Акциз солиғининг моҳияти ва унинг ўзига хос хусусиятлари
Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning chegaralangan stavkalari12
Download 136.05 Kb.
|
Soliqlarni undirish tartibi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliqlar va yig’imlar turlari Eng yuqori stavkalar
Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning chegaralangan stavkalari12
*) Ko’rsatib o’tilgan stavkalar miqdorlari O’zbekiston Respublikasining butun hududida yagona hisoblanadi. Soliq stavkasining aniq miqdori O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taklifiga ko’ra Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Yuridik shaxslarga chakana narxlarda chakana savdo tarmog’i (avtomobillarga yoqilg’i quyish shoxobchalari) orqali benzin sotishda chakana narxda hisoblanadigan jismoniy shaxslardan benzin iste’moli uchun olinadigan soliq qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda byudjetga to’lanadi. **) Yig’imning bir qismi Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlar davlat hokimiyati organlari qaroriga asosan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda ularning yig’im undirishni ta’minlash bilan bog’liq xarajatlarini qoplashga, Toshkent shahrida esa Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Savdo, xizmatlar sohasi va xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarish departamentini saqlab turishga yo’naltiriladi. ***) Toshkent shahrida yig’im miqdori kamida eng kam ish haqining 5 baravari, viloyat markazlarida eng kam ish haqining 3 baravari, qolgan aholi punktlarida eng kam ish haqining 2 baravari miqdoridan kam bo’lmasligi kerak. Jadval ma’lumotlaridan ko’rish mumkinki, 2013 yilda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i sof foydaning 8 foizi miqdorida, jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi ishlatganlik uchun olinadigan soliq 1 litr uchun 240 so’m miqdorida, suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq 1 kg uchun 165 so’m miqdorida, siqilgan gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq 1 kub metri uchun 200 so’m miqdorida, ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig’im alkogolli mahsulotlar 1 oylik savdo uchun eng kam ish haqining 5 baravari msiqdorida, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar 1 oylik savdo uchun eng kam ish haqining 3,5 baravari miqdorida, avtotransportni saqlash bo’yicha pulli xizmatlarni ko’rsatganlik uchun yig’im har oy uchun eng kam ish haqining 8 baravari miqdorida belgilangan. Download 136.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling