Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti madaminov rasul urazbayevich
Dissertatsiya mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Dissertatsiya mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi:
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov “Barkamol avlod yili” Davlat dasturida ta’lim jarayoniga yangi axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar, multimedia vositalarini keng joriy etish orqali mamlakatimiz kasb-hunar kollejlari va oliy o’quv yurtlarida o’qitish sifatini tubdan yaxshilash, ta’lim muassasalarining o’quv-laboratoriya bazasini, zamonaviy turdagi o’quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi bilan mustahkamlash, raqamli va keng formatli telekommunikatsiya aloqa vositalari hamda Internet tizimini yanada rivojlantirish zarurligi asosiy vazifalardan biri deb belgilangan. Elektron ta’lim resurlarining afzalliklaridan biri mustaqil ta’lim olish, ijodiy fikrlash, malaka va ko`nikmalarni shakllantirish orqali o`quv materiallari hamda ilmiy ma’lumotlarni har tomonlama chuqur o`zlashtirishga mo`ljallanganligidadir. Shuningdek, ushbu turdagi elektron o’quv qo’llanmalar ilmiy uslubiy ma’lumotlarni jamlaganligi, ko`rgazmali materiallarga boyligi, ya’ni turli xil animatsiyalardan foydalanganligi, ta’lim oluvchilarning yoshi va fiziologik xuxusiyatlarini hisobga olganligi jihati bilan afzalroq hisoblanadi. Hozirda deyarli barcha sohaga barcha sohaning elektron qo’llanmalari mavjud. Lekin hammasini ham foydali deb ayta olmaymiz. Shunday ekan, elektron ta’lim resurslarini tayyorlashda ham ana shu jihatga e’tibor qaratish zarur bo’ladi. Bugungi kunda internetda bepul tarqatiladigan elektron ta’lim resurslari mavjud. Biroq hammasi ham sifatli bo’lib dars jarayonida foydalanishga qo’l kelavermaydi. Ba’zi bir zaruriy imkoniyatlar bepul versiyada ishlamaydi. 7
Bunday holatlarda o’sha dasturlarni sotib olgan yoki boshqa dastur qidirgan ma’qul. Elektron axborot muhiti mamlakatimiz ta’lim tizimi uchun quyidagi jarayonlarni rivojlantirishda alohida ahamiyat kasb etadi: - ta’lim sohasidagi islohotlarni davom ettirish; - aholining ta’lim texnologiyalariga ehtiyojini shakllantirish; - ta’lim jarayoni ishtirokchilari o’rtasida axborot almashish uchun sifatli, yangi texnik vositalarning paydo bo’lishi va rivojlanishi;
Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling