Akademik intizom vazifalari
Tuproq qatlamining geografik bo’linishi
Download 112.64 Kb.
|
komila tarjima
2.2. Tuproq qatlamining geografik bo’linishi
Tuproq-geografik rayonlashtirish- struktura jihatidan bir xil tuproq qatlamli, tuproq hosil bo'lishdagi omillarning uyg'unlashuvi va qishloq xo'jalik sohasida foydalanish xususiyati bo'yicha hududlarni tuproq geografik rayonlarga ajratish. Uning asosi yer qatlami yuzasida tuproqlarning geografik tarqalishi tabiiy sharoitlari hisoblanadi. Uning maqsadi tuproqni qishloq xo’jalik sohasida foydalanish imkoniyati va aloqalarini aniqlashdir. Hozirgi vaqtda tuproq-geografik rayonlashtirishda taksonom birliklarning quyidagi sistemasi qabul qilingan: tuproq-bioiqlim mintaqasi, tuproq-bioiqli oblasti, Tekislik hududlari uchun tuproq zonasi, tuрroq provinsiyasi, tuproq okrugi tuproq rayoni Tog’ hudulari uchun To’g’ tuproq provinsiyasi (tuproq zonalarining vertical strukturasi) Vertikal tuproq zonasi Tog’ tuproq okrugi To’g tuproq rayoni Tuproq-bioiqlim mintaqasi taxminan termik mintaqalarga to'g'ri keladigan katta hududni o'z ichiga olib, tuproq paydo bo'lish jarayonlari уа o'simliklar rivojlanish termoenergetik rejimlarining o'xshashligi bilan xarakterlanadi. Bunday mintaqalar miqdori beshta: polyar, boreal, subboreal, subtropik, tropik. Ularni ajratib olish uchun asos bo’lib vegetatsiya davri uchun 10 C dan baland o’rtacha kunlik harorat qiymati xizmat qiladi. Tuproq-bioiqlimiy viloyat- tuproq zona va vertikal tuproq strukturasining umumiyligi, nam sharoitlarda, kontinentallik, tuproq hosil bo'lish, nurash va o'simlik dunyosining rivojlanishining o'xshashliklari mintaqah doirasida birlashishi. Visotskoy-Ivanova namlik koeffisienti bo'yicha viloyatlar farqalanadi. Ularning soni oltita: juda nam, o'rtacha nam, nam, o'rtacha quruq, quruq va juda quruq. Bu viloyatning tuproq qatlami poyasga nisbatan bir xil, lekin tarkibida intrazonallik xususiyati yaqqol ajralib turadi. Tuproq zonasi tekislik tuproq-geografik rayonlashtirishda asosiy birlik hisoblanadi. Tuproq zonasi muaууan tuproq tiplarini, bа'zan intrazonal tuproqlarni o'z ichiga oladigan tuproq-bioiqlim oblastlari maydonining bir qismidir. Tuproq quyi zonasi- tuproq zonasining bir qismi bo'lib, zonal tuproqlar orasida ma'lum tuproq podtiplari ifodalangan bo'ladi. Tuproq fatsiyasi - tuproqlari o'zining harorat rejimi уа mavsumi, namlanishi bilan farq qiladigan tuproq zonasining bir qismi hisoblanadi. Tuproqlarning fatsiyalar bo'yicha tarqalishi avtomorf tuproqlar zonasida yaxshi o'rganilgan. Tuproq provinsiyalari. Tekisliklardagi tuproq provinsiyalari deb mahalliy tuproq hosil bo'lish xususiyatlari bilan farqlanadigan tuproq zonasi yoki quyi zonasining bir qismiga aytiladi. Тuрroq okrugi - tuproq provinsiyasining bir qismi bo'lib, tuproq paydo bo'lishiga ta'sir etuvchi omillar: joyning relyefi, iqlimi, o'simliklar tarkibi, gidrogeologik singari sharoitlaming o'ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Тuрroq rауоni - tuproq okrugining bir qismi bo'lib, tuproq qatlamlarining bir xilligi bilan ajralib turadi, hamda tuproqning samarali unumdorligini oshirishga qaratilgan deyarli bir xildagi tadbirlarni olib borishini talab etadi. Tog'li o'lkalardagi yirik taksonomik birlik sifatida, tuproq provinsiyalari vertikal tuproq zonalarining yirik strukturasini o'z ichiga oladi. Tuproq qatlamining provinsial xususiyatlari dehqonchilikning mahalliy zonal sistemasini ishlab chiqishini talab etadi. 2.3. Belarussiya Respublikasi hududlarini tuproq-geografik rayonlashtirish Belarussiya Respublikasi hududlari boreal (o'rtacha sovuq) mintaqada joylashgan bo'lib, Markaziy tay-o'rmon viloyati tarkibi, janubiy tayga chimli-podzol tuproqlari podzonasi tarkibiga kiradi. Tabiiy-tarixiy rayonlashtirish sxemasiga ko'ra 1947-yilda I.S.Lupinovich, 1958 va 1962-yillarda N.N.Rozov, E.N.Ivanov tomonidan ikkita provinsiyaga ajratilgan. 1.kuchsiz gumus chimli-podzol tuproqlarining Boltiqbo'yi provinsiyasi. Oshmyan-Mogilev-Dubrovno shimoliy tizimida joylashgan bo'lib, respublika hududidining bir qismini egallaydi. 2. Chimli-podzol kuchsiz gumuski va pasttekislik botqoqlarining Beloruss provinsiyasi. Oshmyan-Mogilev-Dubrovno janubiy tizimining barcha hududlarini o'z ichiga oladj. Tuproqlar haqidagi yangi tafsilotlar asosiga ko'ra 1974-yildan boshlab,Belarrus hududi uchta tuproq provinsiyalariga ajratildi. Ular relyefi,harorat rejimi,tuproq qatlami xususiyatlari,eroziyaning yuzaga kelish darajadi, Qishloq xo'jaligining turli sohasi rivojlanishi uchun prespektiv imkoniyatlarini aniqlab beruvchi omillari bilan bir biridan farq qiladi. (N.I.Smeyan, I.N.Solovey) Shimoliy( Boltiqbo'yi), markaziy (Belarrus), janubiy(Polyak) Ularning har biri juda katta maydonni egalab,chegaralari kenglik yo'nalishi bo'yicha cho'zilgan. Shu bilan bir qatorda provinsiya tuproq-iqlim okrugi, agrotuproq rayonlari va quyi rayonlarga bo'linadi Bu hududlarni ularning aholi punktlarini ko'rsatgan holda geografik joylashuvi va shu hududda mavjud bo'lgan tuproqlardan kelib chiqib nomlangan Shimoliy ( Boltiqbo'yi) provinsiyasi umumiy maydonning 29,7%ni egallaydi. Iqlimi nisbatan sovuq ( o'rtacha yillik harorat 4,5-5,0°C), yog'ingarchilik 550 dan 700mm gacha, vegetatsion davrning davomiyligi 170-140 kun. Tuproq qatlamida chimli-podzol botqoqlashgan tuproqlar bilan almashuvchi chimli-podzol tuproqlardan iborat. Shimoliy provinsiya ikkita okrug va 8 ta agrotuproq rayonlariga bo'linadi. Markaziy (Belorus) provinsiyasi umumiy maydonning 42,7%ni egallaydi. Iqlim ko'rsatkichlari xilma xil: o'rtacha yillik harorat g'arbda 7,3 dan sharqda 5,0°C gacha o'zgaradi, vegetatsion davrning davomiyligi 200dan 192 kungacha, yog'ingarchilik miqdori o'rtacha 550-600 mm ni tashkil etadi. Tuproq qatlami tuproq hosil qiluvchi jinslarning xususiyatlari va tuproq hosil qiluvchi jarayonlarning yuzaga kelishi bo'yicha murakkab va xilma xil. U yetarlicha nam va botqoqlashish belgilariga ega chimli va chimli-podzol tuproqlari, shuningdek, torfli- botqoq tuproqlariga ega. Provinsiya 7 ta agrotuproq rayonlarini o'z ichiga olgan uchta tuproq okrugiga bo'linadiJanubiy ( Polyak) provinsiyasi respublikaning 27,6% maydonini egallaydi. Uning relyefi tekis tizimli, bir biriga o'tuvchi va daryo terrasalari ko'llariga singib ketuvchi tekisliklardan iborat. Iqlimi nisbatan iliq,vegetatsion davri 195-210 kun davom etadi, yog'ingarchilik miqdori 500-550mm, o'rtacha yillik harorat 7,0-8,2°C. Tuproq qatlami tuproq hosil qiluvchi jinslarning rang barangligi va namlik darajasining o'zgaruvchanligi sababli murakkab. Bu yerda podzol, chimli-podzol va avtomorf va gidromorf tipga mansub chimli tuproqlar, shuningdek, torfli va allyuvial tuproqlar mavjud. Provinsiya 2 ta okruga va 5 ta agrotuproq rayonlarini o'z ichiga oladi. 2.4 Tuproq qatlamining strukturasi Tuproq qatlamining gorizontal va vertikal zonalligi yetarlicha nam bo'lmagan hududlarda namlik darajasi va butun quruqlikdagi termik sharoitlarning o'zgarishini aks ettiradiTuproq fatsionallik va provinsiyallik birinchi navbatda, tuproq zonalari doirasida iqlimning kontinental o'zgarishi hamda relyefning mahalliy xususiyatlari va tuproq hosil qiluvchi jinslarning o'zgarishlariga asoslangan. Zonallik analogik topografik qonuniga (S.A.Zaxarova) bo'ysunadi. Unga ko'ra relyefning yuqori elementlaridagi barcha tuproq zonalarida genetik mustaqil tuproqlar (avtomorf), botiqlarda- genetik bo'ysunuvchi (gidromorf va yarim gidromorf), relyef yonbag'ir elementlarida- relyefning pastlashgan qismiga yaqinlashgan sari harakatchan moddalarning akkumulyatsiyasi kuchayuvchi o'tuvchi tuproqlar mavjud. Tuproq qatlamining rang barangligini o'rganish barchaga umumiy xarakterga ega ekanligini isbotladiUnda turli shakllarning namoyon bo'lishi va ular o'rtasidagi aloqa yuzaga kelishi tufayli " tuproq qatlami strukturasi" g'oyasi kelib chiqdi.(V.M.Frinland,1965) Download 112.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling