Mavzu: Aka-uka Grimmlar hayoti va ijodi.“Botir tikuvchi” ertagi
Download 3.39 Kb.
|
Aka-uka Grimmlar hayoti va ijodi. “Botir tikuvchi” ertagi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyot
Aka-uka Grimmlar hayoti va ijodi. “Botir tikuvchi” ertagi Mavzu: Aka-uka Grimmlar hayoti va ijodi.“Botir tikuvchi” ertagiYakob Grimm Tug‘ilgan yili: 1785 Vafot etgan yili: 1863 Vilgelm Grimm Tug‘ilgan yili: 1786 Vafot etgan yili: 1859 Adiblar haqida Aka-uka (Yakob 1785–1863, Vilgelm 1786–1859) Grimmlar Magdeburg (Germaniya) universitetida o‘qib yurgan chog‘laridayoq o‘rta asr olmon tarixi va madaniyati, xalq og‘zaki ijodi hamda til va adabiyoti bilan jiddiy shug‘ullanganlar. O‘qish, o‘z ustlarida qattiq ishlash Grimmlar uchun baxt yo‘li bo‘ldi. Ular avval Gettingen, keyinchalik esa Berlin universitetining professorlari bo‘ldilar. Olmon xalq og‘zaki ijodining gullab-yashnashiga, olam kezishiga ulkan hissa qo‘shdilar. Aka-uka Grimm ertaklarining qahramonlari Grimmlar ertaklarining asosiy qahramonlari shoh va shahzodalar emas, balki kambag‘al, beva-bechoralarning o‘g‘il-qizlari, cho‘pon yoki askarlar bo‘ldi. Ular o‘zlarining ibratomuz ishlari bilan ertak tinglovchida chuqur taassurot qoldiradi. 1812-1822-yillarda Grimmlar yozgan “Bolalar va oilaviy ertaklar” nomli uch jildlik kitob yuzaga keldi. Ertaklari “Zolushka” “Qorqiz” “Yosh pahlavon” “Bremen musiqachilari” “Botir tikuvchi” “Botir tikuvchi” ertagi haqida Bu ertakning bosh qahramoni Gans – kiyim tikuvchi hunarmand. Ko‘pchilik mashhur asarlarda bo‘lgani singari, bu ertak ham dastlab oddiy voqeadan boshlanadi. Murabbo surtilgan noniga “hujum qilgan pashshalarning birdaniga yettitasini yer tishlatgan” tikuvchi, bu ishini kamariga sirli ko‘rinishda yozib, sayohatga otlanadi. Ertakdagi obrazlar Tikuvchi Gans Murabbo sotuvchi xola Ulkan odamlar Qirol Qirol jangchilari Qaroqchilar Yakkashox Ertakdan olinadigan xulosa Agar inson bolasi to‘g‘riso‘z, halol, mard, topqir va tirishqoq bo‘lsa, unga hech qanday yovuz kuch bas kelolmaydi. Hayotini tinch va osuda, boshqalarga yaxshilik qilish bilan o‘tkazadi. Odam mehnatiga, mashaqqatlariga beriladigan eng katta, tuganmas mukofot, aslida, shular emasmi? Foydalanilgan adabiyot:Adаbiyot: Umumiy o‘rtа tа’lim mаktаblаrining 5-sinfi uchun dаrslik. I qism / S. Ahmеdоv, B. Qоsimоv, R. Qo‘chqоrоv, Sh. Rizаyеv. – Т.: «Shаrq», 2020.http://fayllar.org Download 3.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling