“TASDIQLAYMAN”
Ajiniyoz nomidagi
Nukus davlat pedagogika instituti
Rektori __________ B. Otemuratov
“___” __________ 2021-yil
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining
“Fanlarni o’rtacha ko’rsatkichi 71 foiz va undan yuqori bo‘lgan, alohida qobiliyat va iqtidor egasi bo‘lgan, jamoat ishlarida faol, ijtimoiy himoyaga muxtoj talabalarni moddiy
qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risida”gi
NIZOMI
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi VMQ-59-sonli “Oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida tahsil olayotgan fanlarni umumiy o‘zlashtirish darajasi yaxshi va a’lo bo‘lgan, alohida qobiliyat va iqtidor egasi bo‘lgan, jamoat ishlarida faol, ijtimoiy himoyaga muxtoj talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash tartibini belgilaydi.
I bob. Umumiy qoidalar.
1.1. Mazkur Nizom qoidalari Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida bakalavr va magistr bosqichida davlat granti va to‘lov shartnoma asosida ta’limning kunduzgi shaklida tahsil olayotgan talabalarga qo‘llaniladi.
1.2. Mazkur Nizom asosida fanlarni umumiy o’rtacha ko’rsatkichi 71 foiz (4 baxo) va undan yuqori bo’lgan, alohida qobiliyat va iqtidor egasi bo‘lgan, jamoat ishlarida faol, ijtimoiy himoyaga muxtoj talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlanishi belgilanadi.
1.3. Moddiy qo‘llab-quvvatlashga tavsiya etilgan talabalarga tayinlangan stipendiyaning bazaviy miqdorini asosiy ko‘rsatkichlarini baholash mezonlari natijalariga ko‘ra 10 foiz miqdoridan 50 foiz miqdorigacha oshirilgan holda belgilanadi.
1.4. Moddiy qo‘llab-quvvatlashga da’vogarlarni tegishli qonun hujjatlari va mazkur Nizom talablari asosida saralash ishlarini olib borish uchun Institut rektori buyrug’iga muvofiq stipendiya komissiyalari tuziladi. Stipendiya komissiyalari a’zolari tarkibi Institut rektori tomonidan Institutning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori va Talabalar Kengashi taqdimnomasiga binoan har bir semestr yakunidagi saralash uchun (o‘quv yili davomida ikki bor) alohida tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |