Bitiruv malakaviy ishning ob’ekti va predmeti. Denov tumanida faoliyat ko’rsatayotgan yuridik va jismoniy shaxslar to’laydigan mahalliy soliqlar mazkur ishning ob’ekti hisoblanadi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida yuridik va jismoniy shaxslar to’laydigan mahalliy soliqlarni undirish jarayonidagi moliyaviy munosabatlar ishning predmeti hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishning maqsadi va vazifalari. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mahalliy byudjet daromadlarini shakllantirish, mahalliy soliqlarni undirish jarayonidagi muammolarni aniqlash va ularni barataraf etishga qaratilgan taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Ishning maqsadidan kelib chiqib, quyidagi vazifalar belgilandi:
mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantirishning mohiyati va
printsiplari yoritish;
mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantirishda mahalliy soliqlarning mazmun-mohiyati va xususiyatlarini yoritish;
mahalliy soliqlar va yig’imlarning byudjet daromadlarini
shakllantirishdagi o’rni va ahamiyatini tahlil qilish;
mol-mulk va yer soliqlarini byudjetga undirish mexanizmini tahlil
qilish;
tahlil qilish;
mahalliy hokimiyat organlarining mahalliy byudjetlar daromadlarini mustahkamlashdagi vakolatlarini oshirish yo’llarini yoritish;
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mahalliy soliqlarni undirish va mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantirishdagi ahamiyatini oshirish masalalarini bayon etish.
Mavzuning nazariy va amaliy ahamiyati. Malakaviy ishdan olingan ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalardan iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mahalliy soliqlarni takomillashtirishga doir ilmiy ishlarni olib borishda, mamlakatimiz soliq tizimini yanada takomillashtirishda foydalanish mumkin. Shuningdek, malakaviy ish materiallaridan o’rta maxsus kasb-hunar kollejlarida soliq tizimiga doir fanlarni o’qitishda foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |