Ajratish,konsentrlash va ekstraksiya usuli


Ekstraksiya analiz usulining ishlatilishi va afzalliklari


Download 13.94 Kb.
bet3/3
Sana07.11.2023
Hajmi13.94 Kb.
#1754157
1   2   3
Bog'liq
AJRATISH.KONSENTRLASH.VA EKSTRAKSIYA 1.11

Ekstraksiya analiz usulining ishlatilishi va afzalliklari
Bu usul yordamida asosiy komponentlarni qo’shimchalardan tozalash va konsentrllash (boyitish) mumkin. Har bir modda yoki ionni Ekstraksiyalash uchun o’ziga hos ekstragentlar ishlatiladi. Masalan: Fe3+, Al3+, Mn2+ ionlari hloroformda 8-oksihinolin bilan pHl ning turli qiymatlarida Ekstraksiyalanadi. Fe+3(pH=2-10), Al3+(pH = 4,5-11), Mn2+(pH= 6,5-10). Amalda Fe3+(pH = 2,5-3), Al3+(pH = 5), Mn2+(pH = 10). Huddi shunday Ekstraksiya usulidan sanoat miqyosida keng foydalanib, o’simliklardan tabiy birikmalar, masalan, moy, efir moylari, oziq-ovqat bo’yoqlari, glyukozidlar, alkaloidlar, zamburug’lardan: antibiotiklar, turli dori – darmonlar va boshqalar ajratib olinadi.

Afzalliklari:
1) o’tkazish vaqtini qisqaligi;
2) cho’ktirish usuliga nisbatan ionlarni ajratish qulayligi;
3) analiz sezgirligini oshirish maqsaddida eritmaning boytilganligi;
4) kimyoviy hossalari bir-biriga yaqin bo’lgan (tarkibiy tuzilishi, qaynash harorati va boshqa) moddalarni ajratish;
5) moddalarni miqdorini aniqlashda spektral-Ekstraksiyalash, polyarografik-Ekstraksiyalash, fotometrik - Ekstraksiyalash usullaridan foydalanish mumkin.
Asosiy ekstragentlar
Ekstraksiyada ishlatiladigan asosiy ekstragentlar ikkiga bo’linadi:
Suvga nisbatan engil va suvga nisbatan og’ir:
1) suvga nisbatan engil ekstragentlarga benzol, toluol, spirtlar (butil, amil, izoamil), Efirlar (dietilefir, izopropilefir) va boshqalar misol bo’ladi;
2) suvga nisbatan og’ir ekstragentlarga hloroform, uglerod sulfid, tetrahlor metan va boshqalar misol bo’ladi.
Ekstragentlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
1) erituvchiga nisbatan zichligi kichik;
2) kimyoviy jihatdan inert;
3) kam uchuvchan;
4) portlamaydigan;
5) oksidlanmaydigan;
6) qayta ishlanadigan;
7) arzon.

E’tiboringiz uchun raxmat!!!!!
Download 13.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling