Akbarova Jayronaning "Fizik kimyo"
Download 1.09 Mb.
|
Issiqlik energiyasining ishga aylanishi
Adiabatik) kengayishida jismlar soviydi. Bu ikkinchi bosqichda jism kengayib masalan porshenni siljitib qo`shimcha mexanikaviy ish bajaradi. Shunday yo`l bilan ishchi jism sovutilgandan keyin u sovutgichga tegiziladi. Shu bilan siklning birinchi yarimi tamom bo`ladi, bunda jism isitgichda olingan issiqlik hisobiga foydali ish bajaradi. Endi ishchi jismni dastlabki holatiga qaytarish, ya`ni, dastlabki bosim va temperaturani tiklash kerak. Demak ishchi jism siqilishi va qaytadan isitgich bilan kontaktda bo`lishi kerak. Bunda ham dastlabki bosqichga qaytarish jarayoni ikki bosqichda bajariladi. Dastlab izotermik siqiladi - CD egri chizik, so`ngra adiabatik siqiladi. AD - egri chizik va nihoyat sikl tugaydi. Demak aylanma prosess ikki izotermik va ikki adiabatik kengayishi hamda siqilishdan iborat bo`ladi. Kengayishlarda ishchi jism foydali ish bajaradi: siqilishlar esa, aksincha tashki kuchlar jism ustidan bajarilgan ishi hisobiga bo`ladi.
Bu holda butun sikl kaytuvchanlik ykli bilan amalga oshiriladi (ya`ni prosess juda sekin kvazistatik bulsin) bunday ishchi jism ustida bajarilgan ishni 1824- yil fransuz olimi Sadi Karno birinchi bo`lib bayon etdi. Shuning uchun uning sharafiga Karno sikli deyiladi. Ishchi jism sifatida ideal gaz olingan. Adiabatik jarayonga tez ro‘y beradigan jarayon misol bo‘ladi. Misol uchun gaz tez siqilganda bajarilgan ish uning temperaturasining, ya’ni ichki energiyasining ortishiga olib keladi. Temperatura ortishi natijasida atrofga issiqlik miqdori tarqalishi uchun esa ma’lum vaqt kerak. Shuning uchun ham Q = 0. Ichki yonish dvigatelida yonilg‘i aralashmasining yonishi adiabatik jarayonga misol bo‘ladi. Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling