6-Mavzu: Termodinamik jarayonlar. Izoxor, izobar, izotermik jarayonllar. Jarayonlarning pv va ts – diagrammalari


Download 76.35 Kb.
bet1/2
Sana04.04.2023
Hajmi76.35 Kb.
#1323618
  1   2
Bog'liq
6-Ma\'ruza

6-Mavzu: Termodinamik jarayonlar. Izoxor, izobar, izotermik jarayonllar. Jarayonlarning PV va TS – diagrammalari.


Reja

  1. Izoxorik jarayon va uning Pv va Ts - diagrammasi.

  2. Izobarik jarayon va uning Pv va Ts - diagrammasi.

  3. Izotermik jarayon va uning Pv va Ts - diagrammasi.

1. Izoxorik jarayon
Izoxorik jarayonga yopiq idishda gazning isishi yoki sovishi misol bo‘la oladi.
O‘zgarmas hajmda kechadigan jarayonga izoxorik jarayon (d =0, yoki =const) deb aytiladi. Jarayon egri chizig‘i izoxora deb aytiladi. 6.1-rasmda jarayonning P - va Ts- diagrammalari tasvirlangan.
Ideal gazning holat tenglamasi: P =RT dan
v=const uchun P/T = R/ =f( )=const
Izoxorik jarayonda bosimlar nisbati absolyut temperaturalar nisbatlariga teng bo‘ladi, ya’ni bosim o‘zgarishi bu jarayondagi absolyut temperatura o‘zgarishiga to‘g‘ri proporsionaldir.
P1/P2=T1/T2 (6.1)





6.1-rasm. Gaz holatini izoxorik jarayonda o‘zgarishining Pv - va Ts - diagrammalari
Izoxorik jarayonda gaz hajmining o‘zgarishi d =v1- 2=0 , bo‘lganligidan
(6.2)
Ya’ni, izoxorik jarayonda gaz ish bajarmaydi. Termodinamikaning birinchi qonunini d =0. hol uchun yozamiz:
(6.3)
Sig‘im o‘zgarmas bo‘lganda:
(6.4)
Demak, tizimga berilgan dq issiqlik miqdori shu tizim ichki energiyasining o‘zgarishiga sarflanar ekan.
Sig‘im o‘zgaruvchan bo‘lganda:
(6.5)
6.1-rasmdan ko‘rinib turibdiki, izoxorik jarayon bosim ortishi bilan kechsa, demak tizimga issiqlik keltiriladi va ishchi jismning ichki energiyasi va temperaturasi ortadi.
Agar izoxorik jarayonda bosim kamaysa, u holda issiqlik olib ketiladi va ichki energiya hamda temperatura kamayadi.
Izoxorik jarayon uchun entropiyaning o‘zgarishini quyidagi tenglamadan aniqlaymiz.

lekin v=const uchun ln v2/v1=0.
Shhuning uchun
(6.6)
Demak, izoxorik jarayonda gaz ish bajarmaydi. Unga uzatilgan dq issiqlik miqdori termodinamik tizim ichki energiyasining o‘zgarishiga sarflanadi.

Download 76.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling