Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti


Download 342.69 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana04.02.2018
Hajmi342.69 Kb.
#25953
1   2   3   4
    kabilarni 

kiritish mumkin. 



 

28 


 O‘zbek  tilshunosligida  ham  terminlarni  o‘rganish  borasida  yangi 

qadamlar qo‘yildi, ya’ni ilmiy terminologiyaga oid, kasb-hunarga oid, o‘zbek 

tili leksikasiga oid

 

tadqiqotlar, shuningdek, entsiklopediya, izohli lug‘atlar



 

birin-


ketin maydonga keldi.   

Alohida    qayd  etish  lozimki,  1989-  yil  oktabrda    o`zbek  tili    davlat  tili 

haqida    qonunga  ega  bo`ldi.  Shuningdek,  yana  bir  olamshumul  voqeani    qayd 

etib  o`tish  o`rinlidir.  1991-yili  31-avgust  kuni  O`zbekiston  Respublikasi  sobiq 

ittifoq  respublikalari  ichida  birinchilardan  bo`lib  o`z  mustaqilligini  e`lon  qildi.  

Bu  muhim  dalillar  tilda  qadimdan  qaror  topib  kelgan  lisoniy    informatsiya 

almashish    jarayonini  yanada  keng  miqiyosda  rivojlantirishdan  iborat  muhim 

vazifani  ko`ndalang  qildi.  Pirovardida,  hayotning  barcha    jabhalarini  qamrab 

olgan  sohalar    bo`yicha  yuzaga  kelayotgan  lisoniy    materiallarni  o`zbek    tili 

qonun-qoidalari  va  talablari  doirasida  qayta  ko’rib  chiqish  lozimligini  taqoza 

qildi.  Ayniqsa,  bu  jarayonda    ijtimoiy-siyosiy    hujjatlar  va  adabiyotlarni 

mukammal  yaratish  masalalari  muhim  rolni  o`ynaydi.  Zero,  O`zbekiston 

Respublikasining    Davlat  tili  haqidagi  qonunining  7-moddasida  “Davlat  tili 

rasmiy  amal  qiladigan  doiralarda      o`zbek  adabiy  tilining  amaldagi  ilmiy 

qoidalari va normalariga rioya etiladi.  

Davlat o`zbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini ta`minlaydi, shu 

jumladan,  uni  hamma  e`tirof  qilgan  ilmiy-texnikaviy  va  ijtimoiy-siyosiy 

atamalarni joriy qilish hisobiga ta`minlaydi. 

Yangi  ilmiy  asoslangan  atamalar  jamoatchilik  muhokamasidan  keyin  va 

Oliy  Majlis  tegishli  qo`mitasinang  roziligi  bilan  o`zbek  tiliga  joriy  etiladi” 

deyilgan.

1

    Shuningdek,  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  4-



moddasida  shunday  yozilgan:  O‘zbekiston  Respublikasining  davlat  tili  o‘zbek 

tilidir.  O‘zbekiston  Respublikasi  o‘z  hududida  istiqomat  qiluvchi  barcha  millat 

va  elatlarning  tillari,  urf-odatlari  va  an’analari  hurmat  qilinishini  ta’minlaydi, 

ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi. 

                                                 

1

 O`zbekiston Respublikasining  Davlat tili haqidagi qonuni. 1989- yil 21-oktyabrda qabul qilinib, 1995- yil 21- 

dekabrda Qonunga o`zgartish va qo`shimchalar kiritilgan yangi tahriri.  –Toshkent, 1995.  


 

29 


Avval  Respublika  muassasalararo  terminologiya  komissiyasi  nomi  bilan 

tuzilgan  komissiya  musta

q

illikdan  keyin  O`zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 



Ma

h

kamasi 



h

uzuridagi  Terminologiya  komiteti  sifatida  ish  boshladi.  Uning 

40dan orti

q

 so



h

alar bo`yicha ish olib boruvchi tarmo

q

lari ish boshladi. Natijada 



so

h

alar  terminlari  tilshunos  olimlar  va  soҳa  mutaxassislari  ko`magida 



unifikatsiya 

q

ilindi va tartibga keltirildi. Ammo shuni 



h

am aytish mumkinki, bu 

jarayonda  ba`zi  subyektiv  sabablar  tufayli  terminbozlik  illatlari  ҳam  namayon 

bo`la  boshladi.  Ayrim  “yangilikparvarlar”  oldindan  ishlatilib  kelinayotgan 

baynalminal  terminlarni  yoppasiga  almashtirish,  ya`ni  yangi  yasalmalar  yoxud 

arabcha,  fors-tojikcha  so`zlar  bilan  almashtirish  payiga  tushdilar.  Masalan, 

gazeta-ro`znoma;  jurnal-oynoma,  oybitik,  majalla,  jarida;  samolyot-tayyora, 

aeroport-tayyoragoҳ; 

respublika-jumҳuriyat; 

rayon-noҳiya; 

avtobus-

ko`po`rindi

q

;  radio-ovoznigor;  institut-oliygoҳ;  fakultet-kulliyot;  kurs-bos



q

ich; 


pensiya-nafa

q

a;  posobiya-nafa



q

a;  prezidium-rayosat;  jyuri-ҳakam;  arbitr-

hakam kabi.   

 

 



 

 

30 


Sohalar terminologiyasi 

 

Reja 



1. Soha terminologiyasining o‘ziga xos xususiyatlari. 

2. Adabiyotshunoslik va tilshunoslik terminlarining shakllanishi va rivojlanishi. 

3. Pedagogik terminologiya. 

4. Texnik terminologiya. 

7. Boshqa sohalar terminologiyasi. 

8. Terminologik lug’tlar. 

 

Adabiyotlar 



1. Akobirov S. Til va terminologiya. -T., 1968. 

4. Begmatov E.Hozirgi o‘zbek tilining lek sik qatlamlari. – T., 1985. 

5. Bektemirov X., E.Begmatov. Mustaqillik davri atamalari. –T.,2002. 

6. Dadaboev X. Obshestvenno-politicheskaya i sotsialno ekonomichaskaya   

    terminologiya v tyurkoyazichnыx pismennыx pamyatnikov XI-XIVvv. – T.:   

1994. 


7. Danilenko V.P. Russkaya terminologiya. Opit lingvisticheskogo opisaniya –   

M., 1977. 

8. Doniyorov R. O‘zbek tili texnik terminologiyasining ayrim masalalari.   

   -T.:1977. 

9. Tursunov U. O‘zbek terminologiyasi masalalari. –Toshkent, 1933  

 

Adabiyotshunoslik terminlarining tarixini uzoq o`tmishdan  idirishimizga 



to`g‘ri  keladi.  Bunga  xalq  o  g‘zaki  ijodi  namunalarida  uchraydigan  yuzlab 

terminlarni  keltirish  mumkin.  Mahmud  Qoshg‘ariyning  “Devonu  lug’otit  turk” 

asarida mazkur soha terminlarining anchasini uchratish mumkin. Davrlar o`tishi 

bilan ular son va sifat jihatdan o`zgarib, tushunchaning mohiyatini aniq ifodalay 

boshlagan. Ushuk, ertak, masal, masalgo`y, rivoyat, maqol, matal, roviy, qissa, 

qissaxon,  badiz,  badizchi,  terma,  o`lan,  lapar,  yor-yor,  she`r,  shoir,  ruboiy, 


 

31 


tuyuq,  g‘azal,  chiston,  masnaviy,  fard,  murabba,  muxammas,  doston,  roman, 

drama,  komediya,  tragediya,  poema,  libretto,  etyud,  novella  kabilar  shular 

jumlasidandir.  Ularning  ko`pchiligi  o`zbekcha  terminlar  bo`lsa,  bir  qismi  arab, 

fors-tojik va rus tili orqali o`zlashgan.  

Adabiyotshunoslik 

 

terminologiyasi 

N.T.Hotamovning 

“Razvitie 

uzbekskoy  literoturovedcheskoy  terminologii  v  sovetskoy  period”  nomli 

nomzodlik ishida o’z aksini topgan (1971).   

  

Adabiyotshunoslikka  oid    terminologik  lug’atlari  bir  necha  bor 



adabiyotshunos  olimlar  tomonidan  tuzilgan.  H.Homidiy,  Sh.Abdullayev, 

S.Ibrohimovalarning  “Adabiyotshunoslik  terminlari”  (1967),  V.Rahmonovning 

“She`r 

san`atlari” 



(1972), 

N.Hotamov 

va 

B.Sarimsoqovlarning 



“Adabiyotshunoslik  terminlarining  ruscha-o`zbekcha  izohli  lug’ati”  (1983), 

A.Hojiahmedovning  “O`zbek  aruzi  lug’ati”  (1998),    T.Boboyev  va 

Z.Boboyevalarning  “Badiiy  san`atlar”  (2001),  Y.Is’hoqovning  “So`z  san`ati 

so`zligi” (2006) kabi lug’atlar shular jumlasidandir. 

             Bugungi  o`zbek  tilshunoslik  terminlari  til  ҳodisalari  bilan  bog’liq 

tushunchalarni  to`la  ifodalay  oladi  deyish  mumkin.  Aytish  mumkini,  til 

sathlarining  barchasida  qo`llaniluvchi  tushunchalarni  ifodalaydigan  terminlar 

lug’ati  yaratilgan.  Sinonimlar,  antonimlar,  omonimlar,  paronimlar,  iboralar, 

o`zlashma  so`zlar,  etimologik  lug’at,  imlo  lug’ati,  bevosita  tilshunoslik 

terminlari lug’ati kabilar shular jumlasidandir. 

 

O`zbek  tili  tilshunoslik  terminlari  ham  uzoq  tarixga  ega.  Mahmud  Kosh- 



g‘ariyning  “Devonu  lug‘otit  turk”  asarida  tilshunoslikka  oid  juda  ko`plab 

terminlarni  uchratish  mumkin.        Shuningdek,  tilni  maxsus  tadqiot  obyekti 

sifatida  o`rgangan  Alisher  Navoiyning  “Muhokamatul  lug‘atayn”  asarida  o`sha 

davr  filologiyasi  tushunchalarini  ifodalovchi  terminlarni  uchratish  mumkin. 

O`tgan asrning boshlarida  panislomistlar, panturkislar kabi oqim vakillari turli 

soha  terminlariga  munosabat  bildirib  tilda  har  xillikning  kelib  chiqishiga 

sababchi  bo`lganligi  ma`lum.  Panislomchi  guruh  tarafdorlari  leksikamizdagi 

ruscha  terminlardan  voz  kechib,  arabcha  terminlarni  tadbiq  qilish  tarafida 



 

32 


bo`lganlar. Panturkistik oqim tarafdorlari esa o`zbek tiliga baynalminal so`z va 

terminlarni  kiritishga  tamomila  qarshi  edi.  Ular  tilda  yangi  paydo  bo`lgan 

tushunchalarni  ifodalash  uchun  faqat  o`z  tildagi  so`zlardan  foydalanishni  taklif 

qilganlar.  Eskirgan  so`zlardan  foydalanish,  ularning  ham  imkoni  bo`lmaganda 

boshqa  turkiy  tillardan  so`zlar  olish,  uning  ham  iloji  qolmaganda  arabcha  va 

forscha  terminlardan  foydalanishni  taklif  qilganlar.  Bu  holatlar  esa  termin  va 

terminologiya  masalalarini  xalqqa  to`g‘ri  etkazishning  imkonini  bermasdi 

albatta.  Shuning  oqibatida  XX  asrning  boshlarida  tilshunoslik  terminlarida  har 

xilliklar  va  chalkashliklar  hukm  surgani  adabiyotlardan  ma`lum.  Masalan, 

Kishining  og‘zidan  chiqibda  yozilganda  o`ziga  tegishli  apt  (shakl)  va  tovushga 

ega  bo`lgan  narsaga  tovushliq    (harf)  deb  aytiladir.  O`z  boshli  (mustaqil)  va 

ko`makchi so`zlar.  Kitobni esa ruscha tez va bosilimlarini (urg‘u) joyida qo`yib 

o`qiy bilmaganlari uchun, Saidiy o`qishi kerak edi. Shuningdek fonetika o`rnida 

savtiyot, morfologiya o`rnida sarf, sintaksis o`rnida nahv so`zlari qo`llangan.  

Bugungi  o`zbek  tilshunoslik  atamalari  til  hodisalari  bilan  bog‘liq 

tushunchalarni  to`la  ifodalay  oladi  deyish  mumkin.  Aytish  mumkini,  til 

sathlarining  barchasida  qo`llaniluvchi  tushunchalarni  ifodalaydigan  terminlar 

lug‘ati  yaratilgan.  Sinonimlar,  antonimlar,  omonimlar,  paronimlar,  iboralar, 

o`zlashma  so`zlar,  etimologik  lug‘at,  imlo  lug‘ati,  bevosita  tilshunoslik 

terminlari  lug‘ati  kabilar  shular  jumlasidandir.  Ammo  ba`zi  lug‘at,  darslik  va 

qo`llanmalarda  tilshunoslik  terminlarini  ishlatishda  ham  har  xilliklarni  ko`rish 

mumkin. Ayniqsa, maktab darsliklari bilan oliy ta`lim darsliklarida bunday holat 

ko`zga  tashlanadi.  Masalan,  termin  o`rnida  atama,  sinonim-ma`nodosh, 

antonim-zid 

ma`noli, 

omonim-shakldosh, 

fonetik-tovushshunoslik, 

leksikologiya-so`zshunoslik 

kabi 

holatlarni 



kuzatish 

mumkin. 


Ammo 

unutmaslik  kerakki,  bir-ikki  terminni  tarjima  qilish  yoki  almashtirish  bilan  ish 

bitmaydi.  O`sha  o`zgartirilayotgan  termin  bilan  bog‘liq  yasalmalarning  ham 

taqdirini  hisobga  olish  kerak,  albatta.  Deylik,  omonim  terminini  shakldosh 

terminiga  almashtirsak,  omonimiya,  omofon,  omograf,  omoleksema  kabi 

terminlarni qanday ataymiz.                                               

 


 

33 


Pedagogik  terminologiya  ta`lim  tizimining  barcha  jabhalarida  faol 

ishlatiladi desak, xatolashmagan bo`lamiz. Tarixga nazar tashlasak, 

DLTda  70ga  yaqin  ta`lim-tarbiyaga  oid  leksema  borligi  qayd  etiladi.  Demak, 

Sharqdagi ta`lim-tarbiyaning ildizlari olis tarixga borib taqaladi..  

O`tgan  asrning  boshlarida  Turkiston xalqlarining  milliy  ongining o`sishi, 

maktab va madrasalarning isloh qilinishi, ularda dunyoviy bilimlarning kengroq 

o`qitilishi  natijasida  pedagogik  terminlarga  bo`lgan  ehtiyoj  kuchaya  borgan. 

Behbudiy,  Shakuriy,  Ayniy,  Hamza,  Munavar  qori,  Avloniy  va  boshalarning 

Rusiya,  Qirim,  Orenburgda  ochilgan  yangi  musulmon  maktablari,  ularning 

o`qitish  va  o`qitish  usuli  bilan  tanishib,  maҳalliy  shaproitlarga  moslashtirib 

maktablar  ocha  boshladilar.  Natijada  shu  maktablarga  mos  darslik  va 

qo`llanmalar  maydonga  keldi  va  bu  darsliklarda  ilk  bor  ta`lm-tarbiyaga  oid 

maxsus terminlar shakllana boshladi.  

Pedagogik  terminologiya  masalalari  N.Usmonov  tomonidan  maxsus 

tadqiq  qilingan.  U  pedagogik  terminlarni  avvalo,  ikki  katta  guruhga  ajratib 

ko`rsatadi.  

1.

 

Ta`lim nazariyasi terminlari. 



2.

 

Tarbiya nazariyasi terminlari. 



Shuningdek,  pedagogik  tushunchalarni  ifodalovchi  terminlarning  ichki 

bo`linishiga ham e`tibor qaratgan.  

1. Ta`lim sistemasiga aloqador terminlariga o`quv rejasi, o`quv predmeti, 

ta`limning tarbiyalovchilik xarakteri. 

2.  Tarbiya  sistemasiga  oid  terminlar:  tarbiyalash,  tarbiyachi,  axloqiy 

tarbiya, mehnat tarbiyasi va h. 

3.  Faoliyati  ta`lim-tarbiya  bilan  bog‘li  shaxs  nomlari:  rektor,  prorektor, 

dekan, o`qituvchi, sinf rahbari kabi. 

Bulardan  tashqari,  pedagogik  tushunchalarni  ifodalovchi  o`zlashma  terminlar 

ham  talaygina.  Institut,  pedagogika,  metod,  praktika,  abiturient,  maktab,  dars, 



 

34 


muallim,  imtiҳon,  kitob,  maktab  va  h.  Tadqiqotchining  ko`rsatishicha,  o`n 

mingdan ortiq pedagogik terminlar mavjud. 

Texnikaviy  terminologiya  o`zbek  tili  so`z  boyligining  salmoqli  qismini 

tashkil  qiladi.  U  texnikaning doimiy  taraqqiyoti  bilan bog‘liq  ravishda  tinimsiz 

boyib,  takomillashib  boradi.    Bugungi  kunda  turmushimizning  turli-tuman 

sohalarida ishlatiladigan texnikalar sonining o`zi nechta. Uning adog‘iga yetish 

mushkul  bo`lsa  kerak.  Kundalik  maishiy  turmushimizda  ishlatiladigan  oddiy 

utyug,  muzlatgich,  gaz  plitkasidan  tortib,  murakkab  agregatlar:  katta 

zavodlardagi  texnikalar,  harbiy  arsenaldagi  texnikalar,  samolyot  yoki  kosmik 

raketalar  va  ular  bilan  bog‘liq  terminlarning  sanab  adog‘iga  yetish 

mumkinmikin.  Ma`lumotlarga  qaraganda,  hozirgi  samolyotlarda  sakson 

mingdan ortiq detal (qism) mavjud ekan. Bu degani sakson mingdan ortiq so`z. 

Boshqa  texnikalarda-chi.  Demak,  tilshunoslar  va  soha  mutaxassislari  oldida 

texnik terminologiyaning har bir sohasiga jiddiy munosabatda bo`lish va omma 

uchun  tushunarli  variantlarini  taklif  qilishdek  murakkab  vazifa  turibdi.  Texnik 

terminologiyadagi  nuqsonlardan  biri  dublet  (sinonim)  terminlarning  ko`payib 

ketishidir.  Masalan,  tirkama-tirkagich,  tirsakli  val-tirsaksimon  val,  pritsep-

tirkama-arava, ariq qazish mashinasi-ariq kovlash mashinasi, kartoshka kovlash 

mashinasi-kartoshka qazish  mashinasi, silliqlash stanogi-jilvirlash stanogi va h. 

Bunday har xilliklar tilda meyorning buzilishiga olib keladi. Yoki teleuzatishlar 

yoki katta sahnalar bilan bog‘liq jarayonda chiroq ustasi degan kasbiy terminga 

duch kelamiz. Buni eshitgan odam dastavval u chiroqni yaxshi tuzatadigan usta 

bo`lsa  kerak  deb  o`ylaydi.  Vaҳolanki,  bu  kasb  egasi  butunlay  boshqa  ish  bilan 

shug‘ullanadi, ya`ni u sahnani turli ranglarda yoritish ishi bilan shug‘ullanadi. U 

ruschada master sveta deb yuritiladi.  

Mazkur sohaning terminlari professor Renat Doniyorov tomonidan tadqiq 

qilingan. 

Ma’lumki,  tillar  leksikasini  boyitish  asosan  ichki    resurslardan                                                                                                                                                                 

foydalangan    holda  so‘z  yasash  usulidan  va  boshqa    tillardan  leksemalar 

o‘zlashtirish hisobiga amalga oshiriladi. So‘z yasash  mohiyati va uning hilma-



 

35 


xil  usullari  (sintetik,  analitik,  leksik),  o‘zlashtirmalarning  ahamiyatiga  etarli 

baho  bera  olish  va  ulardan    chiqadigan  umumlashmalar    bo‘yicha  nazariy  va 

amaliy  xulosalar chiqarishga imkon tug‘diradi. 

 

Shu  jihatdan  qaraganda,  ayrim  tillar  leksikasini  o‘rganish  muhim 



ahamiyat  kasb  etadi.  Biroq  nafaqat    qardosh    bo‘lmagan  tillar,  balki  qardosh  

tillar    leksikasini  ham  tarixiy  va    qiyosiy-chog‘ishtirma    rejada  tadqiq  qilish 

o‘ziga xos ahamiyatga egadir.  

 

I.Ismailovning  1966-yilda  nashr  ettirgan  monografiyasi  muhim  ishlardan 



biri  sanaladi.

1

  Muhimi  shundaki,  mazkur  ishda,  o‘zbek  va  uyg‘ur  tillardagi 



“qon-qorindoshlik  terminlari”  (ota,  ona,  aka,t  og‘a,  xola,  bo‘la  (bobo),  buvi, 

amma,  nabira),    “nikohdan  keyin  paydo  bo‘lgan  qarindoshlik  terminlari”  (er, 

xotin,  kuyov,  kelin,  pochcha,  boja,  ovsin,  qaynota,  qaynona,  quda),  nihoyat, 

“tutingan  so‘zi  bilan  ifodalangan  yaqinlik nomlari”  (tutingan  ota,  tutingan  ona, 

tutingan  o‘g‘il,  tutingan  opa,  tutingan  aka-uka)  ning  bir-biridan  farqi,  o‘xshash 

jihatlari,  bunday  terminlarning  paydo  bo‘lishi  va  amalda  qo‘llanish  me`yorlari 

atroflicha  tahlil  etilgan.  Muallifning  o‘zi  qayd  etganidek,  “o‘zbek  va  uyg‘ur 

tilidagi qavm-qarindoshlik terminlarining bir-biridan farqi, shuningdek, ularning 

tarixiy  taraqqiyoti,  shevalardagi  ko‘rinishi  to‘g‘risida  fikr  yuritiladi.  Bu 

tillardagi  umumturkiy  birlik  va  har  bir  tilning  o‘ziga  xos  xususiyatlari,  bir-

biridan farqlari tahlil etiladi”.  Muhim  dalil  sifatida  shuni  alohida  ta’kidlab 

o‘tamizki,  keyingi  yillarda  turkiy  tillarning  ayrim  leksik  qatlamlarini  qiyosiy 

yo‘sinda  o‘rganishga  bag‘ishlangan  yana  bir  nechta  monografiya  yuzaga  keldi. 

Shulardan  biri  “O‘rta  Osiyo  va  Qozog‘iston  turkiy  tillari  leksikasining 

taraqqiyoti

2

”  deb  nomlanadi.  D.X.Bazarova  va  K.Sharipovalar  tomonidan 



yozilgan  monografiyada  Markaziy  Osiyo  xududidagi  turkiy  tillar  va  ularning 

ayrim  shevalarda  qo‘llanilgan  zoologik  terminlar,  jumladan,  otlar,  tuyoqli 

yovvoyi hayvonlar, ushoq mollar, qoramollar, cho‘chqalar va ular bilan aloqador 

o‘nlab  leksemalar  tadqiqot  obyekti  qilib  olingan.  Muhimi  shundaki,  bunday 

                                                 

1

 Ismoilov I.Turkiy tillarda  qavm-qarindoshlik terminlari.-Toshkent, 1966 

2

 

Qarang: O‘TA.-Toshkent,1992.-№2.-B. 58-60. 


 

36 


terminlarning o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, turkman, uyg‘ur tillarida qo‘llanish doirasi, 

leksik-  semantik  xususiyatlari  etarli  dalillar  asosida  isbotlab  berilgan.  Ammo 

mazkur  ishda  “termin”,  “so‘z”  (slovo),  “nom”  (nazvanie)  kabi  leksemalar 

aralash  holda  ishlatilaverganini  ham  ko‘rsatib  o‘tilgan.  R.Doniyorov  va 

A.Qosimovlar  mazkur  ishning  yutuq  va  kamchiliklari  haqida  o‘z  fikrlarini 

bildirishgan 

1



1990-yili I.Ismoilov, K.Meliyev, M.Saparovlar tomonidan “O‘rta Osiyo va 



Qozog‘iston  turkiy  tillar  leksikasidan  tadqiqot

2

  nomli  monografiya  maydonga 



keldi. Ushbu tadqiqot ham turkiy tillar leksikasini qiyosiy rejada tahlil qilishga 

bag‘ishlangan  muhim  ishlar.  Unda  “O‘rta  Osiyo  va  Qozog‘iston  hududlaridagi 

turkiy  tillar  so‘z  boyligining  maxsus  atamalari-uy-ro‘zg‘or  buyumlari,  mevali 

daraxt  va  poliz  ekinlari  nomlari  qiyosiy-tarixiy  jihatdan  yoritilgan.  Tadqiqotda 

regiondagi turkiy tillarning so‘z boyligi, sohalar leksikasi, ularning shakllanishi, 

taraqqiyoti  va  o‘zbek,  uyg‘ur,  qozoq,  qirg‘iz,  qoraqalpoq  hamda  turkman 

tillarining  o‘zaro  munosabati,  ularning  bir-biriga  ijobiy  ta’siri”  kabi  jihatlar 

etarli dalillar orqali atroflicha yoritilgan.  

 

 

Ijtimoiy-siyosiy va tarixiy-huquqiy terminlarning shakllanishi 



 

O‘zbek  tiliga  davlat  tili  maqomining  berilishi  hamda  mustaqillikka 

erishganligimiz  munosabati bilan tilimizda qo‘llanilib kelayotgan ruscha va rus 

tili orqali kirib kelgan terminlarning anchasi har ikkala tildagi mos  muqobillari 

bilan  almashtirila  boshlandi.  Masalan,  o‘zbek  tilida  qo‘llanib  kelgan  terminlar 

qo‘yidagicha almashtiriladi: Abstrakt – mavhum, avtograf – dastxat, adaptatsiya 

–  moslashish,  administratsiya  –  ma’muriyat,  direktiva  –  ko‘rsatma,  krizis  – 

tanglik va b. 

                                                 

1

. Ismoilov I. Melyiev K. Saparov M. O‘rta Osiyo va Qozog‘iston turkiy tillari leksikasidan tadqiqot.-T., 1990 

2

 Mirzayev M. Sovetsko – internatsional`nыe slova v uzbekskoy periodicheskoy pechati (1945-1950): Avto ref.   

dis ………. kand. filol. nauk. – Tashkent, 1951; Jamolxonov.X.A. O‘zbek botanika terminologiyasining tarkib 

topishi va rivojlanishi tarixidan: filol. fan. kand.dist......... –Daniyarov R. Texnicheskaya terminologiya 

uzbekskogo yazыka na sovremennom etape: Avtoref. dis.........  dok. filol.nauk . – Tashkent. 1988.     


 

37 


Ijtimoiy-siyosiy 

terminlarning 

paydo 

bo‘lish 


tarixini 

qadimdan 

boshlashimiz  zarur.  Umumturkiy  meros  bo‘lmish  O‘rxun-enisey  va  boshqa 

yodnomalarda o‘z ifodasini topgan qag‘an, budun, balыq (“shahar” ma’nosida), 

sab  (“kengash”  ma’nosida),  bitikchi  (“kotib”  ma’nosida),  alp  (“qahramon” 

ma’nosida) kabi terminlar buning yaqqol misolidir. 

  Ijtimoiy-siyosiy  hayotdagi  o‘zgarishlar,  tabiiyki,  o‘zining  leksik 

qatlamlarida  ham  o‘z  ifodasini  topadi.  Bu  fikrimizni  M.Koshg‘ariyning 

“Devonu  lug‘otit  turk”  asaridagi  qo‘yidagi  ijtimoiy-siyosiy  terminlar  misolida 

ham  ko‘rish  mumkin  :  and,  buzun,  baæ,  boæun  (“jamoa”  ma’nosida),  bachèg‘ 

(“ahd” ma’nosida), beg, æarlèg‘, boæ (“qabila” ma’nosida), æag‘è, bulg‘aq (“fitna” 

ma’nosida),  æer  (“mamalakat”  ma’nosida)  va  hokazo

1

.  O‘sha  davr  ijtimoiy-



siyosiy  terminologiyasing  muhim  xususiyatlaridan  biri  shundaki,  ularning 

ba’zilari hozirgi kunda ham o‘zbek va qoraqalpoq hamda boshqa turkiy tillarda 

faol qo‘llanib kelinmoqda (el-el, boy-bay, ont-ant). 

  H.Dadaboyevning dissertatsiya ishiga obyekt qilib olingan XI-XIV asrlar 


Download 342.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling