Акциз солиғининг моҳияти ва унинг ўзига хос хусусиятлари
Download 136.05 Kb.
|
Soliqlarni undirish tartibi
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. BOB. MAHALLIY SOLIQLARNI UNDIRISH TARTIBINING 19 TAHLILI (Denov tumani misolida) 19
- III. BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA MAHALLIY SOLIQLARNI UNDIRISH TARTIBINI 47 TAKOMILLASHTIRISH 47
- XULOSA 57 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 60 KIRISH Mavzuning dolzarbligi.
Soliqlarni undirish tartibi Reja: KIRISH 3 I. BOB. MAHALLIY BYUDJETLAR DAROMADLARINI 7 NAZARIY ASOSLARI 7 1.1. Mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantirishning mohiyati va 7 prinsiplari 7 1.2. Mahalliy soliqlarning mazmun-mohiyati va xususiyatlari 13 II. BOB. MAHALLIY SOLIQLARNI UNDIRISH TARTIBINING 19 TAHLILI (Denov tumani misolida) 19 2.1. Mahalliy soliqlarning byudjet daromadlarini shakllantirishdagi o’rni 19 va ahamiyati 19 2.2. Mol-mulk va yer soliqlarini byudjetga undirish mexanizmini tahlili 28 2.3. Boshqa mahalliy soliqlar va yig’imlarni byudjetga undirish 41 mexanizmini tahlili 41 III. BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA MAHALLIY SOLIQLARNI UNDIRISH TARTIBINI 47 TAKOMILLASHTIRISH 47 3.1. Mahalliy hokimiyat organlarining mahalliy soliqlarga doir 47 vakolatlarini oshirish masalalari 47 3.2. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mahalliy soliqlarni undirish va mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantirishdagi ahamiyatini oshirish masalalari 51 XULOSA 57 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 60 KIRISHMavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz hududlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashda mahalliy byudjetlarning o’rni va ahamiyati katta. Mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantirish amaliyotida turli manbalardan foydalanilsada, ularning birlamchi daromad manbai hisoblangan mahalliy soliqlarning ahamiyatini oshirish bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakatimiz Prezidenti I.Karimov 2012 yil yakunlariga baho berib, mamlakatimiz iqtisodiyoti yuqori barqaror o’sish sur’atlariga ega ekanligini qayd etdi. “2012 yilda O’zbekiston o’z iqtisodiyotini barqaror sur’atlar bilan rivojlantirishni davom ettirdi, aholi turmush darajasini izchil yuksaltirishni ta’minladi, dunyo bozoridagi o’z pozitsiyasini mustahkamladi. Bu davrda mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8,2 foizga o’sdi, sanoat ishlab chiqarish hajmi 7,7 foizga, qishloq xo’jaligi 7 foizga, chakana savdo aylanmasi hajmi 13,9 foizga oshdi. Makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiyotning mutanosibligi ta’minlandi. Eksport hajmi sezilarli ravishda, ya’ni 11,6 foizga o’sdi, eksport qilinayotgan mahsulotlar tarkibi va sifati yaxshilanib bormoqda. Buning natijasida xomashyo bo’lmagan tayyor tovarlarning ulushi 70 foizdan ziyodni tashkil etmoqda. Tashqi savdo aylanmasidagi ijobiy saldo 1 milliard 120 million dollardan oshdi. Inflyatsiya darajasining o’sish sur’ati prognoz ko’rsatkichlari doirasida saqlab qolindi va 7 foizdan oshmadi. 2012 yilda soliq yukini kamaytirish siyosati davom ettirildi. Kichik korxona va mikrofirmalar uchun yagona soliq to’lovi stavkalari 6 foizdan 5 foizga tushirilgani, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan soliq stavkasi esa sezilarli tarzda, ya’ni o’rtacha ikki barobar kamaytirilgani buni yaqqol tasdiqlaydi. Shularga qaramasdan, davlat byudjetining daromadlar qismi bo’yicha ko’rsatkichlari to’liq bajarildi, erishilgan profitsit yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,4 foizni tashkil etdi1. Ushbu erishilayotgan yutuqlar boshqa omillar bilan birga samarali soliq siyosatiga bevosita bog’liqdir. “2013 yilda mutanosib va barqaror davlat byudjetini shakllantirish maqsadida soliq ma’murchiligini yanada takomillashtirish va erkinlashtirish, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlash, butun soliq tizimini soddalashtirish va uning oshkoraligini ta’minlash bo’yicha tegishli tadbirlar ko’zda tutilmoqda. Shularning hisobidan soliq yuki darajasining oshmasligi ta’minlanib, yalpi ichki mahsulotga nisbatan bu ko’rsatkich 21,3 foizni tashkil etadi”2. Shunga qaramasdan, mahalliy byudjetlarning, ayniqsa qishloq tumanlarida mahalliy soliqlar va yig’imlarning mahalliy byudjetlarni shakllantirishdagi ahamiyati sezilarli darajada emas. “Hozirgi kunda ba’zi viloyatlar va ko’plab qishloq tumanlari byudjetlarining dotatsiyada qolib ketayotgani, ya’ni respublika byudjeti hisobidan ta’minlanayotgani, tumanlarda mahalliy byudjet xarajatlarining 50 foizdan ko’prog’i viloyat va respublikadan olinadigan dotatsiya hisobiga qoplanayotganini qanday baholash kerak?”3. Ana shunday sharoitda byudjet daromadlarini shakllantirishda mahalliy soliqlarning rolini oshirish masalalari dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Buning ustiga, hozirgi sharoitda byudjet daromadlarini shakllantirishda mahalliy soliqlarning roli sezilarli darajada emas. Bu toifaga kiruvchi soliqlar xisobidan mahalliy byudjetlar daromadlarining ko’pi bilan 15-17 foizi shakllanmoqda, xolos. Ayrim hududlarda uning salmog’i 10 foizdan past bo’lgan darajada hamon saqlanib qolmoqda. Aksincha, mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantirishda umumdavlat soliqlaridan ajratmalar hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lib kelayapti. Bundan ko’rinadiki, mahalliy byudjet daromadlarini shakllantirishda mahalliy soliqlarning ahamiyatini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu holat o’z navbatida bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligini ifodalaydi. Download 136.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling