Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari. Iqtisodiyotni
modernizatsiyalash sharoitida kichik biznes sub’ektlarini soliqlar vositasida
rag’batlantirish va bunda yagona soliq to’lovining ahamiyatini tanqidiy jihatdan
o’rganish, uni takomillashtirish yuzasidan taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan
iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:
iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda kichik biznes sub’ektlarining o’rni
va ahamiyatiga baho berish;
kichik biznes sub’ektlarini soliqlar vositasida rag’batlantirishning
mohiyati va ahamiyatini yoritish;
kichik biznes sub’ektlarining byudjet oldidagi majburiyatlari va soliqlar
vositasida rag’batlantirish mexanizmini tahlil qilish;
kichik biznes sub’ektlarini soliqlar vositasida rag’batlantirishda yagona
soliq to’lovining ahamiyatini tahlil qilish;
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida kichik biznes sub’ektlarini
qo’llab-quvvatlash va soliqlarning rag’batlantiruvchi ahamiyatini oshirish
masalalarini bayon etish;
kichik biznes sub’ektlarini soliqlar vositasida rag’batlantirishning
ustuvor yo’nalishlarini bayon etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |