Ajrat va hukmronlik qil paradigmasi dasturlashning mashhur algoritmlari asosini tashkil qiladi:
Ko’p qadamdan iborat “ajrat va hukmronlik qil” algoritmining ishlash printsipi
Cooley-Tukey algoritmi (Cooley-Tukey Algorithm)
Karatsuba algoritmi (Karatsuba algorithm)
Ikkilik qidirish (Binary Search)
Eng yaqin ikki nuqta (Closest two points)
Ajrat va hukmronlik qil paradigmasining afzalliklari:
qiyin masalalarni osonlik bilan yechishga imkon beradi;
bunday algoritmlarni parallel hisoblovchi sistemalarda hech qanday o’zgarishsiz ishlatish mumkin;
bu paradigmaga asoslangan algoritmlar oddiy yechimlardan ko’ra tezroq ishlaydi. Masalan: oddiy saralash bo’lgan Bubble Sortning tezligi O(n²) bo’lsa, MergeSortniki O(n*logn);
bunday algoritmlarni qo’llashda xotira keshidan unumli foydalanish mumkin. Chunki masalalar bo’linish jarayonida shunday kichik qismlarga ajraladiki, ularni keshni o’zida turib yechish mumkin bo’ladi;
haqiqiy sonlar uchun bunday algoritmlar aniqroq ishlaydi, chunki qism yechimlardagi haqiqiy sonlar ustidagi amallar aniqroq bajariladi (masalan, ko’paytirish algoritmlarida).
Ajrat va hukmronlik qil paradigmasi kamchiliklari:
bunday paradigma asosida ishlaydigan algoritmlar rekursiyadan foydalanadi va bu ularni ishlashini ma’lum miqdorga sekinlashtiradi. Buning ustiga kichik bir xato yechimni cheksiz takrorlanishga tushirib qo’yishi mumkin.
asosiy shartni tanlashda yo’l qo’yilgan xato barcha qism masalalarda xatolik va ortiqcha xotira ishlatilishiga olib keladi
Do'stlaringiz bilan baham: |