Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchi yoshlarining jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari
“Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari bo‘yicha faoliyatlar
Download 43.53 Kb.
|
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchi yoshlarining jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sinov turlari O‘lchov birligi O‘g‘il bolalar
3.3.3.“Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari bo‘yicha faoliyatlar.
“Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlarining ijtimoiy-tarbiyaviy xususiyatlari haqida so‘z borsa, uning barkamol avlodni tarbiyalaydigan o‘rni va mohiyati ancha ustuvordir. Buning boisi shundaki, akademik litseylar, o‘rta maxsus va kasb-hunar o‘quv muassasalarining o‘quvchi-talaba yoshlari barkamollikni egallash, kasb-hunarli bo‘lish hamda mehnat va mudofaa ishlariga qodir, layoqatli kishilar darajasiga yetish arafasida turadi. Shu sababdan mazkur o‘quvchi-talaba yoshlar uchun maxsus testlarda ularning yoshi, jinsi va jismoniy tayyorgarlilariga qarab tegishli sinov mashqlari turlari va me’yoriy talablar ishlab chiqilgan (Jadval №7). Sinov va me’yoriy turlari (17 yosh) 7-jadval
Jadvalda ko‘rsatilgan mashq turlari va me’yoriy sinov talablari jismoniy barkamollikni tarbiyalash va kasb-hunarga yo‘naltirilgan amaliy faoliyatlarni shakllantirishda xizmat qila oladi. Ammo 100 m.ga yugurish, qo‘llarda turnikda tortilish, kross va suvda suzishda me’yoriy talablar hayotiy (real) emas, chunki, sport turlari bilan shug‘ullanmaydigan, ya’ni faqat darslar bilan chegaralangan o‘quvchi-talaba yoshlarning jismoniy tayyorgarliklari yetarli darajada emas, ular har bir guruhdagi o‘quvchilarning 65-75% ni tashkil etadi. Sport sektsiyalarida doimiy ravishda shug‘ullanish, mustaqil ravishda tegishli mashq-o‘yinlarni muntazam bajarishni qanchalik da’vat qilishmasin, yoshlar ushbu sabablar (jismoniy ojizlik, xohishning yo‘qligi, ehtiyoj sezilmasligi va h.k.) bilan ularga amal qilishmaydi. Shunga asosan mazkur sinov me’yorlarini sportchilar ustida emas, oddiy o‘quvchi yoshlar ustida sinov-tajribalar o‘tkazish yo‘li bilan qayta ishlab chiqarishga to‘g‘ri keladi. Kuzatishlar va rasmiy savol-javoblarning natijalariga ko‘ra aytish mumkinki, ko‘pchilik o‘quv muassasalarida maxsus testlarga tayyorgarlik tadbirlari talab darajasida emas. Ayniqsa sayr-sayohatlar deyarlik tashkil etilmaydi. Nazarimizda tayyorgarlik mashg‘ulotlari va yakuniy musobaqalarni nazorat qilish, tekshirish uchun maxsus komissiyalar tuzishga to‘g‘ri keladi. Dam olish kuni yoki ta’til paytlarida ( yo‘l davomida 2-3marta) piyoda yurish sayohatlarini (kungi yurish 8-10km) maxsus yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish lozim. Buning uchun jismoniy tarbiya o‘qituvchilari o‘z sharoitlariga qarab, diqqatga sozovor manzillarga borish yo‘llarini ishlab chiqish, o‘quvchi-talabalarning yuklash usullarini avvaldan ishlab chiqishlari maqsadga muvofiqdir. O‘quvchi-talaba yoshlarning maxsus testlar sinov turlari va me’yorlarni bajarishga qiziqtirishga nizomdagi talablarga (guvohnoma va nishon bilan taqdirlash) to‘la rioya qilish lozim. Pnevmatik miltiqdan o‘q otish yoki milliy o‘yin sifatida kamondan (oy) nayza otish, otni choptirish (qishloq yoshlari uchun) kabi turlarni maxsus testlar tarkibiga kiritish zaruriyati bor. Chunki, barkamol avlod turli ijtimoiy mehnat va mudofaa ishlariga tayyorlanishni o‘rganishlari zarur. Download 43.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling