Akademik litsey va kasb hunar kollejlarida jismoniy tarbiya


Kasbiy jismoniy tayyorgarlik


Download 97.16 Kb.
bet3/4
Sana22.10.2023
Hajmi97.16 Kb.
#1715395
1   2   3   4
Bog'liq
AKADEMIK LITSEY VA KASB HUNAR KOLLEJLARIDA JISMONIY TARBIYA

Kasbiy jismoniy tayyorgarlikning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

  1. O’quvchilammg hunarga taalluqli va zaruriy jismoniy sifatlarini takomillashtirish va rivojlantirish.

  2. Aniq hunarga taalluqli va organizmga kerakli ruhiy-fiziologik faoliyatlami o’zlashtirish.

  3. Mehnat sharoitida gipodinamiya, majburiy ish vaziyati, harakatning yuqori va past shiddati, toliqish kabi noxush ta'sirlaming oldini olish.

Har bir kasb uchun zarur bo’lgan jismoniy sifatlar va harakat malakalari tanlangan mutaxassislikka o’rgatish jarayonida va mehnat jarayonining o’zida orttiriladi hamda takomillashib boradi. Agar kasbiy ta'lim jarayonini maxsus jismoniy mashg’ulotga qo’shib olib borilsa, ish operatsiyalarini o’rganib olish ancha tezroq bo’ladi. Ko’pincha jismoniy fazilatlaraing yetarli darajada taraqqiy etmagani kasbiy mahoratga erishish yo’lida yagona to’siq bo’ladi. Ko’p hollarda jismoniy mashg’ulot qilmagan kishini mutlaqo ishga qo’yib bo’lmaydi (reaktiv aviatsiya uchuvchilari, kosmonavtlar). Maxsus mashqlaming qo’llanishi professional ta'lim saviyasini yaxshilaydi va ayni vaqtda anchagina iqtisodiy foyda keltiradi, chunki bunda o’quv vaqti qisqaradi va kadrlar tayyorlashga sarflanadigan mablag’lar kamayadi.
Jismoniy mashqlar insonlarni bevosita kasbiy mehnatga va mudofa faoliyatiga tayyorlash bilan bog’liq bo’lgan ko’pgina masalalarni hal etishga yordam beradi. Xuddi shuning uchun ham sport yangi va murakkab kasblarni egallayotgan barcha kishilaming eng yaqin yordamchisi bo’lib qolmoqda. Tegishli jismoniy mashqlar, shuningdek, tashqi muhitning ko’pgina turdagi mehnat faoliyatida bo’ladigan salbiy ta'siriga (badanning qizib ketishi, sovib ketishi, atmosfera bosimining pastligi va boshqalarga) organizmning chidamliligini ham oshiradi.
Kasbiy tayyorgarlik qanchalik katta ahamiyatga ega bo’lmasin, u hech qachon insonni jismoniy tarbiyalashning mustahkam asosi bo’lgan umumiy jismoniy tarbiya оmini bosa olmaydi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik kasbiy jismoniy tayyorgarlik uchun ham asos bo’lib xizmat qiladi.
Jismoniy tarbiyaning ixtisoslashtirilgan jarayonlari turlaridan biri kasbiy jismoniy tayyorgarlik bo’lib, shaxsning jismoniy hamda ruhiy fazilatlarini rivojlantirishga, shuningdek, harakat, mahorat va malakalarini kasbiy faoliyatning aniq xususiyatlariga moslab shakllantirishga qaratilgandir.
Нагbir kasb bo’yicha jismoniy tayyorgarlik turining vazifasi va mazmuni aniq kasb faoliyatining o’ziga xos xususiyatlaridan, shuningdek, faoliyat qanday sharoitda o’tayotganidan kelib chiqadi.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida sport bilan muntazam shug’ullanuvchi o’quvchilar faqat dastur materiallari bilan chegaralanadigan o’quvchilar oldida jismoniy sifatlar rivojlanishida talaygina ustunlikka egadirlar.

t.r

Testlar

O’g’illar

qizlar







hisob

Nishon

hisob

nishon

1.

100 m masofaga yugurish (sek)

13,5

13,2

16,0

15,5

2.

Kross 1000 m (daqiqa)

-

-

4.40.0

4.20.0

3.

Kross 2000 m (daqiqa)

13.40.0

13.0.0

-

-

4.

Yugurib kelib uzunlikka sakrash (sm)

4.20

4.50

3.40

3.50

5.

Yu guri b kelib balandlikka sakrash
(sm)

130

135

115

120

6.

Granata uloqtirish 500 gr (m)

-

-

20

24




Granata uloqtirish 700 gr (m)

34

38

-

-

7.

Turnikda tortilish (marta)

12

15

-

-




Chalqancha yotgan ho Ida, qo’llar bosh orqasida, gavdani ko’tarib-tushirish, (marta)







20

25

8.

Kross (vaqtsiz)

5 km




3 km




9.

50 m ga suzish (sek)

50,0

45,0

65,0

60,0

10

Sayohatga chiqish 20-25 km

Mo’ljalga olish malakalari

11

Ixtisoslikdagi amaliy me'yorlar

Jismoniy tarbiya o’qituvchilari ishlab chiqadi

  • Shuning uchun o’quvchilar oldiga o’quv me'yorlari hamda “Alpomish va Barchinoy” maxsus test me'yorini topshirishda jismoniy sifatlami muayyan darajada rivojlantirish uchun aniq vazifalar qo’yiladi: sport ixtisosligi talablari bilan bog’langan sifatlar o’sishini ta'minlash;.

  • litsey va kollej o’quvchilarining jismoniy sifatlarini tarbiyalash bo’yicha vazifalarni tabaqalashtirish professional faoliyat talablari bo’yicha yo’naltirilgan bo’lishi kerak.

"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da ta’lim va tarbiyaning uzviy bog’liqligi hamda iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta’limning eng yuqori darajasi, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirishning asosiy printsiplari sifatida alohida ko’rsatib o’tilgan. Shuning uchun ham, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 18 martdagi 07/02-1-6-sonli topshirig’i asosida Toshkent axborot texnologiyalari universitetida "Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo’limi” tashkil etildi.
Bu tizimdan ko’zlangan asosiy maqsad – avvalo, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini takomillashtirish, uzluksiz ta’limning o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim hamda kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimi amalda faoliyat ko’rsatadi. ta’lim-tarbiya, o’quv-uslubiy jarayonlari adabiyotlar axborot ta’minoti sifatini oshirish hamda pedagog kadrlar bilan ta’minlanishi va ularning kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan. Bunda universitet o’z oldiga o’quv fanlarini mutaxasisligi va malakasiga xos o’qituvchilar bilan ta’minlash, o’quv adabiyotlari hamda kafedralarning o’quv uslubiy ishlanmalaridan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limida foydalanish uchun imkoniyatlarni yaratish, hamkorlikda o’quv adabiyoti, uslubiy qo’llanmalar, pedagogik texnologiyalar yaratish hamda o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga oliy ta’lim muassasalar professor-o’qituvchilarining salohiyatini jalb etish kabi vazifalarni belgilagan.

Download 97.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling