5. Xayolni diagnostika qilish metodlari
Bola xayolini baholashda turli xil ijodiy ishlar: rasm chizish, hikoya tuzish, buYumlarni yasash bilan bog‘liq jarayonlarda fantaziyaning namoyon bo‘lishiga e’tibor beriladi.
«Nutqiy fantaziya» metodikasi
Bolaga biror jonli mavjudot (odam hayvonlar) haqida ( bolaning xohishiga ko‘ra) hikoya tuzish va uni so‘zlab berish topshirig‘i beriladi. Buning uchun bolaga 5 daqiqa vaqt ajratilib, shundan 1 daqiqasi hikoya ertakni o‘ylab olishi uchun beriladi.
Bola hikoyani so‘zlab berish jarayonida, uning fantaziyasi qay darajadaligini bilish uchun quyidagilarga e’tibor beriladi.
1. Xayol jarayonining tezligi.
2. Obrazlarning o‘ziga xosligi, originalligi.
3. Fantaziya (tasavvur)ning boyligi.
4. Obrazlarning chuqur ishlanganligi.
5. Obrazlarning hissiy - ta’sirchanligi.
Yuqoridagi belgilarning hikoyada aks etganligiga qarab, har biri 0 balldan 2 ballgacha baholanad “Nutqiy fantaziya” metodikasi uchun bayonnoma
14 -jadval
№
|
Bola xayolining baholanayotgan belgilari
|
Ushbu belgilarning balldagi bahosi
|
|
|
0
|
1
|
2
|
1.
|
Xayol jarayonining tezligi
|
|
|
|
2.
|
Obrazning o‘ziga xosligi, originalligi
|
|
|
|
3.
|
Fantaziyaning boyligi
|
|
|
|
4.
|
Obrazlarning chuqur ishlanganligi
|
|
|
|
5.
|
Obrazlarning hissiy ta’sirchanligi
|
|
|
|
Bola hikoyani so‘zlab berayotganida, tadqiqotchi Yuqoridagi jadvalga, hikoyada mezondagi belgilarning namoyon bo‘lishiga qarab, mos ballar bilan belgilab boradi.
Rivojlanish darajasi haqida xulosalar.
10 - ball – juda Yuqori
8-9 ball – Yuqori
4-7 ball – o‘rtacha
2-3 – quyi
0-1 ball – juda past
Do'stlaringiz bilan baham: |