Akbar Jumanov o'qituvchi, Xonimqulova Marjona talaba, jdpu. Hamid Olimjon ijodi Annotatsiya


O'zbek madaniy merosiga qo'shgan hissasi


Download 234.05 Kb.
bet3/5
Sana05.05.2023
Hajmi234.05 Kb.
#1429997
1   2   3   4   5
Bog'liq
MAQOLA

O'zbek madaniy merosiga qo'shgan hissasi. 30-yillarning 2-yarmida esa Hamid Olimjon „Alpomish“ xalq eposini nashrga tayyorlash va Navoiyning 500 yillik yubileyi munosabati bilan uning adabiy merosini oʻrganish jarayonida mumtoz oʻzbek adabiyoti va xalq ogʻzaki ijodiga katta mehr bilan yondashgan va madaniy merosimizning bu oltin sahifalarini toʻgʻri ilmiy pozitsiyadan turib talqin etgan. U Navoiy komitetining masʼul kotibi sifatida ulugʻ shoir merosini oʻrganish va asarlarini rus tiliga tarjima qilish ishiga katta hissa qoʻshgan. Hamid Olimjon tomonidan nashrga tayyorlangan „Alpomish“ dostoni (Fozil Yoʻldosh oʻgʻli) esa uzoq yillar davomida xalq ogʻzaki ijodi asarlarini oʻrganish va ilmiy nashrini tayyorlash ishida asos boʻlib xizmat qilgan.
Tarjima asarlari. U Pushkinning „Kavkaz asiri“ va „Suv parisi“ dostonlari, Mikhail Lermontovning „Zamonamiz qahramoni“ qissasidagi „Bela“ va Gorkiyning „Chelkash“ hikoyalari, N.Ostrovskiyning „Poʻlat qanday toblandi“ romani, A.Korneychukning „Platon Krechet“ pyesasi, shuningdek, Bayron, Pushkin, Shevchenko, P.Tichina, M.Bezimenskiy, M.Svetlov, K.Simonov, V.Inber kabi shoirlarning ayrim sheʼrlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Mashhur asarlari


„Holbuki, tun“, „Ofeliyaning oʻlimi“, „Qamal qilingan shahar tepasidagi oy“, „Ishim bordir oʻshal ohuda“ singari goʻzal sheʼrlari mashhur. „Oygul bilan Baxtiyor“ (1937), „Semurgʻ yoki Parizod va Bunyod“ (1939), „Zaynab va Omon“ (1938) kabi dostonlar va „Muqanna“ (1942), „Jinoyat“ (1944) singari dramalar yozgan. Rus shoir va yozuvchilarining ayrim asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Nashr etilgan asarlari


Mukammal asarlar toʻplami (5 jildlik). Toshkent„Fan“, 1975–1984.

Xotira


Hamid Olimjon 35 yoshida avtomobil halokati natijasida vafot etgan. 2017- yil 3- noyabr sanasida Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan atoqli adiblarimiz Hamid Olimjon va Zulfiyaning xotirasi yuzasidan Jizzax shahrida 1902 -yilda qurilgan «Xoʻja Nuriddin» madrasasi qayta ta'mirlanib, Hamid Olimjon va Zulfiya muzeyi tashkil etilgan.
Muzey 16 ta hujradan iborat boʻlib, ularda Hamid Olimjon va Zulfiyaxonimlarning hayoti va ijodiga bag'ishlangan ko'rgazmalarni ko'rish mumkin.
Muzeyda Hamid Olimjonning ilk bor tushgan surati, oʻsha vaqtdagi uy-roʻzgʻor va kulolchilik buyumlaridan namunalar, Hamid Olimjon dalahovli maketi, bolaligi tasvirlangan rasmlar, XX asrga tegishli boʻlgan joynamoz, soʻzana va kashtalar, shoirning onasi oʻqigan arab alifbosidagi kitob hamda Komila ayaning kiygan kiyimi va roʻmoli kabi buyumlar ko'zga tashlanadi.
Bundan tashqari, muzeyda Hamid Olimjon va Zulfiyaning asarlari, oila aʼzolari, hamkasblar va xorijlik yozuvchilar bilan birga tushgan suratlari, ssenariylar, hujjatlar va guvohnomalar, kiyimlar, oʻsha davrda aholi foydalangan veksil, pullar va tangalardan namunalar, XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi kitoblarni tomosha qilsangiz bo'ladi.
1970- yilda Sh.Axtemov adibning bronza haykalini yasagan. 2017- yilda esa Bahrom Norboyev Zulfiyaxonim haykalini yasagan. Ayni paytda bu haykallar muzeydan o'rin olgan.
Shuningdek, muzeyda Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim yozgan sheʼrlarini bir-birlariga oʻqib berayotgani tasvirlangan haykal ham qad rostlagan.
Zulfiyaxonimga mo'ljallangan xonalarda uning sur'atlari, mukofotlari, jumladan, Ukraina, Bolgariya, Qozogʻistondan olgan orden va medallar, 1999 - yil Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan taqdim etilgan «Doʻstlik» ordeni ham bor.
Zulfiya 1965- yili Oʻzbekiston Respublikasi xalq shoirasi, 1968- yili Javoharlaʼl Neru, 1970 -yili Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti, 1971- yili Xalqaro Nilufar mukofotiga, 1977- yili Bolgariyaning «Kirill va Mefodiy» ordeniga, xususan, 1984 -yili shoiralar ichida birinchi boʻlib "Mehnat qahramoni" unvoniga ega boʻlgan.
Ushbu muzeyda Hamid Olimjon va Zulfiya muxlislari tomonidan taqdim etilgan buyumlar, kiyim-kechaklar va esdalik sovgʻalari saqlanadi.
Muzeydan joy olgan har bir ko'rgazma oʻz tarixiga ega. Mumtoz adabiyotining yorqin ikki vakillari Hamid Olimjon va Zulfiyaxonimning hayoti haqida batafsil so'zlab beradi.

Download 234.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling