Osmon koordinatalari.
Geografik koordinatalr. Ekvatorial koordinatalar sistemasi: yoritgichlarning
to‘g‘ri chqishi, og‘ishi va soat burchagi.
Yulduzlarning xaritalari. Yoritgichlarning surilma xaritasi bilan ishlash.
Yulduzlarning ko‘rinma yulduz kattaliklari.
Yulduzlarning osmondagi o‘rnini xaritalarda tasvirlash. Yoritgichlarning
ko‘rinma yulduz kattaliklarini Pogson formulasi yordamida aniqlash.
Olam Qutbining balandligi va joyining geografik kenglamasi orasidagi
bog‘lanish.
Olam qutbining gorizontdan balandligi aniqlash va uning geografik joyining
kenglamasiga tengligini isbotlash. Turli geografik kenglamalarda osmon
sferasining sutkalik ko‘rinma aylanishlari. Yoritgichlarning kulminatsiyalari va
kulminatsiya balandliklari. Astronomik kuzatishlar asosida joining geografik
kenglamasini taxminiy aniqlash.
Kuzatuvchi Yer ekvatori, qutblari va o‘rta kengliklarda bo‘lganda osmon
sferasining sutkalik ko‘rinma aylanishi. Yoritgichlarning botmaslik va chqmaslik
shartlari. Yoritgichlarning yuqori va quyi kulminatsiyalari. Joyning geografik
kenglamasini kuzatishlardan aniqlashning ikki usuli: qutb yulduzining gorizontdan
balndligini o‘lchash; Quyoshning tush paytidagi balandligi va og‘ishi orqali
topish.
Do'stlaringiz bilan baham: |