Akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umum-ta’lim maktablari o‘quvchilarining umumta’lim fanlari bo‘yicha respublika olimpiadalarini o‘tkazish va xalqaro fan olimpiadalari ishtirokchilarini tanlash to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash


O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi direktori Z. SATTOROV


Download 28.51 Kb.
bet2/7
Sana04.01.2023
Hajmi28.51 Kb.
#1077128
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
qaror

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi direktori Z. SATTOROV
Toshkent sh.,
2009-yil 1-may,
18 Q/Q-son
Xalq ta’limi vaziri G‘. ShOUMAROV
Toshkent sh.,
2009-yil 1-may,
20-son
Davlat test markazi direktori B. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2009-yil 1-may,
13/QQ-son
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2009-yil 1-maydagi 18 Q/Q, 20, 13/QQ-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari o‘quvchilarining umumta’lim fanlari bo‘yicha Respublika olimpiadalarini o‘tkazish va xalqaro fan olimpiadalari ishtirokchilarini tanlash to‘g‘risida
NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi 226-sonli qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 42-son, 422-modda) muvofiq akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari o‘quvchilarining umumta’lim fanlari bo‘yicha olimpiadalarni tashkil etish va o‘tkazish hamda xalqaro fan olimpiadalari ishtirokchilarini tanlash tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Quyidagilar o‘quvchi yoshlar o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazishning asosiy maqsad va vazifalari hisoblanadi:
a) o‘quvchi yoshlarning iste’dodi va ijodiy qobiliyatini namoyon qilish;
b) o‘quvchilarda o‘zlari tanlagan fanlar va ixtisosliklarni chuqur o‘rganishga qiziqishlarini oshirish;
v) o‘quvchilarning kelajakdagi kasblarni to‘g‘ri tanlashiga ko‘maklashish.
2. Fan olimpiadalarining vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
a) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari hamda ushbu Nizom talablari asosida ta’lim muassasalaridagi o‘quv-tarbiya jarayonining zamonaviy talablar darajasida bo‘lishini ta’minlash, fan o‘qituvchilarining pedagogik mahoratini oshirish, qobiliyatli va iste’dodli o‘quvchilarni aniqlash hamda tarbiyalashga qaratilgan ijodiy izlanishlari va mehnatini ro‘yobga chiqarish;
b) qobiliyatli o‘quvchilarni aniqlash, rag‘batlantirish va kamolotga yetkazish jarayonida ta’lim muassasasi, ota-onalar va jamoatchilikning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish;
v) fan olimpiadalarining g‘oliblari orasidan xalqaro fan olimpiadalarida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qiladigan o‘quvchilarni aniqlash.

Download 28.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling