Akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umum-ta’lim maktablari o‘quvchilarining umumta’lim fanlari bo‘yicha respublika olimpiadalarini o‘tkazish va xalqaro fan olimpiadalari ishtirokchilarini tanlash to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash


Download 28.51 Kb.
bet1/7
Sana04.01.2023
Hajmi28.51 Kb.
#1077128
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
qaror



[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.71.00 O‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi (litseylar, kolledjlar);
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.98.00 Olimpiada. Tanlovlar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]
Ofitsialniy istochnik v PDF-fayle
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Va O‘rta Maxsus Ta’lim Vazirligining O‘rta Maxsus, Kasb-Hunar Ta’limi Markazi
O‘zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Huzuridagi Davlat Test Markazining
Qarori
AKADEMIK LITSEYLAR, KASB-HUNAR KOLLEJLARI VA UMUM-TA’LIM MAKTABLARI O‘QUVChILARINING UMUMTA’LIM FANLARI BO‘YIChA RESPUBLIKA OLIMPIADALARINI O‘TKAZISh VA XALQARO FAN OLIMPIADALARI IShTIROKChILARINI TANLASh TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 2-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1962]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 13-oktabrdagi 32-2021-sonli, Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 12-oktabrdagi 21-mh-sonli va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2021-yil 10-oktabrdagi 562-sonli ““Akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari o‘quvchilarining umumta’lim fanlari bo‘yicha respublika olimpiadalarini o‘tkazish va xalqaro fan olimpiadalari ishtirokchilarini tanlash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1962-1, 16.10.2021-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi 226-sonli qaroriga muvofiq Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi qaror qiladi:
1. “Akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari o‘quvchilarining umumta’lim fanlari bo‘yicha Respublika olimpiadalarini o‘tkazish va xalqaro fan olimpiadalari ishtirokchilarini tanlash to‘g‘risidagi nizom” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kundan keyin kuchga kiradi.

Download 28.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling