8-mavzu. Eritmalar turlari. Reja: Eritmalar. Ideal eritma qonunlari
Eritma kontsentratsiyalarini ifodalash usullari
Download 162.96 Kb. Pdf ko'rish
|
8-mavzu. Eritmalar turlari. Reja 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.2. Suvning elektrolitik dissotsiatsiyasi. pH ko`rsatkich.
Eritma kontsentratsiyalarini ifodalash usullari. Eritmalarning asosiy
miqdoriy tavsifnomasi sifatida ularning kontsentratsiyalaridan foydalaniladi. Eritmaning biror hajm yoki massa birligida erigan modda miqdorini ko’rsatuvchi kattalik eritmaning kontsentratsiyasi deyiladi va C - harfi bilan belgilanadi. Eritma kontsentratsiyasini ifodalashning quyidagi turlari mavjud: a) erigan moddaning massa ulushi (W) yoki foiz kontsentratsiya (C%) b) molyar kontsentratsiya ( C m , mol/l); v) normal yoki ekvivalent kontsentratsiya (C n , molekv/l); d) molyal kontsentratsiya ( C, mol/1000 g); e) molyar qism (N, o’lchov birligi yo’q yoki %; ulush birligi yoki %). Aksariyat hollarda molyar va normal konsentratsiyal a r f o i z k o n s e n t r a t s i ya b i l a n a l ma s h t i r i l i s h i yo k i a k sincha masala1arni hal etishga to`g’ri keladi. 8.2. Suvning elektrolitik dissotsiatsiyasi. pH ko`rsatkich. Ionlarning o`zaro reaksiyalarida hosil bo`ladigan, eng kam dissotsilanadigan moddalardan biri suvdir. Toza suv elektr tokini juda yomon o`tkazadi, lekin har qalay, bir qadar o`lchab bo`ladigan elektr o`tkazuvchanlik xususiyatiga ega; suvning, garchi kichik bo`lsa ham, elektr o`tkazishiga sabab, uning vodorod va gidroksil ionlariga ozgina dissotsilanishidir. Suv molekulasini ilmiy o’rganish suv juda kuchsiz elektrolit ekanligini ko’rsatadi. U vodorod kationi H + ga va gidroksid anioni OH - ga quyidagicha dissosilanadi: H 2 O H + + OH - Suvning dissotsiasiya darajasi juda kam bo`lganidan, dissotsilanmagan H 2 O molekulalarining konsentratsiyasini suvdagina emas, balki suv qo`shib suyultirilgan har qanday eritmada ham o`zgarmas kattalik deb hisoblash mumkin Suvning 15°C dagi dissotsilanish darajasi 1,89 . 10 -9 ga teng. Demak, 55600000 suv molekulasining faqat bittasi ionlangan holda bo'ladi. Lekin dissotsilanish prosessining tezligi juda yuqori bo'lgani uchun ionlar orasida reaksiya juda tez boradi. Shuning uchun ham suvning dissotsilanishi juda katta axamiyatga ega. Suvning dissotsilanish konstantasi: K H2O =[H + ][OH - ] / [H 2 O] = 1,8·10 -16 ga teng Agar bir litrda 1000/18=55,56 mol suv molekulasi bo'lishini xisobga olsak, unda quyidagini yozish mumkin: [H + ][OH - ]= K H 2 O.[H 2 O]=1,8 . 10 -16 ·55,56=1 . 10 -14 Bu tenglama suvda va suvli eritmalarda vodorod hamda gidroksid ion konsentrasiyasining ko'paytmasi 22°C da doimiy qiymat bo'lib, K H2O bilan ifodalanishini ko’rsatadi. [H + ][OH - ] = K H2O = 1 . 10 -14 neytral muxitda: [H + ]=[OH - ]=10 -7 H + va OH - konsentrasiyasining ko'paytmasi faqat suv uchun emas, balki tuz, kislota, ishqorlarning suvli eritmalari uchun ham o’zgarmas sondir. Bu son Download 162.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling