21 asr ko’nikma va malakalari. Ular nimani taqozo etadi? Ko’nikma, kompetensiyalarga berilgan izohlarni tahlil qiling. O’quvchilar uchun topshiriq va savollar tuzing


Download 99.95 Kb.
Sana10.11.2020
Hajmi99.95 Kb.
#142962
Bog'liq
топшириқ


21 asr ko’nikma va malakalari. Ular nimani taqozo etadi?

Ko’nikma, kompetensiyalarga berilgan izohlarni tahlil qiling. O’quvchilar uchun topshiriq va savollar tuzing

Ta’lim olish va innovasiyalarni qo’llash uchun kerak bo’ladigan 21 asr ko’nikma va malakalari quyidagilarni o’z ichiga qamrab oladi:



Ijodiy yondashuv va novatorlik

  • Ish jarayonida originallik hamda yaratuvchanlikni namoyon etish;

  • Yangi g’oyalarni rivojlantirish, qo’llash va ularni boshqalarga yetkazish, tarqatish;

  • Yangi va istiqbolli dasturlarga tayyorlik va ochiqlik;

  • Innovasiyalar amalga oshirilayotgan sohadagi ahamiyatli ijodiy g’oyalarni joriy etish;

Tanqidiy fikrlash hamda muammolarni hal qila olish qobiliyati

  • Sog’lom fikrni hurmat qilgan holda qo’llash;

  • Murakkab vaziyatlarda qaror qabul qila olish;

  • Tizimlardagi o’zaro aloqadorlikni anglash;

  • Eng ma’qul yechimlarga olib keladigan hamda turli qarashlarni aniqlashtiradigan ahamiyatli savollarni qo’ya olish;

  • Masalalarin yechish va savollarga javob olish uchun zarur axborotlarni strukturalash, tahlil qilish va umumlashtirish

Kommunikabellik(chiqishuvchanlik) va hamkorlik

  • fikr va g’oyalarning yozma va og’zaki tarzdagi aniq va samarali ifodasi;

  • Turli guruhlar bilan samarali ishlash qobiliyatini namoyon etish;

  • Umumiy maqsadlarga rishish yo’lidagi egiluvchanlik va mursasozlik;

Ommaviy axborot va texnologiyalarga tegishli ko’nikmalar

  • Informasion savodxonlik;

  • Rasional va samarali axborot olish, ularni tanqidiy va kompetentli baholay olish, qo’yilgan savollar uchun axborotlarni aniq hamda ijodiy qo’llash;

  • Axborotlarni topish hamda ularni qo’llashda axloqiy va huquqiy me’yorlarning asosiy tushunchalariga egalik;



Media savodxonlik

  • Qanday va qaysi maqsadlar uchun OAV xabarlar ishlab chiqilishini va bunda qanday asbob-vositalar, o’ziga xosliklar va kelishuvlar qo’llanilishini tushunish

  • Turli kishilar qanday qilib aynan bitta OAV xabarlardan turli fikrlarni chiqara olishini, qanday qilib ularda turli qadriyatlar va qarashlar aks etishi, xabarlar qay tarzda qarashlar va harakatlarga ta’sir ilishi

AKT savodxonlik

  • Bilimlar iqtisodiyoti sharoitida ishlash uchun axborotlarni boshqarish, umumlashtirish, baholash va yaratishda raqamli texnologiya, kommunikasiya vositalarini qo’llash;

  • Tadqiqot qilish, baholash va axborotni yetkazish, tarqatish uchun AKT vositalarini qo’llash hamda axborot olish va qo’llashda axloqiy va huquqiy me’yorlarning asoosiy tushunchalariga egalik;

Hayotda hamda ish faoliyatida kerak bo’ladigan kompetenssiyalar

Egiluvchanlik va moslashuvchanlik qobiliyati

  • Turli rollar hamda mas’ulliklarga moslashuvchanlik;

  • Mavhumlik hamda o’zgaruvchanlik muhitida samarali faoliyat;

Tashabbuskorlik va mustaqillik

  • Ta’lim olish jarayonidagi shaxsiy anglanma va ehtiyojlarni nazorat qilish;

  • Shaxsiy bilimni kengaytirish va tajriba oshirish uchun asosiy ko’nikmalar, o’quv dasturlar doirasidan chiqish xohishi;

  • Ko’nikmalarning mahorat darajasi, takomili yo’lida tashabbuskorlikni namoyon etish;

  • Muammolarni mustaqil aniqlash;

  • Vaqtdan samarali foydalanish va o’z ish yuklamasini boshqarish;

  • Butun umri davomida ta’lim olishga tayyorlikni namoyish etish;


Ijtimoiy va umummadaniy kompetensiyalar

  • Atrofdagilar bilan samarali hamkorlik;

  • Jamoaning umumiy aqliy qobiliyatlarini zarur hollarda qo’llash;

  • Innovasiyalar yuksalishi va ish sifatini oshirish uchun turli madaniy o’ziga xosliklar va istiqbol dasturlarni umumlashtirish

Mahsuldorlik va jalb qilinganlik

  • Ishni sifatli va o’z vaqtida bajarish uchun yuqori darajadagi standart va maqsadga erishishni yo’lga qo’yish;

  • Ish jarayonida tirishqoqlik va ijobiy axloqiy sifatlarni(masalan, punktuallik, puxtalik va ishonchlilik) namoyish eish;

Peshqadamlik va mas’uliyatlilik

  • Maqsadga erishishda kishilarga ta’sir etish va ularni ruhlantirish uchun muammolarni yechishda shaxslararo munosabatlar kompetensiyasini qo’llash;

  • Umumiy maqsadga erishishda boshqa kishilarning kuchli tomonlaridan foydalanish;

  • To’g’rilik va axloqiy jihatlarni namoyish etish;

  • O’z harakat-amallari davomida ko’pchilikning qiziqishlarini hurmat qilish

Download 99.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling