Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti sirtqi bo’lim pedagogika va psixologiya yo’nalishi
Download 22 Kb.
|
AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10 ta farqni top”
- Hayvonot bog‘ini esla”
- Tasvirlab berish”
AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI SIRTQI BO’LIM PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA YO’NALISHI Psixalogik xizmat FANIDAN TRENING MASHG’ULATLAR ISHLANMASI MAVZU: BOLALAR UCHUN XOTIRANI MUSTAHKAMLOVCHI MASHQLAR (TENGDOSH TENGDOSHKA TAMOYILI ASOSIDA) 2022-2023-O’QUV YILI 1-MASHGULOT (Bolalar uchun xotirani mustahkamlovchi mashqlar)mashguloti Vazifralar: O‘smir qizlarga tavsiyalar Faqat qizlar o‘qisin: Yigitlar uylanishni istamaydigan QIZLAR Erkaklar gapirishni istamaydigan, ammo indamay aziyat chekadigan muammo Qaysi mahsulotda qanday vitamin mavjud? Davomiyligi:30daqiqa Reja:
Ko‘pchilik ota-onalar farzandining xotirasi kuchli emasligidan noliydi. Kelajakda bolaning aql-idrokli bo‘lib kamol topishida esa o‘tkir zehnli bo‘lish muhim ahamiyatga ega. Bola xotirasi mustahkam bo‘lishi uchun ota-ona farzandi bilan har kuni ma’lum vaqt davomida shug‘ullanishi lozim. Kichkintoyning zehni turli mashq va o‘yinlar orqali rivojlanib boradi. Yana shunisi ahamiyatliki, uning ovqatlanishi, kun tartibi ham bunga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Xotira bilan bog‘liq hamma xususiyatlar bola tug‘ilib, nutqi rivoj topganidan boshlab, to o‘smirlik (12-14 yoshlar) davriga qadar yaxshi rivojlanadi. Ayniqsa, zehnning qay darajada mustahkam ekanligi bola maktabga borish paytida bilinadi. Tabiiyki, eslab qolish qobiliyati yaxshi rivojlangan o‘quvchi darslarni boshqalarga qaraganda tez o‘zlashtiradi. Ushbu maqolamiz orqali maktab yoshidagi bolalar uchun xotirani mustahkamlashga ko‘maklashuvchi mashqlar bilan tanishtiramiz. “Rasmlar” Xotirani tiklash va uni saqlab turish uchun, ish joyida ham bajarsa bo‘ladigan, har qanday yoshdagi insonlar uchun to‘g‘ri keladigan mashqlar bor. Samarali mashqlardan biri rasmlarni eslab qolish. Bunday mashqni o‘tkazish uchun biror bir qiziqarli rasm olish kerak, unda 10 tadan 15 tagacha bo‘lgan jism, hayvon va shu kabilar bo‘lsin. Ushbu rasmga 60 soniya davomida diqqat bilan qarang va u yerdagi narsalarni eslab qolishga harakat qiling. 60 soniya o‘tgandan keyin rasmni berkitib, eslab qolgan narsalaringizni ayting yoki ularni yozing. Bunday mashqni bolalar bilan o‘yin sifatida o‘tkazsangiz, bolaning kayfiyati ham ko‘tariladi. Faqatgina bir rasmdan emas, 2-3 xil rasmlar bilan mashq qilganingiz yaxshiroq. Farzandingizga biror bir rasmni ko‘rsatib, unda nima tasvirlanganini chizib berishini so‘rang. Shuningdek, undan rasm haqidagi fikrlarini ko‘proq gapirib berishini iltimos qiling. “10 ta farqni top” Suratga qarab o‘ynaladigan “10 ta farqni top” mashqi xotirani mustahkamlovchi asosiy o‘yinlardan biridir. Buning uchun bolaga yarim daqiqa suratni tomosha qilishiga qo‘yib bering. So‘ngra ikkinchi suratni ko‘rsating. U rasmlar o‘rtasidagi tafovutni xotirasiga suyangan holda aniqlay boshlaydi. “Hayvonot bog‘ini esla” Farzandingizga bir nechta yumshoq o‘yinchoqlar (maktab yoshidagi bolalar uchun o‘yinchoqlar soni 7 tadan oshmagani ma’qul) bering. Ularni bir qatorga terib, bolaga yarim daqiqa vaqt ajrating. U o‘yinchoqlar o‘rnini eslab qolsin. So‘ng orqasiga o‘girilib turishini aytib, o‘yinchoqlar joyini almashtiring. Keyin esa boladan dastlab ular qanday joylashgani haqida so‘rang. Bu o‘yin orqali nafaqat eslab qolish, balki diqqatni jamlash qobiliyati ham yaxshilanadi.
Farzandingiz bilan hayvonot bog‘ini sayr qilib, uyga kelganingizda u yerdagi qiziqarli voqea yoki chiroyli ob’yekt haqida so‘rang. Ularni kengroq tasvirlashi uchun savollar bering. “Raqs to‘garagi” Quvnoq musiqa yordamida farzandingizga biror bir raqs harakatini o‘rgating. Bu o‘yin bolaning harakat xotirasini rivojlanishiga ko‘mak beradi. U raqsni takrorlash orqali zehnida harakat ketma-ketligi saqlanadi. Download 22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling