Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchi yoshlarining jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari


Oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil


Download 43.53 Kb.
bet5/6
Sana15.03.2023
Hajmi43.53 Kb.
#1270743
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchi yoshlarining jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari.

3.4.Oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil.
3.4.1.Umumiy va kasb-hunarga ixtisoslashtirilgan jismoniy tarbiya va sport tadbirlarining mohiyati.
Yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashning asosiy yo‘llari va bosqich manbalari Oliy tizim tarkibidagi o‘quv maskanlari hisoblanadi.
Respublika mustaqilligigacha bo‘lgan davrda 50 ga yaqin Oliy o‘quv yurtlari mavjud bo‘lgan.
Istiqbolning 20 yili ichida ularning soni 70 ga yaqin hisoblanadi.
E’tiborli tomoni shundaki Oliy ta’lim vazirligi tasaruffidagi 10 ta universitet va xalq ta’limi vazirligidagi 5 ta davlat pedagogika institutlarida jismoniy tarbiya fakultetlari hamda O‘zDJTI (madaniyat va sport ishlari vazirligi) mavjud bo‘lib, ular Oliy ma’lumotli mutaxassis kadrlar tayyorlashda fidokorona mehnat qilmoqda.
Mazkur Oliy ta’lim muassasalarining Davlat o‘quv rejalarida sportning eng asosiy va jismoniy barkamollikni tarbiyalash usullari bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan sport fanlari o‘qitiladi.
Istiqlolning sharofati tufayli milliy kurash, milliy harakatli o‘yinlar bo‘yicha maxsus kafedralar tashkil etilib, ularning mazmunlari va shakllari davr talablari asosida qo‘llanilib, kadrlar tayyorlashning yangi marralari sari intilmoqda.
Diqqatga sozovor tomoni shundaki,deyarlik barcha sport turlari bo‘yicha mahalliy millat xotin qizlaridan mutaxassis kadrlar tayyorlash yo‘li ancha kengaytirilib, yaxshi samarakarga erishilmoqda.
Respublika oliy ta’lim muassasalarida 100 ga yaqin ixtisosli kasb-hunarga qaratilgan sohalar bo‘yicha ta’lim-tarbiya berilmoqda. Ular orasida barcha sohalardagi talabalarning jismoniy tayyorgarligini tarbiyalash va ularning barkamolligini oshirish uchun jismoniy tarbiya darslari ham asosiy o‘rinda turadi.
O‘quv va ommaviy sport tadbirlarini maxsus davlat dasturi asosida amalga oshirishda jismoniy tarbiya kafedralari asosan I-II bosqichlarda haftasiga 4 soat belgilanib, sportning gimnastika, yengil atletika, kurash, futbol, sport o‘yinlari va boshqa turlarini o‘z ichiga oladi.
Deyarlik barcha Oliy ta’lim muassalaridagi jismoniy tarbiya kafedralari eng tajribali mutaxassislarm olimlar va istedotli yosh kadrlar bilan ta’minlangan. Jismoniy tarbiya darslari, sport turlari bo‘yicha lektsiyalar va sport musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etish uchun shart-sharoitlar yaratilgan.
Istiqlol yillari davrida Toshkent, Samarqand, Buxoro, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Qarshi, Jizzax, Urganch, Nukus, Navoiy, Termiz shaharlarida yangidan sport majmualari (kompleks) barpo etilib, ulardan oliy o‘quv muassalari maqsadli foydalanmoqda.
E’tirof etish lozimki, kadrlar tayyorlash davlat milliy dasturi talablarini amalga oshirishda barcha Oliy ta’lim muassasalari (OTM) davr talablari asosida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Talabalarning o‘quv va ommaviy sport musobaqalarini uyushgan hamda maqsadli olib borishda Respublika “Talaba” sport uyushmasining o‘rni g‘oyat katta ekanligini takidlash zarur.
Quyidagi jadvallarda (8,9,10) talabalarning sport bilan shug‘ullanishi, ularni tashkil etuvchi o‘qituvchi-murabbiylar va xizmatdagi sport inshoatlari haqidagi ma’lumotlar e’tiborga loyiqdir.


O‘zbekiston Rspublikasi oliy va o‘rta maxusu ta’lim vazirligiga qarashli oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya yo‘nalishi bo‘yicha mavjud sport to‘garaklari va ishtirokchi talabalar haqida 2008 yildagi

Download 43.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling