Ajiniyoz nomidagi nukus


Hikoyani qayta esga tushirish


Download 6.63 Mb.
bet17/61
Sana08.10.2023
Hajmi6.63 Mb.
#1695507
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   61
Bog'liq
Балалар психологиясы ОМК 3-Курс учун (2)

Hikoyani qayta esga tushirish

So‘z-mantiq xotira xususiyatlarini o‘rganish hikoyani qayta esga tushirish metodikasi yordamida amalga oshirilishi mumkin. Bunda faqatgina matnni tushunish va eslab qolish qobiliyatigina emas, balki og‘zaki va yozma nutq qobiliyatlari ham aniqlanadi. Tajriba o‘tkazish uchun turli murakkablikdagi hikoyalarni tayyorlab olish kerak. Ularni alohida qog‘ozlarga kompYuterda yozib olish mumkin. Kichik bolalar uchun hikoyalar qisqacha, mazmuni tushunarli bo‘lishi kerak. Bunday hikoyaga misol keltiramiz:


Qadim zamonda bolalar yashagan ekan. Ularga onasi yog‘och ot sovg‘a qiladi. Bolalar kuchuk va mushukni otga mindirib, sayr qildira boshlaydi. Yaxshi sayr qilib Yurganda, ot birdan Yurmay qolibdi. Bolalar qarasa, otning oyog‘i sinib qolgan ekan. Bolalar Anvar amakini chaqirishibdi va u otni tuzatib beribdi.
Har bir hikoyada sifatiy tahlildan boshqa, miqdoriy tahlil qilish imkonini beradigan ma'lum so‘z birliklari sonini ajratib olish kerak. Bunda hikoya boshqacha turga, ya'ni miqdoriy tahlil qilganda tadqiqotchi uchun kalitday holga keladi. Masalan:
Bir bola /bor edi/. Uning ismi /Abror edi/. Abror/ onasi bilan /ko‘chaga/ o‘ynashga chiqdi/. Abror /tez-tez chopib borayotib/, toshga /qoqilib tushdi/ va yiqildi/. Abrorning oyog‘i /lat edi/. Uning oyog‘i/ qattiq og‘ridi/. Onasi Abrorni /doktorga olib bordi. Doktor oyog‘ini/ boylab qo‘ydi/ va u og‘rimay qoldi/.
Kattaroq bola uchun murakkabroq hikoyalar tanlanishi mumkin. So‘z birikmalarining ma’lum miqdori ajratilgan bir necha hikoyalarni keltiramiz:
1. 136-o‘rta maktab/ o‘quvchisi/ o‘n ikki yoshli/ Sanjar/ yozgi ta’tilni/ buvisinikida/, qishloqda/ o‘tkazdi. Kechki payt/ o‘rmondan/, qaytayotib/, Sanjar temir yo‘lning/ tuzatilmaganligini/ payqab qoldi/. Sanjar bu haqda temiryo‘lchilarga xabar berdi/. Halokatning/ oldi olindi/. Hushyorlik/ ko‘rsatgan bola/ mukofot/ bilan taqdirlandi/.
2. Dushanba kuni kechqurun/ amerika passajir samolyoti/ «Boing»/ Kanada yaqinida/ boshqa samolyotga urildi/. 180 ta yo‘lovchining barchasi, jumladan, 18 nafar ayol/ va 9 nafar bola ham/ hech narsani ko‘rib bo‘lmaydigan/ qorong‘i/ qorongi bo‘lishiga qaramasdan/, bo‘ronli kunda/ qutqazildi. Hamma passajirlar/ «Rossiya» teploxodi bilan/ portga etkazildi.
Hikoyani qayta esga tushirish bo‘yicha tajribani turli tartibda o‘tkazish mumkin. Bog‘cha yoshidagi bolalarga hikoyani eksperimentator o‘qib beradi. Keyin iloji boricha matnga o‘xshash qilib, eshitilgan hikoyani esga tushirish so‘raladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari esa hikoyani mustaqil o‘qishlari eshitishlari mumkin.
Shuni esda tutish kerakki, hikoyani idrok qilish, uni o‘qib berish usuliga bog‘liq. Tadqiqotchi hikoyani o‘qib berishi sinaluvchiga hikoya mazmunini tushunishni osonlashtiradi, «eshitganini» idrok qilishi uchun ko‘proq kuch, diqqatning barqarorligi talab etiladi (S.Ya.Rubinshteyn, 1970). Sinaluvchi mustaqil o‘qiganida unda matnni bir necha marta qarab chiqish imkoniyati tug‘iladi, shu bilan bir vaqtda yomon o‘qilganda matnning mazmunini tushunishda qiyinchilik vujudga keladi. Hikoyani yozma ravishda esga tushirishda yanada ko‘proq qiyinchiliklar vujudga keladi. Shuning uchun ham ko‘pchilik sinaluvchilar hikoya qilib berishni afzal ko‘radilar.
Agar bola eshitgan hikoyasini aytib berishga qiynalsa, o‘rgatuvchi dars elementlarini qo‘llashi mumkin. (S.Ya.Rubinshteyn, 1962, 1970). Hikoya bir necha marta o‘qib beriladi va keyin sinaluvchi bilan birga o‘qilganini muhokama qilinadi.

Download 6.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling