Akbarova Jayronaning "Fizik kimyo"


Download 1.09 Mb.
bet5/5
Sana16.06.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1503600
1   2   3   4   5
Bog'liq
Issiqlik energiyasining ishga aylanishi

Adiabatik jarayon.
Atrof-muhit bilan issiqlik miqdori almashmasdan ro‘y beradigan jarayonga adiabatik jarayon deyiladi.
Adiabatik jarayon uchun termodinamikaning birinchi qonuni quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
ya’ni adiabatik jarayonda ish ichki energiyaning o‘zgarishi hisobiga bajariladi.
Issiqlik mashinasi deb, yoqilg‘ining ichki ener giyasini mexanik energiyaga aylantirib beradigan mashinalarga aytiladi.
Bir siklda T1 temperaturali isitkichdan Q1 issiqlik miqdori olinib, T2 temperaturali sovitkichga Q2 issiqlik miqdori qaytariladi va A = Q1 – Q2 miqdordagi ish bajariladi.
Har qanday dvigatel uchta qismdan iborat: ishchi modda (gaz yoki bug‘), isitkich va sovitkich.
Isitkichdan Q1 issiqlik miqdori olgan ishchi modda kengayib ish bajaradi. Yoqilg‘ining yonishi natijasida isitkichning temperaturasi T1 o‘zgarmas bo‘lib qoladi.
Siqilishda ishchi modda Q1 issiqlik miqdorini T2 temperaturali sovitkichga uzatadi. Issiqlik dvigateli siklik ravishda ishlashi kerak.
Aylanma jarayon yoki sikl deb sistema bir qancha holatlardan o‘tib, dastlabki holatiga qaytadigan jarayonga aytiladi
Soat strelkasi aylanishi bo‘ylab ro‘y beradigan jarayon (gaz oldin kengayib, keyin siqiladi) to‘g‘ri sikl, soat strelkasi aylanishiga teskari yo‘nalishda (gaz oldin siqilib, keyin kengayadi) ro‘y beradigan jarayon esa teskari sikl deyiladi.
Issiqlik mashinalari to‘g‘ri sikl, sovitkichlar esa teskari sikl asosida ishlaydi. Sikl tugaganda ishchi modda o‘zining dastlabki holatiga qaytadi, ya’ni uning ichki energiyasi boshlang‘ich qiymatiga ega bo‘ladi.
Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling