Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti madaminov rasul urazbayevich
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
tilining imkoniyatlari
2.1. Delphi dasturlash tilining interfeysi, komponentlar va asboblar majmuasi Hozirgi vaqtga kelib kompyuter olamida ko’plab dasturlash tillari mavjud. Ular Beysik, Paskal, C++ , Delphi va boshqa dasturlash tillaridir. Paskal tili 1969 yil Nikolas Virt tomonidan yaratilgan bo’lib, keyinchalik amerikaning Borland firmasi tomonidan qayta ishlanib Turbo Pascal deb nomlandi. Turbo Pascal ni qayta ishlash natijasida ob’ektli dasturlash yo’lga qo’yildi va u Object Pascal deb atala boshlandi. Hisoblash texnikasi va texnologiyasining rivojlanishi natijasida Borland firmasi tomonidan yangi Delphi dasturlash tili yaratildi. Delphi dasturlash tili – bu dasturlarni qayta ishlash muhiti bo’lib, Windows operatsion sistemasida ishlaydi. Unda ob’ektli dasturlash tili bo’lgan Object Pascal mujassamlashgan. Delphi vizual proektlar, turli holat protseduralarini qayta ishlash va dasturlarni qayta ishlashda vaqtdan yutish va boshqalarni o’z ichiga oladi. DELPHI dasturiy vostasi-bu Windows uchun mo’ljallangan dasturlash muxiti bo’lib, 1995 yilda BORLAND kompaniyasi guruhi dastur tuzuvchilari Chak (Chuck) va Denni (Danny) tomonidan yaratilgan. Borland Delphining paydo bo’lishi dasturlashni rivojlantirish tarixida yorqin ko’rinish bo’ldi. Delphining dunyoga kelishiga quyidagilar sabab bo’ldi; Windows uchun dastulash va komponentalar texnologiyasi. Masalalarni yechish uchun ob’ektga yo’naltirilgan usul. Komponentalar texnologiyasiga asoslangan ilovalarni tez yaratishning vizual muhitlari. Interpritatsiyadan emas, kompilyatsiyadan foydalanish. Bu shundan iboratki, interpretator bilan ishlashga qaraganda kompilyator bilan ishlash tezligi o’n martalab ustunlikka ega bo’ladi. 32
Universal usullar yordamida ma’lumotlar bazasi bilan ishlash imkoniyatlarining mavjudligi.
Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling