Ko‘rib, eshitib, eslab qolish
Farzandingizga biror hayvonni tasvirlab bering. So‘ng eshitganlari haqida so‘zlab berishini so‘rang. Bu mashq u uchun biroz qiyinchilik tug‘dirsa, hayvonlar rasmini ko‘rsatib, ularning tovushi, harakatlari to‘g‘risida ma’lumot bering. Bolajoningizdan so‘zlaganlaringiz haqida so‘rab olishni unutmang.
Yana o‘qing: MAKARONLI “ANTIQA ChUCHVARA”
Diqqatni jamlashga ko‘maklashuvchi mashqlar
Bolaga qog‘oz bilan qalam bering. Biror bir rasmni yarim daqiqa davomida ko‘rsating va uni qog‘ozga tasvirlab berishini so‘rang. Boshlanishida undan oddiy shakl (masalan kvadrat)ni qora qalamda (bo‘yamasdan) chizib berishini so‘rang. Keyinchalik biroz murakkab bo‘lgan suratlar (masalan, tabiat tasviri)ni turli rangli qalamlar bilan tasvirlashni so‘rang. Bu o‘yin diqqatni jamlashga ko‘mak beradi.
Bolajon kun tartibi
Dastavval bolaga to‘g‘ri kun tartibi belgilash kerak. Bunda sport muhim o‘rin tutadi. Turli jismoniy mashqlar uning miyasi rivojlanishi va xotirasining mustahkamlanishi uchun alohida ahamiyatga ega. Uyqu davomiyligi (maktab yoshidagi bolalar uchun kundalik 9 soat)ga ham e’tibor bering. Kun davomida 5 mahal ovqatlanish jarayonini tashkil etish, miya tarangligining rivojlanishiga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi. Bo‘tqalar, sut va sut mahsulotlari, yong‘oq, yog‘li baliq, dukkakli mahsulotlar, mevalar va sabzavotlar bolajon ratsionidan muhim o‘rin egallashi lozim.
Shuni unutmaslik kerakki, xotira tug‘ma iste’dod emas, uni faqatgina mashqlari orqali mustahkamlash va rivojlantirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |