Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti


Kristionas Donelaytis (1713 - 1780)


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/12
Sana09.02.2017
Hajmi0.95 Mb.
#171
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12

                      Kristionas Donelaytis (1713 - 1780) 

  

Litva  badiiy  adabiyotning  ulkan  namoyandalaridan  biri  Donelaytis  Sharqiy 

Prussiyaning Lazdinelyay qishlogida tug’ilgan, Kyongsbergdagi maktabda dastlabki tahsilni 

olgach,  oliy  ma'lumotni  Universitetda  oldi.  Avval    o’qituvchilik,  1473  yildan  umrining 

oxirigacha pastorlik vazifasida ishlagan. Donelaytisdan bizgacha olti masal, ikki she'r hamda 

"Yil  fasllari"  dostoni  yetib  kelgan.  "Maqtanchok  dub",  "Buri-sud"  masalalarida 

dehqonlarning  ogir  hayoti  qalamga  olinsa,  "Yil  fasllari"da  turt  faslning    o’ziga  xosligi 

mavjud ijtimoiy hayot bilan boglab tahlil etiladi: 

  

 

Kukdan quyosh nur tukadi, isinadi buz turpoq,  



Keksa qishning saltanati qulashini kuzat, bog!  

Ortda krldi ayoz tunlar, qanoat yozdi navbahor,  

Erib bitdi  uz- uzidan onda-sonda qolgan qor  

"Bahor  quvonchlari",  "Yoz  mehnatlari",  "Kuz  ne'matlari",  "Qish  tashvihlari"  deb 

atalgan  turt  bobni  uz  ichiga  olgan  dostonda  shoir  tabiat  manzaralariga  millat  fojealarini 

vobasta etadi. Qish fasli haqida yozadi: 

  

 

Sen ey, egar ustidagi tanqa burun, mag’rur bosh,  



Mazlumlarning ko’zlaridan oqizasan buncha yosh?  

Kecha-kunduz sho’rliklarni qo’ymaysan o’z holiga,   

  

O’shalardek tug’maganmi seni ham bir volida? 



  

Shoiring  aytmoqchi  bo’lgan  dard-uchun  aslida  qish  fasli  ramzdir.  U  xalqni  tezroq 

chilla izqirinidan qutilishini istaydi: 

  

 



Haq o’rnini topar bir kun, yangrar jo’shqin sadolar,  

Ozodlikka chiqar yillab yuk ko’targan gadolar  

Haqiqatning hukmi bilan yo’qoladi zulmlar,  

Mazlumlarga baxt kuladi, jarga qular zolimlar  

Bir  umr  inson  bo’lib  yashash  lozimligini  uqtirgan  Donelaytisning  mazkur      dostoni 

Sharq  adabiyotidagi  munozaraviy  adabiyot  namunalarini  yodga  soladi.  Sho’ro      davrida 

Kristionas  Donelaytisning  250  yillik  yubileyi  katta  shodiyona  bilan  nishonlangan.  Uning 

masal va she'rlari turli tillarga tarjima qilingan. 

  

                                            Eston adabiyoti 



 

Eston adabiyotining shakllanishi  

Estonlarning qabila bo’lib shakllanishi miloddan avvalgi ming yillikka to’g’ri keladi. 

X-XI asarlarda sharkiy - janubdagi yerlar Kiyev knyazligiga qushilgan vaqtlarda Estoniyada 

dehqonchilik  va  chorvachilik  bilan  bir  qatorda  hunarmandchilik  taraqqiy  eta  boshladi. 

Kolivan  va  Tartu  singari  savdo  markazlari  paydo  bo’ldi.  Biroq  nemis,  shved  va  daniya 

bosqinchlari  bu  taraqqiyotga  tutqinlik  qildi.  XIII-XV  asrlarda  Lenbut  va  Vyachko 

boshchiligidagi  xalq  qo’zg’aloni  besamar  ketdi.  XVIII  asr  boshlarida  Estoniya  Rossiya 


 

76 


tarkybga  kushildi.  XIX  asrda  eston  milliy  tili  shakllana  boshlandi.  Sho’ro  hukumati  1917-

1918-1919  yillarida  Estoniyada    uz  davlatini  ;urnatishga  harakat  qildi.  Ammo  maqsad 

ruyobga  chiqmadi.  Adabiyotning  ilk  namunalari  eston  tilida  XVII  asr  o’rtalarida  paydo 

bo’lgan.  Ungacha  cherkov  adabiyoti  mavjud  edi.  Eston  tilida  birinchi  kalendar  1713  yilda, 

"Injil"  1739  yilda,  she'r  va  hikoyalar  to’plami  XIX  asr  boshlarida  chop  etilgan.  Birinchi 

eston yozuvchisi K.Peterson uz odalarida Vatan va ona tili sofligi g’oyasini kuylagan bo’lsa, 

ma'rifatparvar  F.Felman  milliy  til  va  adabiyotga  kurashishni  tarqib  etgan  edi.  Felmanning 

ishini F.Kreysvald davom ettirdi. 

  

XX asr eston adabiyoti 

XIX asr oxiri XX acp boshlarida E.Bornxee "qasoskor" tarixiy povesti, Eduard Vilde 

"Ayoz  mamlakati"  psixologik  romani,  "Temir  qullar"  dostoni,  E.Syargava  "Bir  qiz  tarixi", 

"Yordam", Liyv "Soya", "Alvasitining qizi" asarlarini bitib, eston xalqining tarixiy hayotini 

tasvirlashgan.  XX  asrning  20-yillarida  eston  adabiyotining  vakillari  g-  X.Pegel'man, 

Yu.Lilianbax,.  V.Myodler,  V.Buk,  E.Aadu,  O.Myunterlar  "Hoop  eesti"  ("Yosh  Estoniya") 

adabiy  uyushma  atrofiga  jipslashishdi.  Mazkur  uyushma  pguro  hukumati    urnatilgach, 

oppozitsiyaga  utdi.  Ammo  sho’rolar  tazyikni  "qaddi  a'lo"siga  yetkazgach,    uz  jonlarini 

saqlash  uchun  "Kommunizm  yulida"  jurnali  tashkil  etilgan,  yirik  adib  A.Tommsaare  esa 

"haqiqat  va  huquq"  romanini  yozgan  edi.  1941-1945  yillarda  I.Barbarus  "qurollangan 

qushinlar",  M.Raud  "Jangovar  suz",  I.Semper  "Jim  turolmayman",  D.Vayrand  "Chugday 

yongan  osmon  ostida",  R.Parve  "Soldat  qalbi",  Yu.Smuul  "Dahshatli  yoshlik"  asarlarini 

yozib, eston  glonlarining qahramonliklarini madh etadilar. 

  

1950-1980 yillar orasida yaratilgan "Koordida nur", "Shamollar soxili", "Qurgondagi 



hayot",  "Shagollar",  "  Un  besh  qadam",  "Kurash  davom  etadi",  "Er  va  xalq",  "Dadil 

burilish",  "Qizil  chinnigul",  "Vijdon",  "Hu  kunlar  tongi",  "Anketa",  "Muz  kitobi"  asarlari 

ko’pchilikka  ma'lum  bo’lib,  ko’pchiligi  sahnalashtirilgan,  badiiy  filmlar  olingan. 

Yu.Smuulning "Muz kitobi" eng oliy mukofotga sazovor bo’lgan edi. 

                         

                                                  Yuxan Smuul 



  

Baliqchi oilasida 1922  yilda tavallud topgan. Eston adabiyotining  yirik vakili Yuxan 

Smuul    uz  asarlari  bilan  1960  yilda  eng  oliy  mukofotga  sazovor  bo’lgan  adibdir.  Ota-

onasining  kambag’alligi  tufayli  o’qishini  tugatolmagan  Yuxan  otasiga  yordamchilik  qila 

boshladi, U bir she'rida shunday yozadi: 

  

 



Botib ketdi ko’kning yarqiroq oyi, 

  

 



Qichqiradi tongni qutlab xo’rozlar 

  

 



Butun sohil buylab to’rini yoyib, 

  

 



Baliqchilar kuni oltin sep yozar 

  

 



Boladay beg’ubor, so’lim subhidam, 

  

 



To’lqinlar tebranar yaqin-yiroqda 

  

 



Baliqchi yigitlar bo’lib shay, bardam, 

  

 



Qayiqlarin haydab ketar qirg’oqdan 

  

Urush  boshlangach  shoir  Uralga  harbiy  zavodlar  qurilishiga  jo’natiladi.  Ayni  shu 



damda  ilk  ijod  namunalari  dunyo  yuzini  ko’rdi.  1946-yildan  1953-yilgacha  Yuxanning 

"Og’ir yoshlik", "Olma daraxti gullasin", "Men komsomolman", "Koguva qishlog’ining qizil 

karvoni", "Yarvesullik yigitlar brigadasi", "Estoniya dostoni", "Bo’ron bolasi" asarlari chop 

etildi.  O’sha  davr  nasrining  go’zal  namunalari  hisoblangan  "Murka  dengizchi"  povesti, 

"Sigidate    qishlog’idan  maktublar"  ocherki,  "Muz  kitobi"  romani  Yuxan  Smuulga  katta 

shuhrat keltirdi. 

  

Yuxan  lirik  shoir  sifatida    uzining  urush  davridagi  sarguzashtlarini  tasvirlab,  go’zal 



she'rlar  bitgan.  "Antraktidada  dafn  marosimi"da  do’stini  yukrtgan,  muz  kryalar  orasida 

 

77 


yuragi muzga aylangan shoir siymosi gavdalanadi. 

  

 



Qalin kiyimlarga burkangan yusun, 

  

 



Muz koyalar aro turdik biz yirok 

  

 



Bilardim neligin yuqtirmoq do’stni, 

  

 



Ne bo’lishin bunda bilmasdim biroq 

  

Eston adabiyoti va san'atini rivojlantirishdagi xizmatlarini hisobga olib hukumat unga 



1955  yilda  Estoniyada  xizmat  ko’rsatgan  yozuvchi  faxriy  unvonini  berdi.  Ayni  shu  yildan 

boshlab u Estoniya yozuvchilari uyushmasi raisi lavozimida ishladi. 

  

 

Antraktidada, muz makbarasida, 



  

 

Marhumlar adabiy qolur barhayot 



  

 

Bu qabrni kurib muz orasida: 



  

 

– Bu ulardan biri! - der uzoq avlod 



  

Yuxan Smuul asarlari o’zbek kitobxonlariga I960 yildan boshlab tanishtira boshlandi. 

Ularni atoqli shoirimiz Jumaniyoz Jabborov  o’zbek tiliga o’girgan. 

  

Adabiyotlar

1.

 

Istoriya latishskoy literaturi. T. Riga. 1971 



2.

 

Yan Raynis. Oltin tulpor (ertak). T. 1989 



3.

 

V.Latsis. Vatanni qo’msab. T. 1961  



4.

 

V.Latsis. Baliqchi o’g’li. T. 1958  



5.

 

V.Latsis. Yangi qirg’oq sari. T. 1956 



6.

 

Lankutis Yones. Ponorama litovskoy literaturi. Vilnyus. 1975 



7.

 

Istoriya litovskoy literaturi. M. 1971 



8.

 

Litva hikoyalari. T. 1952 



9.

 

Yuazas Boltushis. Uqubatli yo’llarim. Roman. T. 1977. 



10.

 

Ocherk istorii estonskoy literaturi. M. 1976 



11.

 

Mauer M. Estonskaya literaturi. Rekomendatelniy ukazatel literaturi. M, 1975 



12.

 

Yuxan Smul. Proza. M. 1985 



                                      

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

78 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


 

79 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling