Akbar Jumanov o'qituvchi, Xonimqulova Marjona talaba, jdpu. Hamid Olimjon ijodi Annotatsiya


Download 234.05 Kb.
bet1/5
Sana05.05.2023
Hajmi234.05 Kb.
#1429997
  1   2   3   4   5
Bog'liq
MAQOLA


Akbar Jumanov o'qituvchi, Xonimqulova Marjona talaba,


JDPU.
Hamid Olimjon ijodi
Annotatsiya: maqolada qisqa umr ko'rgan bo'lsada, o'zining noyob iste'dodi bilan
adabiyot olamida o'chmas iz qoldirib ketgan yorqin siymolardan biri Hamid
Olimjon hayoti va ijodining muhim qirralari va poetik mahorati yoritiladi.
Kalit so'zlar: davr, tarix, mash'um sovet siyosati, poetik mahorat, so'z san'ati,
mafkura, adabiy muhit, dramaturgiya janrlari, badiiy tarjima.
Hamid Olimjon-(1909.12.12, — Jizzax — 1944.3.7, Toshkent; „Forobiy“ qabristoniga qayta dafn etilgan) – oʻzbek shoiri, adabiyotshunosi va jamoat arbobi. Lirik sheʼrlari bilan 20 asr oʻzbek adabiyotiga munosib hissa qoʻshgan. 30-yillarda shodlik va baxt kuychisi sifatida tanilgan. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir aʼzosi (1943). Boshlangʻich taʼlimdan soʻng 20-yillarning oxirida Samarqanddagi bilim yurtida (1923–1928), Pedagogika akademiyasining ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakultetida (1928–1931) oʻqigan va ayni paytda „Zarafshon“ gazetasida boʻlim mudiri (1926–1927). „Yoshlar“ gazetasida (1931), „Qurilish“ va „Sovet adabiyoti“ jurnallarida masʼul kotib, Madaniy qurilish ilmiy tadqiqot institutida katta ilmiy xodim (1932–1934), Til va adabiyot instituti (1934–1937) va Oʻquvpedagogika nashriyotida boʻlim mudiri (1938–1939), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida masʼul kotib (1939–1944).
Asarlari.  «Kimdir» (1926, ilk she’ri), «Ko‘klam» (1929, ilk she’riy to‘plami), «Tong shabadasi» (1931, hikoyalar to‘plami), «Olov sochlar» (1932, she’riy kitob), «Daryo kechasi» (1936), «Sherlar» (1937), «O’lka», «Oygul bilan Baxtiyor» (1937 yil, 16-26 noyabr kunlari yoeilgan), «Baxt» (1940), «Nima bizga Amerika!», «Temir qonun», «Zaynab va Omon» (ikki qizni tarbiyalab voyaga yetkazgan Anor xola obrazi berilgan), «Holbuki tun» (tun qo‘ynida borliq haqida o‘ylar ifodalangan), «O’zbekiston», «Roksananing ko‘z yoshlari» (voqealar Shahrixonda bo‘ladi, qahramonlari: Vova, Roksana, Sora), «Semurg‘, Parizod yoki Bunyod», «O’rik gullaganda» (Hasan Qayg‘i degan qozoq oqinining fojiali qismati asosida yozilgan), «G’azal», «Chimyon esdaliklari», «Baxtlar vodiysi (1930-yillar bayroqdor bo‘lgan she’r), «Baxt to‘g‘risida», «Qo‘lingga qurol ol», «Jangchi Tursun» (ballada), «Ishonch», «Xat», «Muqanna» (1942), «Ofeliyaning o‘limi», «Kuygay», «Jinoyat» dramasi va boshqlar.

Download 234.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling