaliyotda bo'ldim. Shu vaqt davomida ish qog'ozlari, ish rejalar va o'quvchilar bilan qanday muloqot olib boorish kerakligini o'rgandim. Pedagogik amaliyot davomida men yana Umida ustoz va boshqa o'qituvchilarning ham darslarini kuzatdim. Ulardan ko'p metodlarni o'rgandim. Darslarni qanday tashkil qilish, o'quvchilar bilan qanday muloqotda bo'lish kerakligini oz bo'lsa ham o'rgandim deb o'ylayman. Biz yana darslarda ochiq darslarda ham bo'ldik. Men uchun eng yaxshi o'tilgan ochiq dars Ibragimova Mehriniso ustoz ona tilidan o'tilgan ochiq dars bo'ldi. Bu ochiq darsda o'qituvchi ko'plab qiziqarli metodlardan foydalandi. Ochiq darsda oldiniga uyga vazifani ham so'rab o'tdi. Keyin yangi mavzuni o'quvchilarga tushuntirib berdi. Talaba: Kenjaboyeva Shahlo Download 6.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling