8-mavzu. Eritmalar turlari. Reja: Eritmalar. Ideal eritma qonunlari
Download 162.96 Kb. Pdf ko'rish
|
8-mavzu. Eritmalar turlari. Reja 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Suyultirilgan eritmalarning xossalari, osmotik bosim. Eruvchanlik. 5. Eritmalarning muzlash va qaynash temperaturasi. Raul qonunlari.
8-mavzu. Eritmalar. Eritmalar turlari. REJA: 1. Eritmalar. Ideal eritma qonunlari. 2. Suvning elektrolitik dissotsiatsiyasi. pH ko`rsatkich. 3. Eritmalarning ionli tenglamalari. Kislota va asos nazariyasi. 4. Suyultirilgan eritmalarning xossalari, osmotik bosim. Eruvchanlik. 5. Eritmalarning muzlash va qaynash temperaturasi. Raul qonunlari. 8.1. Eritmalar. Ideal eritma qonunlari. Eritma— ikki yoki undan ortiq komponent (takroriy qism) dan iborat bo’lgan gomogen sistemadir. Eritmalar ularni tashkil qiluvchi moddalarning agregat holatiga ko’ra qattiq, suyuq, gazsimon holatlarda bo’ladi. Qattiq eritmalar — bular metallarning turli tarkibga ega bo’lgan qotishmalari (po’lat, cho’yan, duralyumin, bronza, latun, jez va hokazo) va tuzlarning yoki oksidlarning aralashma lari. Gazsimon eritmalarga havo (azot, kislorod va boshqa gazlardan iborat) va boshqa gazlarning aralashmalari kiradi. Qattiq va gazsimon eritmalarda qaysi komponentning miqdori ko’p bo`lsa, shu komponent erituvchi hisoblanadi. Masalan: cho’yan — uglerod (4%) ning temir (96%) dagi eritmasi bo’lsa, havo — azotdagi (78%) kislorod (21%) va boshqa gazlarning eritmasi bo`ladi. Eng ko’p o’rganiladigan va ko’p uchraydigan eritmalar suyuq eritmalardir. Suyuq eritmalar — asoslar, kislotalar tuzlar va organik moddalarning suv yoki boshqa suyuq moddalarda erishidan hosil bo’lgan sistemalardir. Shu sababli, eritmalar qatoriga ko’pchilik suyuq1iklar (suv-spirt, spirt-efir, benzol-efir, atseton-suv atseton-spirt, benzol-benzin va hokazo)ning o’zaro aralashmalarini kiritish mumkin. Suyuq eritmalarda eritma hosil bo’lish jarayonida agregat holatini o’zgartirmaydigan komponent erituvchi deyiladi. Shunga ko’ra, suv bilan spirtning aralashuvidan hosil bo’lgan 40% li spirt eritmasi — spirtning suvdagi (60%) eritmasi bo’lsa, 96% li aralashmasi — suvning (4%) spirtdagi (96%) eritmasi deb tushunilishi kerak. Masalan: suvda osh tuzi eriganda (miqdoridan qat’i nazar) osh tuzi kristallari suv ta’sirida kristall holatini yo’qotadi, suv esa suyuq holicha qolaveradi. Shuning uchun bunday eritmalarning barchasida suv erituvchi bo’ladi. Agar suyuqliklarning o’zaro aralashuvidan hosil bo’lgan eritmalar bo’lsa, miqdori ko’p bo’lgan suyuqlik erituvchi hisoblanadi. Termodinamik nuqtai nazardan eritmalar ideal , cheksiz suyultirilgan va noideal (yoki real) eritmalarga bo'linadi. Ideal eritmalar. Bir xil agregat holatda olingan komponentlarni har qanday nisbatda aralashtirish natijasida issiqlik effekti kuzatilmasa va hajm o'zgarmasa, entropiyaning o`zgarishi esa ideal gazlarni aralashtirgandagi entropiyaning o'zgarishiga teng bo'lsa, bunday eritmalar ideal deyiladi: ∆Н = 0; ∆V = 0; ∆S = ∆Sid Cheksiz suyultirilgan eritmalar. Erigan moddaning konsentratsiyasi cheksiz kam bo`lsa, bunday eritma cheksiz suyultirilgan deyiladi. Real eritmalar. Ideal va cheksiz suyultirilgan eritmalarning termodinamik qonuniyatlariga bo`ysunmagan barcha eritmalar real (noideal) eritmalar deyiladi. Download 162.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling