Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti
-5-rasm II BOB. Barg sistemasining shakllanishi, tiplari, tuzilishi va vazifasi
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Mamatsoliyeva Risolat 3vBOM kurs KURS ISHI
1.2-5-rasm
II BOB. Barg sistemasining shakllanishi, tiplari, tuzilishi va vazifasi 2.1 Barg sistemasi va uning vazifalari Barg juda ham o‗zgaruvchan organ. Bargning o‗zgarishi o‗simlikning yashash sharoitiga bog‗liq. Ba‘zan bir tup o‗simlikning o‗zida ham xar xil barglar uchraydi. O‗simlikning pastki, o‗rtasidagi, yuqoridagi barglar. Odatda o‗rta barglar o‗simliklar uchun tipik barg bo‗lib xisoblanadi. Bargning ichki tuzilishi 3 xil bo‗ladi: 1.DORZOVENTRAL, 2.IZOLOTERIAL, 3.RADIAL Dorzoventral bargning yuqori tomoni pastki tomonga o‗xshash bo‗lmaydi. Chunki yuqori tomonda qoziqsimon to‗qimalar, pastki tomonda esa, bulutsimon to‗qimalar joylashgan. Izoloterial bargning yuqori tomoni pastki tomoniga o‗xshash bo‗ladi. Bargning yuqorida ham,pastki tomonida ham qoziqsimon to‗qimalar joylashgan. Radial bargning tuzilishi novdaga o‗xshash bo‗ladi.Bargning ichki tuzilishi o‗simlikning yashash sharoitiga ham bog‗liqdir. Issiq sharoitda yashaydigan o‗simliklarni Kserofit o‗simliklar deyiladi. O‗rta iqlimda yashaydigan o‗simliklarni Mezofit deyiladi. Suv va nam sharoitda yashaydigan o‗simliklarni Gidrofit deyiladi. O‗simliklarning bargi epidermis bilan qoplangan. Ba‘zi o‗simliklarning bargi ko‗p yillik bo‗lsa ham, (archa, qarag‗ay) epidermis bilan qoplangan.Epidermisning ustida Kutikula qa-vati yoki mum izlari bo‗ladi. Kserofit sharoitda yashaydigan o‗simliklarning bargining epidermisida kutikula qavat qalin, epidermis bir necha qavat. Bu o‗simliklarda qoziqsimon to‗qima yaxshi taraqqiy etgan. Mezofit sharoitda yashaydigan o‗simliklarda epidermis 1 qavat, qoziqsimon to‗qima ham bargning yuqori tomonidan odatda bir qavat joylashgan bo‗ladi. Ba‘zan 2 qavat ham bo‗lishi mumkin. Gidrofit sharoitda yashaydigan o‗simliklarda qoziqsimon to‗qima bo‗lmaydi. Kserofit sharoitda yashaydigan o‗simliklarda ustitsalar fa-qat bargning pastki tomoniga joylashgan bo‗ladi. Mezofit sharoitda yashaydigan o‗simliklarda ustitsalar barg-ning asosan pastki tomonida, qisman yuqori tomonga joylashgan bo‗ladi. Gidrofit sharoitda yashaydigan o‗simliklarda esa, ustitsalar bargning yuqori va pastki tomoniga joylashgan bo‗ladi. Bargning plastinkasi 2 qismdan iborat: 1.Bargning yumshoq qismi- Mezofil 2.Bargning tomir o‗tgan qismi Bargning yumshoq qismi mezofillda qoziqsimon va bulutsimon to‗qimalar joylashgan. Odatda qoziqsimon to‗qimaning ichkari tomonida bulutsimon to‗qima joylashgan. Qoziqsimon to‗qima zich joylashgan bo‗ladi. Bulutsimon to‗qimaning xujayralari orasida bo‗shliq bo‗ladi. Bargning mezofil qismida ba‘zi xujayralarda kristallar to‗planadi. Ba‘zilarning xujayrasida suv zapaslari to‗planadi. Ba‘zan mezofillda toshsimon xujayra sklereid uchraydi. Mas:choyning bargida. Ba‘zan o‗simliklarning mezofilida oshlovchi dubil moddalar, efir moylari va boshqa moddalarni ishlab chiqaradigan xujayralari uchraydi. Mas: lavr, evkalipta, magnoliya va boshqalar. Qoziqsimon va bulutsimon to‗qimalarni-assimilyatsion to‗qima deb ham yuritiladi.Chunki ularning xujayrasida fotosintez protsessi bo‗lib turadi. Bulutsimon to‗qi-ma siyrak joylashganligi uchun xujayralar oralaridan xavo o‗tib turadi. Natijada barg shamollatib turiladi. Shuning uchun bu to‗qimani ventelyatsion to‗qima deb ham yuritiladi. Bargning tomir o‗tgan qismida mexanik to‗qima kollenxima, asosiy to‗qima, hamda o‗tkazuvchi to‗qima bog‗lamlari joylashgan. O‗tkazuvchi to‗qima bog‗lamlarining soni 1 tadan 7 tagacha boradi. O‗tkazuvchi to‗qima bog‗lamida kambiy bo‗lmaydi. Ya‘ni o‗tkazuvchi to‗qima bog‗lami yopiq bo‗ladi. O‗tkazuvchi to‗qima bog‗lami kolloterial tipda tuzilgan. Floema kollenximaning pastki tomoniga joylashgan bo‗ladi. (Poyadan farqi) bargning yumshoq qismiga qattiqlik beruvchi mod-dalarni idioblast deyiladi. Bargning tuzilishi. Barg quyidagi qismlardan tuzilgan bo‗ladi. Barg ban di, plastinkasi, yon bargcha va barg asosi. Barg asosi bilan novdaga birlashib tura di. Barg bandi barg asosi va plastinkasini orasida hosil bo‗ladi. Uning vazifasi barg ni yorug`likka karatib, maxanik vazifani bajarishidir. U ayrim o‗simliklarda yaxsh rivojlangan bo‗lsa, ayrimlarida bo‗lmaydi. Bunday barglar o‗tros burglar deyiladi. Bunday barglar gallagulli o‗simliklarda hosil bo‗lib, barg sinchasi, tilchasini hosil qilib bo‗g`indan bo‗g`ingacha masofada joylashadi. Yon bargchalar mayda bo‗lib asosan 2 tadan bo‗ladi. Vazifasi kurtakni himoya qilishidir. Ayrim o‗simliklarda ular tushib ketadi (samish, olma, nok). Masalan: moshda, g`o‗zada uch burchakli bo‗lsa, akatsiyada tikanaklarga aylanadi. Vegetatsiya davrida har bir o‗simlikda quyidagi t oyifadagi barglar hosil bo‗ladi. Bargni o‗lchami har xil. Masalan:But guldoshlar oilasi vakillari bir necha mm barg hosil qilsa, tropik o‗simliklar 10-22mga yetadigan barglar hosil qiladi. Makkajo‗xori 1 m gacha, bananniki 1 m, eni 40 - 50 sm Afrika, Amerikada o‗sadigan Palmaniki uzunligi 25- 22 m. eni 10 - 12 m va x.k. Bargni miqdori o‗simlik yuzasini ko‗paytirib byeradi. Masalan: 1 ga maydon dagi makkajo`xori bargi 12 ga yuzaga ega bo‗lsa, kartoshka bargi 40 ga yuzani hosil qiladi. O‗simliklarda morfologik tuzilishga ko‗ra oddiy va murakkab barglar hosil bo‗ladi. Oddiy barg deb fasat bitta barg plastinkasi bo‗lgan barglarga aytiladi. Bir necha barg plastinkasi bo‗lsa murakkabarg deyiladi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling