Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika
Download 117,35 Kb. Pdf ko'rish
|
tarixiy romanlarda saroy muhiti tasviri
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘ZBEK ADABIYOTI TARIXI
- MUNDARIJA
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Filologiya fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti bakalavr ta’lim yo‘nalishi 4- «V» kurs talabasi
DELEKEEVA SHOLPANning O‘ZBEK ADABIYOTI TARIXI fanidan
« TARIXIY ROMANLARDA SAROY MUHITI TASVIRI » mavzusida tayyorlagan K U R S I SH I
NUKUS – 2014 MUNDARIJA 1. KIRISh 2. ASOSLAMA 3. YoZUVChI NIYaTI VA BADIIY OBRAZ 4. TARIXIY VOQeLIK VA BADIIY TALQIN 5. XULOSA 6. FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR
3 KIRISh
O`zbek adabiyotida xalqimiz tarixining eng shonli zarvaraqlarini teran badiiy tahlil qilishga bag`ishlangan bir qator yirik asarlar yaratilgan. Xalqimiz tarixining turfa bosqichlarini tasvirlash, millatimizning ijtimoiy va ma`naviy hayotida muhim rol` o`ynagan iste`dod sohiblari shaxsiyatining jamiyat taraqqiyotida tutgan o`rnini ko`rsatib berish, tarixiy voqelik va shaxs munosabatini yoritish, shuningdek, davlatchiligimiz tarixi va milliy qadriyatlarimizning tarixiy-hayotiy asoslarini oydinlashtirish o`zbek tarixiy romanlarining o`ziga xos milliy xossalarini tashkil etadi.
Tarixiy mavzuda yozilgan badiiy asarlar, xususan, romanlar xalqimiz tarixining badiiy solnomasidir. Shuning uchun ham milliy hurlik tufayli o`zligini anglayotgan, ajdodlarining kim ekanligi, tarixiy ildizlari qaysi davrlarga borib taqalishi bilan qiziqayotgan har bir vatandoshimiz uchun tarixiy manbalar bilan bir qatorda shu mavzudagi badiiy asarlar ham g`oyat nodir tarixiy xotira sarchashmasi vazifasini o`taydi. Zero, Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov juda to`g`ri ta`kidlaganlaridek, «Tarix xotirasi xalqning, jonajon o`lkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy, tarixini tiklash, milliy o`zlikni anglash, ta`bir joiz bo`lsa milliy iftixorni tiklash va o`stirish jarayonida g`oyat muhim o`rin tutadi». 1
«Haqqoniy tarixi bilmasdan turib o`zlikni anglash mumkin emas» degan g`oyat purma`no g`oyani ilgari surgan. Prezidentimiz o`zlarining bir guruh tarixchi olimlar bilan uchrashuvlarida tarixning xalqimiz va mamlakatimiz taqdiridagi ahamiyati masalasiga tamomila yangicha yondashdilar hamda haqqoniy tarixni yaratishning yangi nazariy yo`nalishlarini belgilab berdilar. Tarixiy xotiraning ijtimoiy ahamiyati, tarixning millat va davlat taqdiridagi o`rni, tarix va ma`naviyat kabi dolzarb masalalarni teran tahlil qilgan zukko yurtboshimiz
4 I.A.Karimovning «o`z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalqni engib bo`lmas ekan, biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qүrollantirishimiz zarur» 2 degan xulosalar ozod Vatanimizning haqqoniy va xolisona tarixini yaratish nechog`liq muhim hayotiy ahamiyat kasb etishidan dalolat beradi. Mamlakatimiz rahbarining el-yurt taqdiri, ozod va obod diyorimizning istiqbolini o`ylab kuyib-yonib aytgan bu so`zlari adabiyotimizda ham tarixiy mavzu yanada chuqүrroq, keng qamrovli yoritilishi, xalq va Vatan tarixining barcha qirralari xolisona tasvirlanishiga alohida ahamiyat berish lozimligini ko`rsatadi.
O`zbek tarixiy romanlarining o`ziga xos milliy estetik tabiati, mavzu yo`nalishlari, tarixiy voqelikni badiiy aks ettirish mezonlari, syujet tuzilishi va obrazlar tizimi xususida bir qator ilmiy tadqiqotlar yaratilgan.
O`zbek
romanchiligining umumnazariy muammolaridan bahs
yuritadigan yirik monografik tadqiqotlardagi tarixiy romanlar tahliliga doir boblar, shuningdek, bevosita tarixiy romanlarning badiiy xususiyatlari, tarixiy voqelik va badiiy uydirmaning romandagi o`rni, tarixiy shaxslar obrazining badiiy talqini masalalarini o`rganishga bag`ishlangan nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarida o`zbek tarixiy romanchiligining shakllanishi, rivojlanish tamoyillari, poetikasi va adiblar badiiy mahorati chuqur tadqiq etilgan.
Respublikamiz mustaqillikka erishgan, bir tomondan, badiiy adabiyotda xalqimiz tarixida muhim rol` o`ynagan buyuk shaxslar – (xususan, sohibqiron Amir Temur, Bobur, Feruz kabi)ga bag`ishlangan adabiy asarlar yuzaga keldi. Ikkinchidan, tarixiy mavzudagi asarlarni sof badiiy matn sifatida tahlil etish asosida yangi nazariy tadqiqotlar ham yaratildi. Xususan adabiyotshunos G`.Murodovning maqola va kitoblarida
1 Каримов И. Ўзбекистон XXI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт кафолатлари. Т., Ўзбекистон, 1997, 140-бет. 2 Каримов И. Тарихий хотирасиз келажак. «Маърифат» 1998, 19 август.
5 tarixiy romanning poetik tabiati, fol`klor va uning roman, syujet qүrilishidagi o`rni, romanlar tasnifi hamda yangi romanlarda tarixiy shaxslar obrazining badiiy talqini kabi masalalar yoritilgan. 3
qatorida roman janri o`zbek adabiyotining nisbatan katta an`ana va tajribaga ega janrdir. Bu janr murakkab va qiyin ijodiy yo`lni bosib o`tdi va bugungi darajaga keldi. U o`zbek adabiy jarayonida hozirgi davrda muvaffaqiyatli rivojlanayotgan janrlardan biri bo`lib, uning istiqboli ham porloq bo`lishi shubhasizdir.
3 Муродов Ғ. Тарихий романда ҳужжатлилик // Ўзбек тили ва адабиёти. 1994, 4-5-6 сонлар. Ўша муаллиф Мозий ва бадиий адабиёт. Бухоро, «Бухоро» нашриёти, 1994.
6 YOZUVCHI NIYATI VA BADIIY OBRAZ «Ulug`bek xazinasi» romanining yaratilish tarixi shuni ko`rsatadiki, badiiy jarayonning ibtidosi hayot haqiqatini bevosita o`rganishdan boshlanadi, ya`ni hayotiy voqelik haqidagi ilk axborot adib ongida obrazli tafakkurni uyg`otadi. Obrazli tafakkur bois ijodiy niyat tug`iladi. Ijodiy niyat tug`ilishi bilan badiiy to`qima ishga tushib, syujetga asos bo`ladigan manzaralar va ularda faoliyat ko`rsatuvchi obrazlar yozuvchi ongida shakllana boshlaydi. Ana shu ijodiy jarayonning mohiyati haqida yozuvchining o`zi shunday hikoya qiladi.
Ba`zan tafakkur otining o`rnidan jilish uchun engil turtkining o`zi etarlidir. Bir vaqtlar gazeta Ulug`bekning fojiali o`limidan keyin izsiz yo`qolgan mashxur Ulug`bek kutubxonasi to`g`risidagi kichik bir maqolani o`qigandim. Unda bu kitoblar Ulug`bekning qotillari tomonidan yo`q qilib yuborilmaganligi, balki uning shogirdlari tomonidan Samarqanddan olib chiqib ketilib, Urgut tog`lariga yoki bo`lmasa, shahrisabz yaqinidagi bir g`orga yashirilganligi taxmin qilingandi. Maqola talay o`quvchilarda fikr uyg`otdi, yangi dalillar keltirildi, turli afsonalar naql qilindi. Ba`zi xatlarning mualliflari xatto kitoblar ko`milgan joyning ehtimolga yaqin o`rnini ham keltirishdi. Ulkan kutubxona (taxminan 15 ming jilddan iborat, bu o`sha davr uchun hayratomuz raqamdir)ning izsiz yo`qolishi mumkin emasligi haqidagi fikrning o`zi anchayin asosli ko`rinar, tasavvurni asoslardi. Respublika Fanlar akademiyasi kutubxonani izlab topish uchun kichik ekspeditsiya hozirladi, talay fidoyilar ham topildi.
Qozizoda Rumiy va Ulug`bek navjuvon talablariga saboq aytgan mashhur madrasaning ulkan yarim vayrona xonasida o`yga cho`mdim. Nega daf`a buyuk rasadxona harobalarida bo`ldim, sekstant yoyining sip-silliq yuzasidagi murakkab tarxlarni titroq va hayajon bilan ko`zdan kechirdim. Endi meni Ulug`bek obrazi – uning yuzi, sa`yi harakati muttasil ta`qib
7 qilardi. Koinot sirlarini anglab etgan bu buyuk inson nechun o`zini butun borlig`i ila ilmga baxsh etmadi? Toju taxt uchun kurash, naqədar behuda ishligini nega tushunib etmadi? – degan va keyinchalik kitobda Ali Qushchi tomonidan bayon qilingan fikrlar hol-jonimga qo`ymasdi.
Sarguzasht kissa haqidagi fikrdan voz kechib, katta tarixni polotno ustida o`ylay boshladim. 1
Yozuvchi idrokida Ulug`bek kutubxonasi bilan bog`liq bo`lgan ijodiy fikrning tug`ilishi va uning takomili, adib badiiy niyatini hayajonga keltirgan turli-tuman kechinma va tuygularning yagona va umumiy bir hisga qo`shilib ketishi natijasida sarguzasht qissaga daxldor bo`lgan badiiy to`qimaning ishga tushib ketishi jarayoniga alohida e`tibor beraylik. Kutubxona bilan bog`liq bo`lgan ma`lumot ko`z ilg`amas darajadagi mayda bir tarzida Odil Yoqubov ko`ng`liga ijodiy urug` bo`lib tushadiyu, ana shu urug`dan unib chiqqan ijodiy niyat adibning tafakkur otini joyidan siljitib yuboradi. Natijada sarguzasht qissaning syujet to`qimasiga daxldor bo`lgan ijodiy fikr birliklari, ya`ni kutubxonani qutqarish bilan bog`liq voqealar tizimi, qissaning obrazlar silsilasi va ularning faoliyati keltirib chiqaradigan turli- tuman hayotiy manzaralar, ayni shu jarayondagi hayot-mamot janglari yozuvchi ongida shiddat bilan shakllana boshlaydi. Yozuvchi shuurida tug`ilgan ijodiy g`oya unga tinchlik bermay qo`yadi, uni muvozanatdan chiqaradi. Shu bois u imkoni boricha ko`proq tarixiy materiallarni o`rganish maqsadida Samarqandga yo`l olib, voqea sodir bo`lgan makonni ham ipidan- ignasigacha tekshirib chiqadi. Natijada dastlabki tasavvurlar ko`lami jiddiy kengayadi. Ulug`bek davriga oid tarixiy manbalar qanchalik chuqur va atroflicha o`rganilgani sari adolatli shoh va jahonshumul olim bo`lgan Ulug`bek siymosi yozuvchi ko`z o`ngida jonlanib, davr adabiy tipi sifatidagi belgilarini namoyon eta boshlaydi. «Koinot sirlarini anglab etgan bu buyuk
1 «Ўзбекистон маданияти», 1988 йил 27 январь.
8 inson nechun, o`zini butun borlig`i ila ilmga baxsh etmadi? Toju taxt uchun kurash naqadar behuda ishligini nega tushunib etmadi?»-degan savollar adib xayolida charx urib, unga sira tinchlik bermaydi. Bu savollarga javob topish uchun esa, Ulug`bek davri tarixiy voqeligiga daxldor bo`lgan barcha manbalarni o`rganib, bu ziddiyatli davr haqiqatini tekshirib chiqish lozim edi. Chunki yozuvchining tafakkur osmonida charx urgan jumboqli savollarga Ulug`bek davri haqikatidan kelib chiqqan holdagina to`g`ri javob topish mumkin edi. Natijada kutubxonani qutqazuvchi shogirdlar fidoyiligi, saroydagi to`polonlar, otlar dupuri, qilichlar jarangidan iborat keng ko`lamli tarixiy voqelik yozuvchi ko`z o`ngida jonlanadi. Bu davr haqiqatini ochib beruvchi tarixiy va to`qima obrazlarning hammasi Ulug`bek shaxsi atrofida to`planib, birlari-muhabbat va sadoqat, boshqalari nafrat va yovuzlik timsoli sifatida guruhlana boshlaydi. Badiiy to`qimaning serqirraligi va tarixiy faktning ko`lamdorligi sarguzasht qissaning o`z o`rnini tarixiy romanga bo`shatib berishiga sabab bo`lgan. Ko`rinadiki, tarixiy haqiqatni ochib berish bilan bog`liq hayotiy materiallarni badiiy to`qima ko`zgusida chuqur o`rganish tahlil qilish, umumlashtirish, individuallashtirish va tipiklashtirish orqali yozuvchi mukammal badiiy shakl va obrazlar yaratish imkoniga ega bo`lgan. Zamonasidan o`zib ketib, kelajak tongini oldindan ko`ra olgan bu buyuk mutafakkirga xos fazilatlar roman sahifalarida birin-ketin ochilaboradi. U adolatli shoh, elu yurtiga qirq yil osoyishta turmush baxshida etgan. Ma`rifatparvar shoh bo`lgan Ulug`bek mamlakatda ilmu ma`rifatni ravnaq toptirishga katta hissa qo`shgan jasoratli shohdir. Ulug`bek shaxsiyatiga xos bo`lgan bu haqikatlar uning badiiy siymosini davr adabiy tipi darajasidagi yuksaklikka ko`targan. Uning ilm-ma`rifat va Movarounnahr osoyishtaligi yo`lida chekkan zahmatlari tarixda abadul-abad qolishiga ishonadi. Hatto saltanat talashganda ham o`z davri uchun jumboq bo`lgan
9 ikki xil qo`rqinch uning butun borligini qamrab olgan edi. U saltanatidan ayrilib qolishdan emas, balki bu elga qirq yil rahnamolik qilib orttirgan yagona boyligi-madrasayu rasadxonasi, nodir xazinasi – to`plagan kutubxonasi va nihoyat yaratgan asarlari-barchasi poymol bo`lishidan qyarqadi, xolos. Buning ustiga tag`in bir narasadan-kelgusi avlodlar mendan hazar qilmasmu deb qo`rqadi. Mirzo Ulug`bekday qoinot sirlarini ochib, fozillikka erishgan mavlono hayqot, axir oqibat bir o`tkinchi saltanatni deb, o`z pushti kamaridan bo`lgan farzandi bilan toju-taxt talashibdi-da, degan nom qoldirmoqdan qo`rqadi. Romanda o`z davrining adolatli va ma`rifatparvar hukmdori bo`lgan Ulug`bek vositasida, ya`ni uning to`g`risidagi cheksiz o`ylari, tushlari, xotiralarida jahongir Amir Temur siymosi qad ko`taradi. To shu roman yaratilgunga qadar Amir Temur haqida bir tomonlama mulohaza yuritish odat bo`lib qolgan edi. Uning ulug` inson va buyuk sohibqiron sifatidagi fazilatlarini birinchi bo`lib tan olgan va buni Ulug`bek nigohi bilan e`tirof etgan dastlabki ijodkor Odil Yoqubovdir. U o`z romanida Ulug`bekning bolalik chog`larida bobosi Amir Temur bilan muloqotlarini nihoyatda go`zal tarzda qayta jonlantiradi: “U hali kichkina bola edi. Bir gal olis safardan qaytgan bobosi bir-ikki hafta shu bog`da turdi. Xuddi mana shu buloq bo`yiga suyukli enagasi Saroymulkxonimning havorang ipak saropardasi to`qilgan edi… Goho enagasi oldida etak tutib, chodir yonidagi bo`liq oq biyani o`zi sog`ar, so`ng, alohida meshga quyib, qiyomiga keltirib qimiz qilar va yaxday buloqqa tashlab qo`yardi. Ahyon-ahyonda bu qimizni ichgani havorang saropardaga bobosi Amir Temur kelardi. U sezilarlik oqsoqlansa ham, aso ushlamas, novcha qaddini yigitlarday tik tutib: go`yo bir yoqqa shoshayotganday shitob bilan yurar edi. U hech qachon qimmatbaho zarrin to`nlar kiymas, yozgi saroyida ham tuya junidan to`qilgan oq sarg`ish
10 chakmonini echmas, o`tirganda chakmonining etagi bilan mayib oyog`ini o`rab, tizzasini silab o`tirar edi. Bobosi Amir Temur oq yuzli, qirg`iy burun, siyrakkina cho`qqi soqol odam edi. Undan hamma hayiqar, u siyrak qoshlarini chimirib, o`tkir ko`zlari bilan qadalib qaraganda, hech kim tob berolmas, hamma ko`zini olib qochar, u kelayotganda har kim turgan joyda qo`l qovushtirganicha qotib qolar edi. Lekin ajabo kichkina Muhammad Tarag`ayni ko`rganda bobosining qovog`i ochilib, chehrasidagi shiddat bo`lakcha bir muloyimlik bilan almashar, o`tkir nigohida sho`x uchqunlar o`ynar edi. Odatda u nevarasini tizzasiga o`tqazib erkalar, aksariyat mudarrislarni chaqirib, nevarasining saboqlarini surishtirar edi. Mudarrislar Ulug`bekning zehnini maqtashsa, bobosi nevarasining keng peshonasidan o`pib kular: - Barakallo sizga. Amir Temur avlodidan ham Xorun rashidday bir fozil podshoh chiqsin-da, -deb qo`yar edi. Goho esa, bil`aks nevarasini mutolaa ustida ko`rsa, jahli chiqar, darg`azab bo`lib nevaralaridan biriga: -
Yozuvchi Amir Temur shaxsiyati, aql-idroki, shijoati, davlatni boshqarishdagi tadbirkorligi, ayniqsa, nevarasi Ulug`bekka munosabati uning taqdiriga rahnomoligini yuksak mahorat bilan tasvirlar ekan, buyuk insoniy fazilatlar sohibi bo`lgan buyuk sarkarda va davlat arbobi obrazini birinchi bo`lib o`zbek romanchiligiga olib kiradi. Yozuvchi Ulug`bekning tush ko`rishi lahzasi orqali Amir Temur qiyofasini chizar ekan, unga qalb nuri, hissiyoti, mehru sadoqatini singdirib yubora olganining guvohi bo`lamiz. U Amir Temurning harbiy yurishlariga ham xolisona baho berishdan cho`chimadi. Buyuk sohibqironning eng avval, Samarqandni va undan so`ng ona yurti Keshni obodonlashtirgani, ularning salobati va jahonshumul ulug`vorligini orttirishga intilgani ham tarixiy haqiqatdir. Amir Temurning
11 bunyodkor va elparvar hukmdor sifatidagi siymosi ham Ulug`bek hissiyoti vositasida roman sahifalarida qayta jonlantirilgan.
12 Download 117,35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling