Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti "2"kurs talabasi Ochilova Mamuraning


Download 49.38 Kb.
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi49.38 Kb.
#1619039
  1   2   3
Bog'liq
Tikuv mashinalari turlari


AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

“2”kurs talabasi Ochilova Mamuraning


Materialshinoslik fanidan
MUSTAQIL ISHI
MAVZU Tikuv mashinalarning kichik mehanizmlari.

Bajaruvchi: Ochilova M


Qabul qiluvchi: Ibraimova S

Nukus 2023


Tikuv mashinalarning kichik mehanizmlari.


Reja:



1. Tikuv mashinalarining rivojlanish tarixi
2. Jahon miqyosida tikuvchilik mashinasozligi
3. Tikuv mashinalarining belgilanishi
4. Tikuv mashinalarining sifati va puxtaligi.
5. Tikuv mashinalarining turlari

Tikuv mashinalarining rivojlanish tarixi
Tikuv mashinasining dastlabki ko`rinishlari Leonardo da Vinchining loyihalarida aks etgan. XVI asr oxirlarida angliyalik Uilyam Li bir ipli zanjirsimon bahyali to`qima tikish mashinasini kashf etdi. 1755 yili Karl Veyzental qo`lda bajariladigan qaviqlardan nusxa kuchiruvchi tikuv mashinasini yaratadi.
Hozirgi paytda ham bir qator firmalarda qo`lda bajariladigan qaviqlarga o`xshash bahya hosil qilib tikuvchi mashinalar ishlab chiqarilmoqda. Bu mashinalar teri mashsulotlari, poyafzal va qo`lkoplarni tikishga mo`ljallangan bo`lib, ularning ishlash printsiplari K. Veyzental va T. Sent ixtirolariga asoslangan. 1790 yili Angliyada poyafzal tikadigan mashina uchun Tomas Sentga patent berilgan. Mashina qo`lda yurgizilar, poyafzal detallari ham igna tagida qo`lda surilib turilardi (1-rasm). Bu mashina konstro`qtsiyasi uncha murakkab bo`lmasa-da, unda ilgarilanma-qaytma harakatlanuvchan igna yuritgichi, gorizontal igna plastinasi, bahya uzunligini o`zgartirish va gazlamani surish qurilmalari mavjud bo`lgan.



1-rasm. 1790 yili Tomas Sent tomonidan yaratilgan dastlabki tikuv mashinasi



1829 yili fransuz Bartolo-meya Timone yuqoridagi mashina-lardan muqammalrok bir ipli zanjirsimon bahyali tikuv mashinasi asosida sharbiy kiyim tikishga mo`ljallangan 80 dan ortiQ tikuv mashinasini yaratgan.
1834 yili Amerikalik Uolter Xant ustki va ostki iplar qo`llanilgan birinchi moki bahyali tikuv mashinasini yaratgan. Bu mashinada ostki ipning tarangligini sozlash qurilmasi bo`lmaganligi sababli sifatli bahyaqator olish imkoni yo`q edi. 1843 yili Amerikada Bendjamin Bin tomonidan yoysimon shakldagi ignali tikuv mashinasi yaratilgan. 1845 yili AQH da Ellios Xou moki bahyali tikuv mashinasi uchun patent oldi. Bu mashinada gazlama vertikal tarzda suruvchi richag ildirgichlariga sanchib qo`yilar va fakat to`g`ri yunalishda surilar edi. Uning bo`qik ignasi gorizontal tekislikda harakatlanar, to`quv stanogi mokisiga o`xshash mokisi esa ilgarilanma-qaytma harakatlanar edi. Bulardan keyingi kashfiyotchilar tikuv mashinalarini yanada takomillashtirdilar. A.Vilson (1850 yil), I.Gibbs va I.Zingerning (1851 yil) dastlabki mashinalarida igna vertikal harakatlanar, tepki bilan bostirib qo`yilgan gazlama esa gorizontal platformada harakatlanar edi. Oldin bu mashinalarda gazlamani to`xtab-to`xtab surib turadigan tishli gildirakcha bo`lgan, keyinchalik esa uning urniga tishli reyka o`rnatilgan. Xuddi shu davrda amerikalik Grober va Bekerlar ikki ipli zanjirsimon bahyali tikuv mashinasini yaratdilar. Bu mashinada ustki ip vertikal ilgarilanma-qaytma harakatlanuvchan to`g`ri ignadan, ostki ip esa gorizontal harakatli bo`qik ignadan uzatilar edi. 1858 yili "Vilkokk - Jibss" firmasi aylanma harakatlanuvchan ikki ipli zanjirsimon bahyali tikuv mashinasini ishlab chiqara boshladi. SHu davrdan boshlab ingliz Tomas Eyt, germaniyalik Villi Pfaff va Deton Nauman, shved Xuskvarno va boshqalarning tikuv mashinalarini ishlab chiqaruvchi, loyihalash va takomillashtirish ishlari bilan shugullanuvchi firmalari tashkil etiladi.
1870 yildan boshlab Yaponiya, Rossiya va boshqa davlatlarda "Zinger" firmasi yig`uv ustaxonalarini tashkil etadi. Bu ustaxonalarda chetdan keltirilgan detallardan tikuv mashinasi yig`ilar edi.
O`tgan asrning 30–50-yillarida AKSH, Buyo`q Britaniya, Germaniya va Fransiya davlatlaridan tikuv mashinalariga 30 dan ortik patent olingan va katta xajmda ishlab chiqarila boshlangan.


Download 49.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling