Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
Kristionas Donelaytis (1713 - 1780)
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eston adabiyoti Eston adabiyotining shakllanishi
- XX asr eston adabiyoti
- Yuxan Smuul
Kristionas Donelaytis (1713 - 1780) Litva badiiy adabiyotning ulkan namoyandalaridan biri Donelaytis Sharqiy Prussiyaning Lazdinelyay qishlogida tug’ilgan, Kyongsbergdagi maktabda dastlabki tahsilni olgach, oliy ma'lumotni Universitetda oldi. Avval o’qituvchilik, 1473 yildan umrining oxirigacha pastorlik vazifasida ishlagan. Donelaytisdan bizgacha olti masal, ikki she'r hamda "Yil fasllari" dostoni yetib kelgan. "Maqtanchok dub", "Buri-sud" masalalarida dehqonlarning ogir hayoti qalamga olinsa, "Yil fasllari"da turt faslning o’ziga xosligi mavjud ijtimoiy hayot bilan boglab tahlil etiladi:
Keksa qishning saltanati qulashini kuzat, bog! Ortda krldi ayoz tunlar, qanoat yozdi navbahor, Erib bitdi uz- uzidan onda-sonda qolgan qor "Bahor quvonchlari", "Yoz mehnatlari", "Kuz ne'matlari", "Qish tashvihlari" deb atalgan turt bobni uz ichiga olgan dostonda shoir tabiat manzaralariga millat fojealarini vobasta etadi. Qish fasli haqida yozadi:
Mazlumlarning ko’zlaridan oqizasan buncha yosh? Kecha-kunduz sho’rliklarni qo’ymaysan o’z holiga,
O’shalardek tug’maganmi seni ham bir volida? Shoiring aytmoqchi bo’lgan dard-uchun aslida qish fasli ramzdir. U xalqni tezroq chilla izqirinidan qutilishini istaydi:
Haq o’rnini topar bir kun, yangrar jo’shqin sadolar, Ozodlikka chiqar yillab yuk ko’targan gadolar Haqiqatning hukmi bilan yo’qoladi zulmlar, Mazlumlarga baxt kuladi, jarga qular zolimlar Bir umr inson bo’lib yashash lozimligini uqtirgan Donelaytisning mazkur dostoni Sharq adabiyotidagi munozaraviy adabiyot namunalarini yodga soladi. Sho’ro davrida Kristionas Donelaytisning 250 yillik yubileyi katta shodiyona bilan nishonlangan. Uning masal va she'rlari turli tillarga tarjima qilingan.
Eston adabiyoti Eston adabiyotining shakllanishi Estonlarning qabila bo’lib shakllanishi miloddan avvalgi ming yillikka to’g’ri keladi. X-XI asarlarda sharkiy - janubdagi yerlar Kiyev knyazligiga qushilgan vaqtlarda Estoniyada dehqonchilik va chorvachilik bilan bir qatorda hunarmandchilik taraqqiy eta boshladi. Kolivan va Tartu singari savdo markazlari paydo bo’ldi. Biroq nemis, shved va daniya bosqinchlari bu taraqqiyotga tutqinlik qildi. XIII-XV asrlarda Lenbut va Vyachko boshchiligidagi xalq qo’zg’aloni besamar ketdi. XVIII asr boshlarida Estoniya Rossiya
76
tarkybga kushildi. XIX asrda eston milliy tili shakllana boshlandi. Sho’ro hukumati 1917- 1918-1919 yillarida Estoniyada uz davlatini ;urnatishga harakat qildi. Ammo maqsad ruyobga chiqmadi. Adabiyotning ilk namunalari eston tilida XVII asr o’rtalarida paydo bo’lgan. Ungacha cherkov adabiyoti mavjud edi. Eston tilida birinchi kalendar 1713 yilda, "Injil" 1739 yilda, she'r va hikoyalar to’plami XIX asr boshlarida chop etilgan. Birinchi eston yozuvchisi K.Peterson uz odalarida Vatan va ona tili sofligi g’oyasini kuylagan bo’lsa, ma'rifatparvar F.Felman milliy til va adabiyotga kurashishni tarqib etgan edi. Felmanning ishini F.Kreysvald davom ettirdi.
XIX asr oxiri XX acp boshlarida E.Bornxee "qasoskor" tarixiy povesti, Eduard Vilde "Ayoz mamlakati" psixologik romani, "Temir qullar" dostoni, E.Syargava "Bir qiz tarixi", "Yordam", Liyv "Soya", "Alvasitining qizi" asarlarini bitib, eston xalqining tarixiy hayotini tasvirlashgan. XX asrning 20-yillarida eston adabiyotining vakillari g- X.Pegel'man, Yu.Lilianbax,. V.Myodler, V.Buk, E.Aadu, O.Myunterlar "Hoop eesti" ("Yosh Estoniya") adabiy uyushma atrofiga jipslashishdi. Mazkur uyushma pguro hukumati urnatilgach, oppozitsiyaga utdi. Ammo sho’rolar tazyikni "qaddi a'lo"siga yetkazgach, uz jonlarini saqlash uchun "Kommunizm yulida" jurnali tashkil etilgan, yirik adib A.Tommsaare esa "haqiqat va huquq" romanini yozgan edi. 1941-1945 yillarda I.Barbarus "qurollangan qushinlar", M.Raud "Jangovar suz", I.Semper "Jim turolmayman", D.Vayrand "Chugday yongan osmon ostida", R.Parve "Soldat qalbi", Yu.Smuul "Dahshatli yoshlik" asarlarini yozib, eston glonlarining qahramonliklarini madh etadilar.
1950-1980 yillar orasida yaratilgan "Koordida nur", "Shamollar soxili", "Qurgondagi hayot", "Shagollar", " Un besh qadam", "Kurash davom etadi", "Er va xalq", "Dadil burilish", "Qizil chinnigul", "Vijdon", "Hu kunlar tongi", "Anketa", "Muz kitobi" asarlari ko’pchilikka ma'lum bo’lib, ko’pchiligi sahnalashtirilgan, badiiy filmlar olingan. Yu.Smuulning "Muz kitobi" eng oliy mukofotga sazovor bo’lgan edi.
Yuxan Smuul Baliqchi oilasida 1922 yilda tavallud topgan. Eston adabiyotining yirik vakili Yuxan Smuul uz asarlari bilan 1960 yilda eng oliy mukofotga sazovor bo’lgan adibdir. Ota- onasining kambag’alligi tufayli o’qishini tugatolmagan Yuxan otasiga yordamchilik qila boshladi, U bir she'rida shunday yozadi:
Botib ketdi ko’kning yarqiroq oyi,
Qichqiradi tongni qutlab xo’rozlar
Butun sohil buylab to’rini yoyib,
Baliqchilar kuni oltin sep yozar
Boladay beg’ubor, so’lim subhidam,
To’lqinlar tebranar yaqin-yiroqda
Baliqchi yigitlar bo’lib shay, bardam,
Qayiqlarin haydab ketar qirg’oqdan
Urush boshlangach shoir Uralga harbiy zavodlar qurilishiga jo’natiladi. Ayni shu damda ilk ijod namunalari dunyo yuzini ko’rdi. 1946-yildan 1953-yilgacha Yuxanning "Og’ir yoshlik", "Olma daraxti gullasin", "Men komsomolman", "Koguva qishlog’ining qizil karvoni", "Yarvesullik yigitlar brigadasi", "Estoniya dostoni", "Bo’ron bolasi" asarlari chop etildi. O’sha davr nasrining go’zal namunalari hisoblangan "Murka dengizchi" povesti, "Sigidate qishlog’idan maktublar" ocherki, "Muz kitobi" romani Yuxan Smuulga katta shuhrat keltirdi.
Yuxan lirik shoir sifatida uzining urush davridagi sarguzashtlarini tasvirlab, go’zal she'rlar bitgan. "Antraktidada dafn marosimi"da do’stini yukrtgan, muz kryalar orasida 77
yuragi muzga aylangan shoir siymosi gavdalanadi.
Qalin kiyimlarga burkangan yusun,
Muz koyalar aro turdik biz yirok
Bilardim neligin yuqtirmoq do’stni,
Ne bo’lishin bunda bilmasdim biroq
Eston adabiyoti va san'atini rivojlantirishdagi xizmatlarini hisobga olib hukumat unga 1955 yilda Estoniyada xizmat ko’rsatgan yozuvchi faxriy unvonini berdi. Ayni shu yildan boshlab u Estoniya yozuvchilari uyushmasi raisi lavozimida ishladi.
Marhumlar adabiy qolur barhayot
Bu qabrni kurib muz orasida:
– Bu ulardan biri! - der uzoq avlod Yuxan Smuul asarlari o’zbek kitobxonlariga I960 yildan boshlab tanishtira boshlandi. Ularni atoqli shoirimiz Jumaniyoz Jabborov o’zbek tiliga o’girgan.
1.
2.
Yan Raynis. Oltin tulpor (ertak). T. 1989 3.
V.Latsis. Vatanni qo’msab. T. 1961 4.
V.Latsis. Baliqchi o’g’li. T. 1958 5.
V.Latsis. Yangi qirg’oq sari. T. 1956 6.
Lankutis Yones. Ponorama litovskoy literaturi. Vilnyus. 1975 7.
Istoriya litovskoy literaturi. M. 1971 8.
Litva hikoyalari. T. 1952 9.
Yuazas Boltushis. Uqubatli yo’llarim. Roman. T. 1977. 10.
Ocherk istorii estonskoy literaturi. M. 1976 11.
Mauer M. Estonskaya literaturi. Rekomendatelniy ukazatel literaturi. M, 1975 12.
Yuxan Smul. Proza. M. 1985
78
79
Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling