Akademiya


Download 33.7 Kb.
bet1/4
Sana21.06.2023
Hajmi33.7 Kb.
#1639172
  1   2   3   4
Bog'liq
kodlar


About








Akademiya











O'zbekiston Qurolli Kuchlar Akademiyasi







Akademiya yosh affiteser leytenatni tayorlash qo'shinlarda xizmat o'tayotkan offiteserlar malakasini oshirish ishlarini Mazkur vazifalarni bajaraish uchun talim jarayoniga eng yangi ilg'or usul va texnalogiyalar


zamonaviy trenajyorlar, o‘quv va laboratoriya asbob-uskunalari va kompyuter texnikasi bilan jihozlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslari bilan 2017 yil 25 aprel kuni yangitdan barpo etilgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi bugungi kunda, yuqori bo‘g‘in qo‘mondonlik ofitserlarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibini har tomonlama yetuk malakali ofitser kadrlar bilan butlash hamda mudofaa qurilishi sohasida ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni amalga oshirish bo‘yicha eng zarur vazifalarni bajarilishida g‘oyat muhim o‘rin egallab kelmoqda. 
Akademiyada tahsil olayotgan kursantlar va tinglovchilarga harbiy, gumanitar va aniq fanlar bo‘yicha yetarli bilim va ko‘nikma berish, ularning fikrlash va boshqaruvchilik qobiliyatini rivojlantirish, jismonan chiniqtirish maqsadida Qurolli Kuchlar Akademiyasida 11 ta kafedra faoliyat yuritmoqda.
Harbiy sanʼat kafedrasi - harbiy strategiya asoslari, operativ sanʼat, taktika, artilleriya, havo hujumidan mudofaa va harbiy-havo kuchlarini jangovar qo‘llash, harbiy geografiya va topografiya sohasida chuqur harbiy-professional bilimga va ko‘nikmaga ega bo‘lgan ofitser kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash uchun mo‘ljallangan.
QoJangovar va operativ taʼminot kafedrasi - qo‘shilmalarning jangovar harakatlarni, operatsiyalarning har tomonlama jangovar va operativ taʼminotini tashkillashtira oladigan malakali ofitserlarni tayyorlash uchun mo‘ljallangan.
Moddiy-texnik taʼminot kafedrasi - jangni va operatsiyani front orti va texnik taʼminotini taʼminlash, motoo‘qchi bo‘linmalar tarkibida bo‘lgan harbiy texnika va qurol-aslahalarning tuzilishi va ularni qo‘llash masalalari bo‘yicha ofitser kadrlarni tayyorlash, jangovar mashinalar va avtomobil texnikalarni boshqarishni, qo‘shinlar xo‘jaligini va bo‘linmalarning moliyaviy taʼminotini tashkil etish asoslarini o‘qitishga mo‘ljallangan.‘shinlarni boshqarish va qo‘shinlar kundalik faoliyati kafedrasi - turli sharoitlarda qo‘shinlarni boshqarish bo‘yicha mustahkam ko‘nikmalarga ega, yuqori jangovar va safarbarlik shaylikni saqlashga, qo‘shinlarning tezkor va jangovar tayyorgarligi, qo‘shilma va qismlarda shaxsiy xavfsizlikni tashkil etishga qodir bo‘lgan ofitserlarni tayyorlash borasida faoliyat olib boradigan Akademiyaning o‘quv-ilmiy bo‘linmasi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasiga nomzodlarni qabul qilish tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014- yil 3- iyundagi 141-sonli “Oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqidagi" Qaroriga hamda Mudofaa vazirining 2015- yil 27- martdagi “Oliy harbiy ta’lim muassasalari nomzodlarni tanlash va qabul qilish to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma" asosida amalga oshiriladi. 


















Individual-psixologik o‘rganish va jismoniy tayyorgarlik holatini tekshirish va baholash tadbirlari viloyat mudofaa ishlar bo‘limi bazasida o‘tkazilib, ular bevosita Qabul komissiyalari raislari tomonidan tasdiqlangan oliy harbiy ta’lim muassasalari mutaxassislari tomonidan 1 apreldan 20 maygacha o‘tkaziladi.


Harbiy professional tanlov - belgilangan muddatlarda (iyun oyida) oliy harbiy ta’lim muassasalari bazalarida tashkillashtirilib, unda nomzodlar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi, ularning diktant shaklidagi yozma ish qobiliyatlari tekshiriladi, shuningdek, kompyuter texnikasi va axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini bilish darajalari tekshiriladi.
Mazkur jarayon nomzod bilan yakka tartibdagi suhbat o‘tkazish orqali yakunlanadi va suhbat natijalari nomzodlarni test sinovlariga qo‘yish yoki qo‘ymaslik imkoniyatlarini beradi.
Mudofaa ishlar bo‘limlarda o‘tkazilayotgan dastlabki tanlash jarayonida bevosita Akademiya qabul komissiyasi aʼzolari ishtirok etadi hamda jismoniy tayyorgarlik va IP o‘rganish maqsadida sinovlar qabul qiladilar. Bu jarayon tanlovning yana-da obyektiv o‘tishini taʼminlaydi va nomzodlarni oliy harbiy ta’lim muassasalariga kelib- ketishi bilan bog‘liq bo‘lgan ortiqcha vaqt ketkazishlariga yo‘l qo‘ymaydi.
Oliy harbiy ta’lim muassasalariga test sinovlari natijalaridan qatʼiy nazar, konkursdan tashqari dastlabki va harbiy professional tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan quyidagi nomzodlar qabul qilinadi:




Download 33.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling