7-8-Amaliy. Kimyo fanini o’qitishda Crocodile Chemistry, Yenka va Phet dasturlarining qo’llanilishi Bu programmalarda kimyoviy jarayonlarni, xar xil simmuliyatorlar, moddalarning tuzilishi fazoviy, grafik va boshqa holatlarini ham, reaksiya


Download 18.92 Kb.
Sana31.01.2024
Hajmi18.92 Kb.
#1817382
Bog'liq
7-8-amaliy


7-8-Amaliy. Kimyo fanini o’qitishda Crocodile Chemistry, Yenka va Phet dasturlarining qo’llanilishi

Bu programmalarda kimyoviy jarayonlarni, xar xil simmuliyatorlar, moddalarning tuzilishi fazoviy, grafik va boshqa holatlarini ham, reaksiya kirishish, rang o‘zgarishlarini, turli xil ko‘rinishdagi kimyoviy laboratoriya idishlari ko‘rinishi ham kiritsa bo‘ladi.


Crocodile Chemistry dasturi. Crocodile Chemistry dasturi orqali Mendeleev jadvalida mavjud barcha elementlarning kimyoviy va fizikaviy xususiyatlarini o‘rganish mumkin. Odatda kimyoviy reaksiyalar ro‘y berish vaqtida reaksiyaga qatnashayotgan molekulalarning boshqa molekulaga aylanish jarayonini (molekulyar darajada) kuzatish iloji yo‘q. Lekin, bu dastur orqali kimyoviy moddani boshqa moddalar bilan reaksiyaga kirishish jarayonida molekulalarning dinamikasini kuzatish mumkin bo‘ladi.
Bu dastur orqali kimyoviy jarayonlarni modellashtirish, turli reaksiyalarni o‘tkazish va eng asosiysi, buni xavfsiz amalga oshirish mumkin.

Crocodile Chemistrydir. Crocodile Chemistry dasturida tajribalar va reaksiyalarni xavfsiz va osonlikcha modellashtirish uchun keng qamrovli simulyatsiya qilingan kimyoviy laboratoriyani yaratish, kimyoviy moddalarni, asbob-uskunalar va shisha idishlarni olish va ularni o‘zingiz xohlagan tarzda birlashtirish, miqdor va konsentratsiyani tanlash, kimyoviy moddalarni aralashtirish va reaksiyalarni aniq modellashtirish bilan tajribadagi ma’lumotlarni tahlil qilish uchun grafikalar tuzish va 3D1 animatsiyalar yordamida mexanizmlarni ko‘rish mumkin [3].


Crocodile Chemistry dasturning ish oynasi (rasm-1).
Rasm-1.
Bunda:

1.Contents – tarkib, mundarija.


2.Parts Library–ehtiyot qismlar kutubxonasi.
3.Properties – xususiyatlari kabi qismlardan iborat.
Shundan Contents – tarkib, mundarija bo‘limi quyidagi tuzilishga ega.
Rasm – 2.

1.Getting started - Ishniboshlash


2.Classifying materials- Tasniflash
materiallari
3.Equations and amounts - Tenglamalar va
miqdorlar
4.Reaction raters - Reaksiya ko‘rsatkichlari
5.Energy - Energiya
6.Water and solutions - Suv va eritmalar
7.Acid, bases and salts - Kislota, asoslar va
tuzlar
8.Elecrochemistry - Elektrokimyo
9.The periodic Table - Davriy jadval
10.Rocks and metals - Toshlar va metallar
11.Identifiying substances - Identifikatsiya
qiluvchi moddalar
12.Online content - Onlayn tarkib
13.My content - Mening tarkibim
Getting started - ishni boshlash menyusi tarkibidan Using lesson kits - Dars to'plamlaridan foydalanish tugmasida havoning tarkibini, massalari va atom tuzilishining modelini ko‘rishimiz mumkin.

Rasm - 3




Using parts- Qismlardan foydalanish tugmasidahavoning tuzilishini va xossalarini modeli ko‘rinadi.
Bunda atmosferaning troposfera qatlamidagi havo tarkibi 78,09% azot, 20,95% kislorod, 0,924% argon, 0,03% karbonat angidrididan tashkil topgan. Qolgan 0,001% ini inert gazlar - geliy, neon, kripton, ksenon, rodon va boshqalar tashkil qiladi.
Rasm-4



Using presentation parts-Taqdimot qismlaridan foydalanish tugmasida

Kimyoni o‘qitishda kompyuter vositalaridan foydalanish talabalarni bu fanga qiziqishlarini oshirishda, bilim berish va bilimlarni mustahkamlashga zamin yaratadi. O‘tilayotgan har bir mavzu bo‘yicha o‘qitish vositalaridan rejali asosda foydalanish samarali hisoblanadi. Bir xil tartibdagi va takrorlanuvchi usullarni uzluksiz qo‘llash ta’lim sifatining barqarorligini yo‘qotadi. O‘tilayotgan dars usullari va ko‘rgazmali materiallarning rang barangligi pedagog-talaba munosabatlarini barqarorlashtiradi.




13D-моделлаштириш - бу объектнинг уч ўлчовли моделини яратиш жараёни. 3D моделлаштиришнинг вазифаси - керакли объектнинг визуал ҳажмли тасвирини ишлаб чиқиш.

Download 18.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling