vositasida rag’batlantirishning ilmiy-nazariy asoslariga qaratilib, unda iqtisodiy
7
barqarorlikni ta’minlashda kichik biznes sub’ektlarining o’rni va ahamiyati,
kichik biznes sub’ektlarini soliqlar vositasida rag’batlantirishning mohiyati va
ahamiyati yoritilgan.
Bitiruv malakaviy ishining ikkinchi bobida kichik biznes sub’ektlarini
soliqlar vositasida rag’batlantirish mexanizmi tahlil qilingan. Unda kichik biznes
sub’ektlarining byudjet oldidagi majburiyatlari va soliqlar vositasida
rag’batlantirish mexanizmi, kichik biznes sub’ektlarini soliqlar vositasida
rag’batlantirishda yagona soliq to’lovining ahamiyati Soliq kodeksi va
Qo’shrabot tumani DSI, tumandagi korxonalar ma’lumotlari asosida tahlil
qilingan.
Bitiruv malakaviy ishining uchinchi bobi iqtisodiyotni modernizatsiyalash
sharoitida kichik biznes sub’ektlarini soliqlar vositasida rag’batlantirish
masalalarini yoritishga qaratilgan va unda kichik biznes sub’ektlarini qo’llab-
quvvatlash va soliqlarning rag’batlantiruvchi ahamiyatini oshirish hamda kichik
biznes sub’ektlarini soliqlar vositasida rag’batlantirishning ustuvor yo’nalishlari
yoritib berilgan. Ish xulosa bilan yakunlanib, unda mavzuni o’rganish natijasida
chiqarilgan nazariy va amaliy xulosalar umumlashtirilgan.