Akademik yozuv fani. 3-joriy nazorat
Download 418.71 Kb. Pdf ko'rish
|
ohOdJcEWx9BeC5gpH4e1rvptuawY-doF
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gazeta va jurnallar
- Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlar
- 2. a) Referat
- Fan o’qituvchisi: Mukammal Qosimova. Talaba: Soataliyev Ruslan
Akademik yozuv fani. 3-joriy nazorat. 1. Ommaviy axborot vositalari turlarini sanang va oʻziga xos xususiyatlari yozing. a) Televideniye: Televideniyeda axborot boshqa ommaviy axborot vositalariga nisbatan tez tarqaladi va ongiga ham tez kirib boradi sababi televizorda inson axborotni ovoz orqali qabul qiladi va koʻradi oddiy ovoz bilan videorolik shaklidagi axborotni farqi juda katta farqi bor. Shu sababli televideniye sohasi boshqa ommaviy axborot vositalariga nisbatan koʻproq tomoshabin topgan b) Radio: Radio ham ommaviy axborot vositalarining bir turi unda habarlar juda tez tarqaladi sababi televideniyeda habar tayyorlash uchun biroz vaqt kerak boʻladi lekin radioda toʻgʻridan toʻgʻri uzatilaveradi chunki habarni topish va u haqda videorolik tayyoralsh uchun televideniyega biroz vaqt kerak boʻladi. Radioning ham yahshi tomonlaridan biri shu va radioning oziga yetarli kuzatuvchilari mavjud. c) Gazeta va jurnallar: Gazeta va jurnallarning oʻziga xos xususiyatlari shundaki unda axborot toliqligicha (agar u juda koʻp boʻlsa) yetkaziladi negaki televideniye va radioda vaqt chegaralangan agar bir axborot yoki habarni tóliqligicha ketkazish uchun juda koʻp vaqt talab qilinadi va albatta tomoshabinni ham zeriktirib qo‘yishi mumkin shuning uchun televideniye va radio axborotni qisqargan versiyasini tomoshabinga taqdim etadi gazeta va jurnallar esa ana osha axborotni tóliqligicha (miridan sirigacha) yetkazib beradi. Shuning uchun ham uning ham oʻziga xos ixlosmandlari mavjuddir. d) Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlar: Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlar shu hammasida( radio, televideniye, gazeta va jurnallar) bor xususiyatlarni oʻzida jam qilgan. Unda habar tez tarqaldi va albatta videorolik yoki rasmlari boʻladi yani axborot koʻrasiz va eng muhimi bu habar toliq versiyada taqdim etiladi. Bu albatta umumiy holatdan kelib chiqarilgan hulosa. 2. a) Referat. Referat (lot. Refero — axborot beryapman) — biror ilmiy asar, maqola, oʻqilgan kitob va sh.k. mazmunining qisqacha yozma yoki ogʻzaki bayoni; oʻrganilgan ilmiy masalaning natijasi haqida axborot; tegishli adabiyot va boshqa manbalarning qisqartirilgan sharxli tahlilini oʻz ichiga olgan maʼlum mavzudagi maʼruza. R., odatda, ilmiy axborot vazifasini oʻtaydi. Unda muayyan mavzu yoritilishi bilan birga, tegishli ilmiy nazariyalar, ilmiy xulosalar taxlil etilishi va tanqid qilinishi mumkin. Oʻzbekistonda R. Ilmiy tadqiqot muassasalari, oliy oʻquv yurtlari, akademik litseylar, kasbhunar kollejlari, umumiy taʼlim maktablarida koʻp qoʻllaniladigan didaktik vositadir. Umumiy oʻrta taʼlim maktablari, kasbhunar kollejlari, akademik litseylar oʻquvchilari hamda oliy oʻquv yurtlari talabalarining fakultativ mashgʻulotlardagi maxsus axborotlari ham R. Deyiladi. Dissertatsiya yuzasidan tayyorlanadigan R. (avtoreferat)da dissertatsiyaning asosiy mazmuni va xulosalari ifodalanadi. b) Esse. Esse (frans. — urinish, sinash, ocherk) — erkin kompozitsiyali, uncha katta boʻlmagan nasriy asar. E. Orqali narsa va hodisalarga yoki shaxsga oid subʼyektiv fikr bayon qilinadi. E.lar falsafiy, tarixiybiografik, publitsistik, adabiy-tanqidiy, ilmiyommabop yoki sof belletristik xarakterda boʻladi. E. Uslubi obrazliligi, aforistikligi, jonli tilga yaqinligi bilan ajralib turadi. Mazmuni muayyan sabab yoki masalaga oid tugal tafsilotni yoki aniqlikni talab qilmaydigan individual taassurot va mulohazalardan iborat boʻladi. Mustaqil janr sifatida A. Montel ijodida tarkib topdi. Uzbek adabiyotida 20-asrning 70—80- yillaridan E. Yaratila boshlandi. c) Konpekt. Konspekt (lot. Conspectus — koʻrinish) — kitob, maqola, leksiya va boshqalarning qisqa yozma bayoni. K. Reja, qisqa bayon qilingan asosiy nizom, fakt va misollardan iborat. Fan o’qituvchisi: Mukammal Qosimova. Talaba: Soataliyev Ruslan Download 418.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling