Aka-uka Grimmlar hayoti va ijodi. “Botir tikuvchi” ertagi


Download 1.45 Mb.
Sana19.02.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1215025
Bog'liq
5 SINF Aka uka Grimmlar hayoti va ijodi \'\'Botir tikuvchi\'\' ertagi

Mavzu: Aka-uka Grimmlar hayoti va ijodi.“Botir tikuvchi” ertagi


Yakob Grimm
Tug‘ilgan yili: 1785
Vafot etgan yili: 1863
Vilgelm Grimm
Tug‘ilgan yili: 1786
Vafot etgan yili: 1859
Adiblar haqida
Aka-uka (Yakob 1785–1863, Vilgelm 1786–1859) Grimmlar Magdeburg (Germaniya) universitetida o‘qib yurgan chog‘laridayoq o‘rta asr olmon tarixi va madaniyati, xalq og‘zaki ijodi hamda til va adabiyoti bilan jiddiy shug‘ullanganlar. O‘qish, o‘z ustlarida qattiq ishlash Grimmlar uchun baxt yo‘li bo‘ldi. Ular avval Gettingen, keyinchalik esa Berlin universitetining professorlari bo‘ldilar. Olmon xalq og‘zaki ijodining gullab-yashnashiga, olam kezishiga ulkan hissa qo‘shdilar.
Aka-uka Grimm ertaklarining qahramonlari
Grimmlar ertaklarining asosiy qahramonlari shoh va shahzodalar emas, balki kambag‘al, beva-bechoralarning o‘g‘il-qizlari, cho‘pon yoki askarlar bo‘ldi. Ular o‘zlarining ibratomuz ishlari bilan ertak tinglovchida chuqur taassurot qoldiradi.
1812-1822-yillarda
Grimmlar yozgan “Bolalar va oilaviy ertaklar” nomli uch jildlik kitob yuzaga keldi.
Ertaklari
“Zolushka”
“Qorqiz”
“Yosh pahlavon”
“Bremen musiqachilari”
“Botir tikuvchi”
“Botir tikuvchi” ertagi haqida
Bu ertakning bosh qahramoni Gans – kiyim tikuvchi hunarmand. Ko‘pchilik mashhur asarlarda bo‘lgani singari, bu ertak ham dastlab oddiy voqeadan boshlanadi. Murabbo surtilgan noniga “hujum qilgan pashshalarning birdaniga yettitasini yer tishlatgan” tikuvchi, bu ishini kamariga sirli ko‘rinishda yozib, sayohatga otlanadi.
Ertakdagi obrazlar
Tikuvchi Gans
Murabbo sotuvchi xola
Ulkan odamlar
Qirol
Qirol jangchilari
Qaroqchilar
Yakkashox
Ertakdan olinadigan xulosa
Agar inson bolasi to‘g‘riso‘z, halol, mard, topqir va tirishqoq bo‘lsa, unga hech qanday yovuz kuch bas kelolmaydi. Hayotini tinch va osuda, boshqalarga yaxshilik qilish bilan o‘tkazadi. Odam mehnatiga, mashaqqatlariga beriladigan eng katta, tuganmas mukofot, aslida, shular emasmi?

Foydalanilgan adabiyot:

Adаbiyot: Umumiy o‘rtа tа’lim mаktаblаrining 5-sinfi uchun dаrslik. I qism / S. Ahmеdоv, B. Qоsimоv, R. Qo‘chqоrоv, Sh. Rizаyеv. – Т.: «Shаrq», 2020.


Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling