Akkreditivlar bo’yicha hisob-kitoblar hisobi- "Akkreditiv" atamasi keng va tor ma’noda ishlatiladi. Tor ma’noda asosan naqd pulsiz hisob-kitobning shakli sifatida foydalaniladi


Download 78.35 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi78.35 Kb.
#1390163
Bog'liq
Саволлар-жавоблар


  1. Akkreditivlar bo’yicha hisob-kitoblar hisobi- "Akkreditiv" atamasi keng va tor ma’noda ishlatiladi. Tor ma’noda asosan naqd pulsiz hisob-kitobning shakli sifatida foydalaniladi. Keng ma’noda, to‘lov usuli sifatida akkreditiv tashqi savdo bitiim taraflari o‘rtasidagi munosabatlarning barcha sohalarini qamrab oladi: sotuvchi va xaridor, emitent bank, avizo qiluvchi bank, tasdiqlovchi bank, qoplovchi (ramburslovchi) bank, shuningdek yuk tashuvchilar, sug‘urta kompaniyalari va boshqalar. Huquqiy nuqtai nazardan, akkreditiv nafaqat emitent bankning bir tomonlama majburiyati sifatida, balki bank hisobvarag‘i shartnomasi va mijozning akkreditiv ochish to‘g‘risidagi arizasi, banklar o‘rtasida vakillik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida shartnoma kredit shartnomasi (agar akkreditiv qarz mablag‘lari hisobiga ochilsa), oldi-sotdi shartnomasi yoki akkreditiv ochilishiga asos bo‘lgan boshqa shartnoma asosida kelib chiqadigan bitimning boshqa ishtirokchilari o‘rtasidagi shartnomaviy munosabatlar to‘plami sifatida ham ko‘rib chiqiladi. Hisob-kitob va kredit munosabatlari tizimida akkreditiv bo‘yicha hisobkitoblar hozirda eng muhim o‘rinlardan birini egallab turibdi. Bugungi kunda hisob-kitob operatsiyalarining umumiy hajmida akkreditivlarning ulushi to‘lov topshiriqnomalariga nisbatan unchalik katta emas. Shunga qaramay, amaliyot shuni ko‘rsatadiki, savdoda akkreditivdan foydalanish holatlarining aksariyati kontragentlarning manfaatlarini muvozanatlash va hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirishda turli xatarlarni minimallashtirish bilan bog‘liq. Akkreditiv bo‘yicha hisob-kitob qilinganida to‘lovchining topshirig‘i bilan va uning ko‘rsatmalariga muvofiq akkreditiv ochgan bank (bank-emitent), mablag‘larni oluvchi yoki u ko‘rsatgan shaxs hujjatlarni taqdim etgan va akkreditivda nazarda tutilgan boshqa shartlarni bajargan taqdirda to‘lovni amalga oshirish majburiyatini oladi. Akkreditivning amal qilish muddati va u bo‘yicha hisob-kitob qilish tartibi mablag‘larni to‘lovchi va oluvchi o‘rtasidagi shartnomada belgilab qo‘yiladi. Bunda shartnoma quyidagilarni o‘z ichiga olishi shart: mablag‘larni to‘lovchining banki nomi;

akkreditivning turi va uni bajarish usuli; akkreditiv ochilganligi haqida mablag‘larni oluvchini xabardor qilish usuli; akkreditiv bo‘yicha mablag‘lar olish uchun mablag‘larni oluvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarning to‘liq ro‘yxati va aniq tavsifi; tovarlar jo‘natilganidan (xizmatlar ko‘rsatilganidan, ishlar bajarilganidan) keyin hujjatlarni taqdim etish muddatlari, ularni rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar

  1. Bank balansi va uning tuzilishi.- Bankning buxgalteriya balansi – bank moliyaviy faoliyati natijalarini ko‘rsatuvchi buxgalteriya hisobotining asosiy shaklidir. Balans yordamida bank faoliyati tahlil qilinadi va nazorat olib boriladi. Banklarda balans har bir ish kuni bo‘yicha kunlik balans tuziladi. Balansning birinchi bo‘limi “AKTIVLAR” bo‘limi bo‘lib, o‘z ichiga bir qator asosiy hisobvaraqlarni birlashtiradi. Bank aktivlari naqd pullardan boshlab hisobga olinadi. Naqd pullarni hisobga olish uchun 10100 hisob raqami ajratilgan. Bu hisob raqam nomi “Naqd pullar va boshqa kassa hujjatlari” bo‘lib, o‘z ichiga “Kassadagi naqd pullar”, “Naqd pullar zaxirasi”, “Yo‘ldagi naqd pullar”, “Valuta almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar”, “Bankomatlardagi naqd pullar”, “Bank binosidan tashqarida joylashgan kassalardagi naqd pullar” kabi bir qator subhisob varaqamlarni birlashtiradi. II bo‘lim «MAJBURIYATLAR» bo‘limi bo‘lib, bank balansining majburiyatlar bo‘limi depozitlardan boshlanadi. Depozit majburiyatlari muddati va uni qo‘ygan mijozning mulkchilik shakliga taalluqligicha tasniflanadi. Bank balansining III bo‘limi «XUSUSIY KAPITAL» bo‘limidir. Ushbu bo‘lim o‘z ichiga 30300 – «Ustav kapitali», 30600 – «Qo‘shim-cha kapital» va 30900 – «Zaxira kapitali» deb nomlangan asosiy hisob raqamlarini oladi. Tijorat bankining aksiyadorlik kapitali bankning o‘z mablag‘lari hajmini ifodalaydi. Markaziy Bank tijorat banklarining kapital hosil qilish darajasini va tuzilmasini tartibga solib turadi (https://fayllar.org/investitsiyalar-hisobi-v3.html), bu esa bank daromadlarini yaxshilaydi. Bank daromadlarini hisobga olish uchun IV bo‘lim, ya’ni «DARO-MADLAR» bo‘limi ajratilgan. «Daromadlar» bo‘limi o‘z ichiga bank-ning hisobot davridagi barcha daromadlarini oladi. Barcha foizli daro-madlar 40200-44900 hisob raqamlarda aks ettiriladi. Bankning aktivlari bo‘yicha amalga oshirilgan operatsiyalari natijasida olgan foizli daro-madlari 40201-44901 hisob raqamlarda hisobga olib boriladi. Balans hisoboti davrida hisoblangan, lekin xali olinmagan daromadlar summa-siga 16300 – «Aktivlar bo‘yicha hisoblangan foizlar» hisobvarag‘idagi tegishli balans hisob raqamlari debetlanadi va unga mos kelgan daro-madlar balans hisob raqami kreditlanadi.Bank balansining V bo‘limi bu «XARAJATLAR» bo‘limidir. Bu bo‘limda hisobot davrida bankning barcha xarajatlari aks ettiriladigan hisob raqamlar ochilgan. Bankning depozit majburiyatlari bo‘yicha foizli xarajatlarining hisobi 50101-54902 balans hisob raqamlarida yuritiladi. Barcha xarajatlar majburiyatlarning turlari bo‘yicha tasniflangan. VI bo‘lim «KO‘ZDA TUTILMAGAN HOLATLAR BO‘YICHA HISOB RAQAMLAR» bo‘limidagi balansdan tashqari hisob raqamlar ham xuddi balans ichidagi hisob raqamlar kabi ikkiyoqlama yozuv asosida olib boriladi. Buning uchun hisob raqamlar rejasidagi har bir balansdan tashqarida joylashgan hisob raqam uchun kontr – hisob raqam biriktirib qo‘yilgan bo‘lib, ular buxgalteriya yozuvlarini amalga oshirish maqsadida ishlatiladi. Shunday qilib, banklarda yuqorida keltirilgan hisobvaraqlarni o‘z ichiga olgan balans tuziladi, bank boshqaruvchisi va bosh buxgalter unga imzo qo‘yishlari lozim. Shundan so‘ng, bank ish kuni to‘liq yakun-langan hisoblanadi.

  2. Bank hisob-operatsion apparatining tuzilishi-Banklarda buxgalteriya hisobining yuritilishi (https://azkurs.org/mavzu-buxgalteriya-hisobining-shakllari-ularning-mohiyati-va-t.html), hisob-operatsion ishlarining to‘g‘ri tashkil etilishi va samarali nazoratning joriy etilishi bank vazifalarini to‘liq bajarishini, investorlar, kreditorlar, hukumat muassasalari, vazirliklar va mijozlar, shuningdek, bank aksiyadorlari uchun zarur axborotlar olish va qarorlar qabul qilish imkoniyatini ta’minlaydi. Banklarda moliyaviy resurslarni shakllantirish va ularni joylashtirish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni hisob varaqlarda aks ettirish va buxgalteriya hisobotlarini tuzish bank buxgalteriya hisobining predmeti hisoblanadi. Banklarning aktivlari (https://azkurs.org/1-banklarning-vujudga-kelishi-va-mohiyati-banklarning-funksiya.html), majburiyatlari, kapitali, zahirasi, daromad va xarajatlari, foyda va zararlari hamda ularning harakati bilan bog‘liq operatsiyalari bank buxgalteriya hisobining ob’ekti hisoblanadi Front-ofis va Bek-ofis sifatida tashkil etilgan banklarning buxgalteriya apparati shu tarkibiy tuzilmalarga mos ravishda tashkil etilishi mumkin. Buxgalteriya apparatini Front-ofis va Bek-ofisga ajratish zaruriyati yuzasidan sharhlar 7-ilovada keltirilgan. Front-ofis va Bek-ofis xodimlarining aniq vazifalari mos ravishda Front-ofis va Bek-ofis boshliqlari tomonidan belgilab beriladi va bank rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Bank xizmatlari ofislarida buxgalteriya hisobi mavjud ish hajmidan kelib chiqqan holda tashkil etilishi lozim. Bank xizmatlari ofislarida dastlabki nazoratni o‘tkazish uchun mas’ul ijrochi buxgalter shtati bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Joriy nazorat bank xizmatlari ofisi buxgalteriyasi boshlig‘i tomonidan (bundan buyon matnda etakchi buxgalter deb yuritiladi) amalga oshiriladi. Bank xizmatlari ofislaridan o‘tkaziladigan to‘lovlar joriy nazoratdan o‘tkazilganidan so‘ng amalga oshiriladi. Bunda to‘lovlar joriy nazoratdan o‘tkazilganligi bank filialining Bek-ofisi boshlig‘i yoki Bosh buxgalteri tomonidan tasdiqlanishi talab etilmaydi. Bank xizmatlari ofislari ularda amalga oshirilgan operatsiya va o‘tkazilgan to‘lovlarning nazoratini ta’minlash maqsadida (https://azkurs.org/desmurgiya-va-boglov-turlari.html), operatsiyalarga va (yoki) to‘lovlarga asos bo‘lgan hujjatlar, shu jumladan pul-hisob-kitob hujjatlarining elektron nusxasini bankka (filialga) taqdim etishi mumkin. Bank xizmatlari ofislarida bank ish kuni davomida amalga oshirilgan operatsiyalarga asos bo‘lgan pul hisob-kitob hujjatlari belgilangan tartibda yakuniy nazoratdan o‘tkazilishi lozim. Bank xizmatlari ofislarida kunlik buxgalteriya hujjatlari yig‘majildi belgilangan tartibda shakllantirilishi va saqlanishi yoki shakllantirilgan kunlik buxgalteriya hujjatlari yig‘majildi saqlash uchun davriy ravishda, lekin bir oyda 61 kamida bir marotaba bank xizmatlari ofisini tashkil etgan bankka (filialga) etkazilishi lozim. Mazkur holat bankning ichki qoidalarida (hujjatlarida) aniq ko‘rsatilishi lozim. Ushbu qoidalarga qat’iy rioya qilish imkoniyati mavjud bo‘lgan banklar (filial) bank xizmatlari ofislari ochishi mumkin. Bank rahbari va bosh buxgalteri o‘zlariga qarashli bo‘lgan minibanklarda buxgalteriya ishlarini to‘g‘ri tashkil qilish va bank operatsiyalarini aniq va o‘z vaqtida bajarilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatishlari lozim.

Buxgalteriya xodimlarining ish kuni shunday tashkil etilishi kerakki, bunda bank tomonidan amaliyot kuni davomida ijroga qabul qilingan pul hisob-kitob hujjatlari dastlabki va joriy nazoratdan o‘tkazilib, ular o‘z vaqtida ijro etilishi, ya’ni hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalar buxgalteriya hisobida aks ettirilib, kunlik balans hisoboti tuzilishi hamda keyingi bank ish kunidan kechiktirmasdan bajarilgan barcha operatsiyalar yakuniy nazoratdan o‘tkazilishi shart, bundan bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlari orqali amalga oshirilgan operatsiyalar mustasno. Banklarda bajariladigan barcha operatsiyalarning buxgalteriya hisobini olib borish bankning hisob-operatsion bo‘limiga yuklatilgan. Hisob-operatsion bo‘limi bank faoliyatining ko‘lami va yo‘nalishi, mijozlar soni hamda boshqa ko‘rsatkichlarga qarab bir qancha guruhlardan iborat bo‘ladi. Bu guruhlarda ish yurituvchilarni mas’ul ijrochi deb ataladi. Har bir mas’ul ijrochiga bir nechta mijozlar bo‘lib berilib, ular o‘z mijozlari bo‘lmish yuridik va jismoniy shaxslarning hisob-kitob, kassa, valuta va kredit va boshqa operatsiyalari bo‘yicha hisob ishlarini olib boradilar, ularga xizmat ko‘rsatadilar. Bu guruhlar hisob guruhi deyiladi. Bundan tashqari, hisob-operatsion bo‘limda banklararo hisob-kitoblar bo‘limi, davlat budjetini kassaviy ijrosi bo‘limi, bank ichki operatsiyalarini tashkil etish bo‘limi ham mavjud bo‘ladi. Bu bo‘limlarda ishlovchi buxgalterlar soni ham mazkur bo‘limda bajariladigan operatsiyalar ko‘lami bilan belgilanadi.Banklararo hisob-kitoblar bo‘limining vazifasi mas’ul ijrochilardan boshqa banklarga tegishli bo‘lib, o‘tkazilishi kerak bo‘lgan hujjatlarni qabul qilish, ularni banklar bo‘yicha saralash, hujjatlardagi yozuvlarning to‘g‘riligini filiallararo aylanmalar bo‘yicha nazorat qilish va boshqa bankka hujjatlarni elektron pochta orqali jo‘natishdan iborat. Lekin hozirgi kunda deyarli barcha tijorat banklarida hisob-kitob hujjatlari mas’ul ijrochidan so‘ng bosh buxgalter tekshiruvidan o‘tkaziladi va elektron axborot bankining hisoblash markaziga uzatiladi. Bu yerda elektron to‘lovni boshqa banklarga o‘tkazish ishlari bajariladi.Davlat budjetining kassaviy ijrosi bo‘yicha bo‘lim buxgalterlari davlat budjeti daromadlari va xarajatlari bo‘yicha operatsiyalarni tashkil etadi (https://fayllar.org/ozbekiston-qishloq-xojaligida.html), bu operatsiyalar hisobini olib boradilar, davlat budjeti xarajatlarining to‘g‘ri va qonuniy sarflanishi ustidan nazorat qiladilar. Ichki bank operatsiyalari bo‘yicha bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:bank asosiy vositalarini, kam baholi va tez eskiradigan buyumlarni sotib olish, ularning eskirishi (https://fayllar.org/mavzu-asosiy-vositalarni-amortizatsiyasi--eskirishi-ning-hisob-v2.html), qayta baholanish hamda hisobdan chiqarilishini hisobga olish; bank nomoddiy aktivlarini, materiallarni sotib olish, eskirishi, qayta baholash, hisobdan chiqarilishini hisobga olish; bank boshqaruv apparati va xodimlarining xarajatlarini hisoblash va hisobga olib borish; bankning barcha daromadlari bo‘yicha hisobni olib borish; bankning barcha xarajatlarini hisobga olib borish va hokazo. Yuqorida sanab o‘tilgan bo‘limlar majmuasi bankning hisob-operatsion bo‘limini tashkil etadi. Hisob-operatsion bo‘limni bank bosh buxgalteri boshqaradi. Bankdagi mijozlar soni, bajaradigan operatsiyalar ko‘lami va hisob- operatsion bo‘limdagi guruhlar soniga qarab bosh buxgalterning bir yoki ikki muovini tayinlanadi. Yordamchi va Bosh kitoblarda operatsiyalarni qayd etish, dasturli komputer tizimida hisobotlar tuzish ishlariga umumiy rahbarlik qilish bank bosh buxgalterlariga yuklanadi. Agar bosh buxgalter bo‘lmasa, ya’ni mehnat ta’tilida, xizmat safarida yoki kasal bo‘lsa, bank rahbarining buyrug‘iga ko‘ra. uning muoviniga topshiriladi. Bankning buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish bilan bankning bosh buxgalter shug‘ullanadi.

  1. Bank hujjatlarining mazmuni, ahamiyati, turlari va ularning tavsifi.- Bank hujjati - muayyan bank operatsiyalarini bajarish, hisobga olish uchun zarur ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, shuningdek ularning qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar to‘plami. Buxgalteriya hisobi bu xo‘jalik operatsiyalarini identifikatsiyalash, o‘lchash, ro‘yxatdan o‘tkazish va foydalanuvchilarni xo‘jalik yurituvchi sub’ektning iqtisodiy faoliyati to‘g‘risida xabardor qilish jarayonidir1 . Ushbu jarayon to‘liq hujjatlar asosida olib boriladi. Hujjat lotincha so‘z bo‘lib, dalil, isbot degan ma’noni anglatadi. Bank foydalanadigan hujjat: 1. Muayyan operatsiyani bajarish uchun asos bo‘lishi, uning qonuniyligini tasdiqlashi; 2. Barcha kerakli ma’lumotlar, operatsiya mazmuni to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak. Bankdagi barcha operatsiyalar (hisob-kitob, kassa, kredit va boshqalar) pul hisobkitob hujjatlari asosida buxgalteriya hisobida aks etadi. Bular banklarga xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardan, jismoniy shaxslardan, boshqa banklardan keladi, shuningdek bankda tuziladi va ularning qonuniyligini tekshirish va bank nazoratini amalga oshirishga imkon beradigan bitimlar mohiyati to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Hujjatlardagi operatsiyaning mazmuni, uni hisobga olish uchun kerak bgan barcha belgilar hujjatlarning rekvizitlari yoki ko‘rsatkichlari deyiladi. Pul hisob-kitob hujjatlarining majburiy rekvizitlari quyidagilardir: - mijozning (muassasaning) nomi (jismoniy shaxslar uchun - familiyasi, ismi va sharifi) va soliq to‘lovchining identifikatsion raqami (STIR); - pul oluvchi va pul to‘lovchi mijozlar hisobvaraq raqamlari;- ularga xizmat ko‘rsatuvchi bank nomi va kodi; - hujjatning nomi va raqami, u tuzilgan sana va joy; - operatsiyaning nomi, maqsadi va summasi (raqam va so‘z bilan yoziladigan summa satrning boshidan katta harf bilan boshlanishi hamda tiyin raqam bilan yozilishi lozim);

- operatsiya bajargan shaxslarning (shaxsning) lavozimi, familiyasi hamda ismi va otasi ismining bosh harflari hamda imzosi; - mijoz muhri (muhr mavjud bo‘lsa) va mas’ul shaxslarining imzolari. Hujjatlarda operatsiya maqsadi aniq bayon etilishi lozim. Pul hisob-kitob hujjatlarida bo‘yash, chizish va tuzatishga yo‘l qo‘yilmaydi. Hujjatlar qog‘oz va elektron shaklda rasmiylashtiriladi. Qog‘oz hujjat bu pul-hisob-kitob hujjatining rekvizitlarini o‘zida aks ettirgan, bajarilayotgan bank operatsiyalarining qonuniyligini ta’minlovchi, ma’lumotlarni
saqlash, yozish, o‘qish, uzatish yoki tarqatish uchun ishlatilishi mumkin.

  1. Bank ichki nazorati, uning turlari va ahamiyati-Ichki nazorat - bu jarayon bo‘lib, bank kengashi, rahbariyat va bankning boshqa xodimlari tomonidan quyidagi maqsadlarga erishishni oqilona ta’minlash uchun amalga oshiriladi: - samaradorlik va operatsiyalarning samaradorligi; - moliyaviy hisobotlarning ishonchliligi. - amaldagi qonunlar va qoidalarga rioya qilish. Ushbu ta’rif ba’zi fundamental tushunchalarni aks ettiradi: - ichki nazorat bu jarayon. Bu maqsadga erishish vositasi, o‘zi maqsad emas; ichki nazorat xodimlar tomonidan amalga oshiriladi. Bu oddiy o‘quv qo‘llanmalar va shakllar emas, balki bankning barcha darajalaridagi xodimlari; - ichki nazorat bank kengashi va rahbariyati uchun mutlaq ishonchni emas, balki faqat oqilona ishonchni ta’minlaydi.- ichki nazorat bir yoki bir nechta alohida, ammo bir-birini to‘ldiruvchi maqsadlarga erishishga qaratilgan. Ichki nazoratning ahamiyati juda katta: uning yordami bilan mulkni himoya qilish, buxgalteriya hisobini yuritish sifati va hisobotlarni ishonchliligi, xizmat ko‘rsatish sifati, moliya va boshqa zaxiralarni aniqlash va safarbar qilish ta’minlanadi. Ichki nazorat bankning barcha sohalarini qamrab oladi va bankni boshqarish samaradorligini oshirishga qaratiladi. Bank ichki nazorati quyidagilarga qaratiladi:

- bank operatsiyalari va boshqa bitimlarni amalga oshirishda moliyaviy- xo‘jalik faoliyatining samaradorligi va natijaviyligi, aktivlar va passivlarni boshqarish samaradorligi, jumladan, aktivlarning but saqlanishini ta’minlash, bank tavakkalchiliklarini boshqarish; - moliyaviy, buxgalteriya, statistik va boshqa hisobotlarni o‘z vaqtida tuzish va taqdim etishda to‘g‘rilik, to‘liqlik, ob’ektivlik, shuningdek axborot xavfsizlikni ta’minlash; - bankning me’yoriy-huquqiy hujjatlari, ta’sis va ichki hujjatlariga rioya etish; - bank va uning xodimlarining qonunga xilof ishlarni amalga oshirishda ishtiroki, jumladan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishni istisno etish, shuningdek qonunchilikka binoan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tegishli davlat organlariga ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etish. Ichki nazorat operativ tarzda quyidagilarni ta’minlashi kerak: - aktivlarning butligini saqlash, bank resurslaridan tejamli va samarali foydalanish; - amaldagi qonunchilik va bank ichki hujjatlari talablariga rioya qilish; - bankning o‘rta va uzoq muddatli rivojlanish strategiyasi va biznes- rejalarini bajarish; - buxgalteriya hujjatlari, moliyaviy hisobotlar, boshqaruv faoliyatiga oid hujjatlar to‘liqligi va to‘g‘riligi; - bank faoliyatida tavakkalchilikning paydo bo‘lishi davrida uni aniqlash va tahlil qilish; - bank faoliyatida tavakkalchilikni rejalashtirish va boshqarish, jumladan, tavakkalchilikni boshqarish bo‘yicha to‘g‘ri qarorlarni o‘z vaqtida qabul qilish.

  1. Banklarda asosiy vositalar hisobi.- Ўзбекистон Республикаси банкларида асосий воситаларнинг бухгалтерия ҳисобини юритиш "Ўзбекистон Республикаси банкларида асосий воситаларнинг бухгалтерия ҳисобини юритиш тўғрисида ЙЎРИҚНОМА (Рўйхат рақами 1434, 2004 йил 17 декабрь) талаблари асосида 2022 йил 26 февралга қадар амалга оширилар эди. Хозирги кунда 26.11.2021 йилда тасдиқланган “Тижорат банкларида бухгалтерия ҳисобининг ҳисобварақлар режаси”ги № 3336 асосида ҳисобга олинади. Шунингдек 16-МҲХС "Асосий воситалар" номли халқаро стандарт талабларига мос келиши лозим.Асосий воситалар - бу моддий активлар бўлиб: а) банк фаолиятида банк хизматларини кўрсатиш жараёнида, ижарага бериш учун ёки маъмурий мақсадларда улардан фойдаланилади; б) улар бир йилдан ортиқ вақт мобайнида фойдаланишга мўлжалланган бўлади. Сотиб олинган асосий воситалар балансда бошланғич (ҳақиқий) қиймати бўйича акс эттирилади. • Бошланғич (ҳақиқий) қиймат - бу воситани сотиб олиш ёки уни қуриш (бино қуриш ва қурилишни тугаллаш) билан боғлиқ барча харажатлар, шу жумладан, тўланган солиқлар, божхона божлари ва йиғинлари, xамда етказиб бериш, монтаж, ўрнатиш ва ишга тушириш билан боғлиқ бевосита активдан белгиланган мақсадда фойдалана олиш учун уни ишчи холатига келтириш билан боғлиқ бўлган бошқа барча харажатларнинг суммасидир. Хорижий валюта ҳисобига сотиб олинган асосий воситалар балансда давлат божхона декларацияси расмийлаштирилган кундаги Марказий банкнинг курси бўйича миллий валютада акс эттирилади ҳамда хорижий валютанинг курси ўзгариши муносабати билан уларга қайта баҳоланмайди. Қурилган асосий воситалар дастлаб балансда қурилишнинг амалдаги таннархи бўйича акс эттирилади. Техника олинган асосий воситалар балансда дастлаб реал (ҳақиқий) қиймат бўйича тан олинади. Текинга олинган асосий воситаларнинг қиймати, қонунчиликка мувофиқ баҳолаш фаолияти билан шуғулланиш ҳуқуқига эга бўлган экспертлар томонидан ёки асосий воситаларни топшириш- қабул қилиш тўғрисидаги ҳужжатлар маълумотлари бўйича аниқланади. Асосий воситалар, лойиҳа-тадқиқот ишлари, қурилиш материаллари, меҳнат, бино (иншоот)лар қурилиши (таъмирланиши) билан боғлиқ харажатлар ва асосий воситаларни сотиб олиш билан боғлиқ бошқа капиталлаштирилган ҳаражатлар қийматини олдиндан тўлиқ ёки қисман тўлаш қуйидаги бухгалтерия ёзувлари билан расмийлаштирилади: Дт 19909 Товар-моддий қимматликлари учун тўланган маблағлар, 19907 Хизматлар учун олдиндан тўланган харажатлар Кт Банкнинг вакиллик ҳисобварағи ёки мижоз ҳисобварағи . Сотиб олинган бинолар (иншоотлар) балансда қуйидаги бухгалтерия ўтказмаси билан акс эттирилади.

Дт 16509 "Банкнинг иморатлари - Бинолар ва бошқа иморатлар“ Кт 19909 Товар-моддий қимматликлари учун тўланган маблағлар, 19907 Хизматлар учун олдиндан тўланган харажатлар. Асосий воситаларга эскириш улар фойдаланишга топширилган ойдан кейинги ойдан бошлаб ҳисобланади. Асосий воситаларнинг амортизацияланадиган суммаси уларнинг фойдали хизмат қилиш муддати мобайнидаги ойлар бўйича мутаносиб равишда банк ҳаражатларига ўтказилади. Асосий воситаларнинг фойдали хизмат қилиш муддати қуйидагича
аниқланади: • а) мавжуд амортизация нормалари ёрдамида; ёки • б) активнинг банкка келтириши тахмин қилинаётган фойдасини баҳолаш йўли билан. Объектнинг фойдали хизмат қилиш муддати йилларда, бажарилган ишлар ёки кўрстилган хизматлар ҳажмида, юритиш кўрсатгичида (агар автомобил назарда тутилса) ўлчаниши мумкин. Асосий воситаларнинг фойдали хизмат қилиш муддатини узайтиришга олиб келадиган харажатларни, шунингдек, ушбу муддатни қисқартирадиган технологик ўзгаришлрни ҳисобга олган ҳолда, банклар томонидан фойдали хизмат қилиш муддати қайта кўриб чиқилиши мумкин. Асосий воситанинг фойдали хизмат қилиш муддати, унинг дастлабки кўрсаткичларини яхшилайдиган кейинги харажатлар натижасида (капитал таъмирлаш, такомиллаштириш ва бошқа ҳолларда) узайтирилиши мумкин. Ва аксинча, технологик ўзгаришлар ёки хизмат кўрсатиш бозоридаги ўзгаришлар активнинг фойдали хизмат қилиш муддатини қисқартириш мумкин. Бундай ҳолларда фойдали хизмат муддати ва шундан келиб чиқиб, амортизация нормаси жорий ва келажак даврлар учун тўғриланади.

  1. Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari.- O‘zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotining rivojlanishida banklar alohida o‘rin egallaydi. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan, “Bank – tijorat tashkiloti bo‘lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan quyidagi faoliyat turlari majmuyini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir: – yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul qilingan mablag‘lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish; to‘lovlarni amalga oshirish” Banklar o‘z faoliyatida ko‘plab operatsiyalarni bajaradi. Ularga yuridik va jismoniy shaxslarning. banklarning hisobvaraqlarini ochish, yuritish, hisobvaraqlar bo‘yicha hisob-kitoblar o‘tkazish, omonatlar jalb etish, kreditlar berish, qimmatli qog‘ozlar chiqarish, xarid qilish va sotish, moliyaviy lizing xizmatini ko‘rsatish, kassa operatsiyalarini bajarish, chet el valutasini sotish va xarid qilish (https://fayllar.org/xarid-qilish-muddati-nima.html), pul mablag‘lari, hisob-kitob hujjatlarini inkasso qilish va bir qator boshqa operatsiyalarni kiritish mumkin. Banklarda buxgalteriya hisobini yuritishning metodologik asoslari Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil etish asoslari milliy iqtisodiyotimizning turli tarmoqlariga qarashli korxona va tashkilotlarning buxgalteriya hisobi asoslari bilan deyarli o‘xshash. Ular O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonunida o‘z ifodasini topgan. Ushbu qonundan kelib chiqqan holda banklarda buxgalteriya hisobini yuritishning metodologik asoslari quyidagilar hisoblanadi:

xo‘jalik faoliyati haqidagi ma’lumotlarni dastlabki hujjatlarda aks ettirish; xo‘jalik operatsiyalarini, bank mulkini puldagi ifodasini belgilash; v) barcha operatsiyalarni ikkiyoqlama yozuv asosida guruhlash, bunda yozuvlarni hisobvaraqlar rejasidagi hisob raqamlari asosida olib borish; g) hisob-kitob va boshqa operatsiyalar yakunida ma’lum sanaga bank xo‘jalik faoliyatiga tavsif berish, ya’ni bank balansini tuzish. Banklarda buxgalteriya ishini tashkil etish asoslari korxonalar buxgalteriya hisobiga o‘xshash bo‘lsada, ba’zi bir o‘ziga xos xususiyatlari ham mavjud. Shu sababli banklarda buxgalteriya hisobini tashkil qilishda quyidagi huquqiy va me’yoriy hujjatlar asos qilib olinadi: Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil qilish qoidalari “O‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008 yil 3 maydagi 11/5-sonli qarori bilan tasdiqlangan yo‘riqnomada batafsil yoritilgan. Ushbu yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2008-yil 11-iyulda 1834-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Banklarda buxgalteriya hisobi oldiga bir qator vazifalar qo‘yilgan bo‘lib, ularni quyida sanab chiqamiz. Bank buxgalteriya hisobining vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin: hisob-kitoblardagi mablag‘lar aylanishini tezlashtirish, mijozlarga tez va puxta xizmat ko‘rsatish hisob-kitob, kassa, valuta, kredit hamda boshqa bank operatsiyalarini to‘g‘ri bajarish; bajarilgan operatsiyalar buxgalteriya hisobi va hisobotida o‘z vaqtida hamda aniq aks ettirilishini ta’minlash; bankdan chiqadigan hujjatlarni tegishlicha rasmiylashtirish va buning natijasida bu hujjat borgan joyda ulardan foydalanishni yengillashtirish, shuningdek, boshqa banklarda ana shu hujjatlar bilan operatsiyalar bajarilayotganda hamda ular tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan mijozlar hisobvaraqlarining hisobi yuritilayotganda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolarning, g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarning oldini olish; bankda turgan pul mablag‘lari, moddiy boyliklar, shuningdek, qat’iy hisobi yuritiladigan blankalar kam chiqish yoki ortiqcha sarflab yuborilishining oldini olish, operatsiyalar bajarilayotganda bank mansabdor shaxslari qonunga zid xatti-harakatlar qilgan, boyliklar va hujjatlar yo‘qotib qo‘yilgan hollarda ular javobgarligini hujjatlar bilan asoslash; zamonaviy komputer texnikasi vositalaridan keng foydalanish asosida bank operatsiyalarini bajarish uchun mehnat va mablag‘ sarfini kamaytirish, ular hisobini yuritish, hisobotlar tuzish va hokazo. Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil etishda hisob ishlari hajmini aniqlab olish, buxgalteriya xodimlari sonini, ular o‘rtasida hisob ishlari taqsimotini, qo‘llaniladigan hisob shaklini (https://fayllar.org/mavzu-kontseptual-modellash-libos-shaklini-yaratish-ish-maqsad.html), hisob ishlarida hisoblash texnikalaridan foydalanishini belgilab olish kerak bo‘ladi. Shu bilan birga, bank faoliyatiga taalluqli qarorlarni to‘g‘ri qabul qilinishi buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisob ma’lumotlarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri tuzilganligiga bog‘liq bo‘ladi. O‘z vaqtida olinmagan yoki noto‘g‘ri yuritilgan buxgalteriya hisob ma’lumotlari noto‘g‘ri qarorlar qabul qilinishiga, natijada banklarning zarar ko‘rishiga, ba’zi hollarda esa bankrotlik holatiga kelishga ham sabab bo‘lishi mumkin.



  1. Banklarda factoring operatsiyalari hisobi.-Факторинг операциялари ҳисоби Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги томонидан 2021 йил 26 ноябрда 3336 сон билан рўйхатга олинган "Ўзбекистон Республикаси тижорат банкларида бухгалтерия ҳисоби "хисобварақлар режаси"га мувофиқ юритилади. Факторинг операцияларига хос бўлган юқори даражадаги хатар муносабати билан банклар ҳар ойда Адлия вазирлиги 2015 йил 14 июлда 2696-сон билан рўйхатга олган "Тижорат банкларида активлар сифатини таснифлаш ва активлар бўйича эҳтимолий йўқотишларни қоплаш учун захиралар шакллантириш ҳамда улардан фойдаланиш тартиби тўғрисида»ги низомга мувофиқ факторинг операциялари сифатини таснифлашлари шарт. Факторинг хизматларини кўрсатиш шартномасини тузиш чоғида мижоз ва банк-молиявий агент тўловчини ушбу битим тўғрисида ёзма равишда хабардор қилади. Банк факторинг операцияларида мижоз тўлов талабномасининг юқори қисмида штамп қўйиши ёки "Факторинг" деб ёзиб қўйиши ва кредит бўйича банк- молиявий агент факторинг ҳисобварағининг рақамини кўрсатиши керак.

  2. Banklarda kirim kassa operatsiyalari hisobi.

Kassaning kirim operatsiyalari deb, korxona va tashkilotlardan tushadigan naqd pul tushumini, turli naqd pul ko‘rinishdagi badallar, fuqarolarning naqd pul omonatlari, ish xaqiga olingan pul mablag‘larining tarqatilmay qolgan qismi kabi to‘lovlarni naqd pul ko‘rinishida bank kassa xodimi tomonidan qabul qilinishga aytiladi. Mijozlar tomonidan topshiriladigan naqd bank kassasiga turli xil yo‘llar bilan topshirilishi mumkin. Ular naqd pullarni o‘zlari, inkasatorlar orqali yoki maxsus kassalar orqali bankka topshiradilar. Bank kassalariga naqd pullarni qabul qilish quyidagi hujjatlarga asosan amalga oshiriladi: a) bank mijozlari bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardan naqd pullarni topshirish e’loni bo‘yicha.b) bank xodimlari tomonidan bankka etkazilgan zararni qoplash uchun, xizmat safariga olingan bo‘nakning sarflanmagan qismini qaytarish va boshqa shu kabi holatlarda bank xodimlaridan kirim kassa orderi (bank faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan naqd puldagi kirim operatsiyalarini, xususan bankning bir hisobvarag‘idagi naqd pullarini ikkinchi bir hisobvaraqqa kirim qilishda, shuningdek olib kelingan madad pullarini bank kassasiga kirim qilishda foydalaniladi) bo‘yicha. Kirim kassa orderi uch nusxada to‘ldiriladi. Uning birinchi nusxasi kunlik kassa hujjatlariga tikiladi, ikkinchi nusxasi buxgalteriya xodimlariga va uchinchi nusxasi kirim kassasi kassirining imzosi va muhri qo‘yilgan holda naqd pulni topshirgan bank xodimiga beriladi. v) jismoniy shaxslardan kommunal to‘lovlarni qabul qilish, aholiga kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan maxsus blanklar bo‘yicha; g) jismoniy shaxslardan bir martalik (soliq to‘lovlaridan tashqari) to‘lovlarni aholidan bir martalik to‘lovlarni qabul qilish blanki bo‘yicha;d) aholidan bank depozit hisobvaraqlariga omonatlarni naqd pulda qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi banklarida depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomada (ro‘yxat raqami 2711, 2015 yil 26 avgust) ko‘rsatilgan blanklar bo‘yicha; e) jismoniy shaxslardan soliq to‘lovlarini qabul qilish mazkur jismoniy shaxsning soliq to‘lovlari uchun maxsus blanki asosida amalga oshiriladi. Bank kassalariga naqd pullar kirim qilinganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi: a) qonun hujjatlariga muvofiq bank mijozlari bo‘lgan xo‘jalik sub’ektlari tomonidan naqd pullarni bevosita olib kelish yo‘li bilan hamda jismoniy shaxslar tomonidan omonatlarga naqd pullar topshirilganda: Debet 10101 — «Aylanma kassadagi naqd pullar»/ 10111 — «Amaliyot kassalaridagi naqd pullar» Kredit «Mijozlarning depozit hisobvarag‘i»; b) jismoniy shaxslar tomonidan bir martalik to‘lovlar (soliq to‘lovlari, jarimalar, kommunal va boshqa to‘lovlar) uchun naqd pullar topshirilganda: Debet 10101 — «Aylanma kassadagi naqd pullar»/ 10111 — «Amaliyot kassalaridagi naqd pullar»
Kredit 29824 — «Naqd pul mablag‘lari bo‘yicha jismoniy shaxslarning maqsadli hisob-kitoblarg) jismoniy shaxslar tomonidan olingan kreditlar bo‘yicha foizlar to‘lovi uchun naqd pul topshirilganda: Debet 10101 — «Aylanma kassadagi naqd pullar»/ 10111 — «Amaliyot kassalaridagi naqd pullar» Kredit 16309 — «Kreditlar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar» yoki Kredit 16377 — «Shartnomaga ko‘ra hisoblab yozilgan, biroq muddatida to‘lanmagan olinishi lozim bo‘lgan foizlar» yoki Kredit 42005 — «Jismoniy shaxslarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar» (balansdan tashqari hisobvaraqlarda hisobga olinayotgan foizlar to‘langanda); d) jismoniy shaxslar tomonidan olingan kreditlar bo‘yicha vaqtida to‘lanmagan foizlar uchun penya va jarimalar naqd pulda to‘langanda: Debet 10101 — «Aylanma kassadagi naqd pullar»/ 10111 — «Amaliyot kassalaridagi naqd pullar» Kredit 16405 — «Hisoblangan jarima va penyalar»

  1. Banklarda kreditlarning qaytarilishi hisobi- Қисқа муддатли кредитларни қайтарилиши қарз олувчининг асосий, шунингдек иккиламчи талаб қилиб олингунча депозит ҳисобварақларидан қуйидаги бухгалтерия ўтказмаси орқали амалга оширилади: Дебет - Қарз олувчининг талаб қилиб олунгунча депозит ҳисобварағи Кредит – 11900-13300 (тегишли кредит ҳисобварағи) Агар кредит кафолат берувчи (кафил) томонидан қайтарилса, қуйидаги бухгалтерия ўтказмаси амалга оширилади: Дебет – Кафолат берувчи (кафил) талаб қилиб олингунча депозит ҳисобварағи, ёки 10301 – Марказий банкдаги вакиллик ҳисобварағи – Ностро Кредит – 11900-13300 (тегишли кредит ҳисобварағи. Шу билан биргаликда қайтарилган кредит суммаси балансдан ташқари ҳисобварақда қуйидагича ҳисобга олинади: Дебет –96345 - Қарздорларнинг қисқа муддатли кредитлар бўйича мажбуриятлари контр-ҳисобварағи Кредит – 91901 - Қарздорларнинг қисқа мудатли кредитлар бўйича мажбуриятлари. Узоқ муддатли кредитларни қайтарилиши қарз олувчининг асосий, шунингдек иккиламчи талаб қилиб олингунча депозит ҳисобварақларидан қуйидаги бухгалтерия ўтказмаси орқали амалга оширилади: Дебет- Қарз олувчининг талаб қилиб олунгунча депозит ҳисобварағи Кредит – 14300-15500 (тегишли кредит ҳисобварағи) Агар кредит кафолат берувчи (кафил) томонидан қайтарилса, қуйидаги бухгалтерия ўтказмаси амалга оширилади: Дебет – Кафолат берувчи (кафил) талаб қилиб олингунча депозит ҳисобварағи, ёки 10301 – Марказий банкдаги вакиллик ҳисобварағи – Ностро Кредит – 14300-15500 (тегишли кредит ҳисобварағи). Жисмоний шахслар томонидан олинган кредитлар нақд пулда қайтарилиши мумкин: Бунда қуйидаги бухгалтерия проводкаси келтирилади: • Дебет – 10100 – “Кассадаги нақд пул ва бошқа тўлов ҳужжатлари” Кредит 12500 Жисмоний шахсларга берилган қисқа муддатли кредитлар; 14900 Жисмоний шахсларга берилган узоқ муддатли кредитлар. Кредит ва ҳисобланган фоиз тўлиқ қайтарилганда таъминот балансдан ташқари ҳисобварақлардан ҳисобдан чиқарилади: Дебет 96381 Гаров сифатидаги қимматли қоғозлар, мулклар ва мулкий ҳуқуқ(талаб)лар бўйича контр-ҳисобварақ Кредит 94501- Гаров сифатида олинган қимматли қоғозлар •Кредит 94502- Гаров сифатида олинган мулклар ва мулкий ҳуқуқ(талаб)лар •Кредит 94503- Гаров сифатида олинган кафолат ва кафилликлар

  2. Banklarda nomoddiy aktivlar hisobi.- Номоддий активлар - бу номонетар, идентификация қилинадиган активлар бўлиб, моддий ва жисм шаклига эга бўлмаган, фойдали хизмат муддати бир йилдан ортиқ бўлган, ҳамда улардан банк хизматлари кўрсатишда ёки маъмурий мақсадлар учун фойдаланишга мўлжалланган активлардир. Номоддий активларга патентлар, муаллифлик ҳуқуқлари, гудвилл (goodwill), савдо маркалари, компьютер дастурий таъминотлари, лицензиялар ва шу кабилар тегишлидир. Агар дастурий таъминот тегишли жиҳознинг таркибий қисми бўлса, у моддий актив сифатида қаралади. Агар дастурий таъминот тегишли жиҳознинг таркибий қисми бўлмаса, у номоддий актив ҳисобланади. Номоддий активлар ҳисобини юритишнинг асосий қоидалари, уларнинг баланс қиймати ва шу активларга нисбатан қўлланилиши мумкин бўлган амортизация усулларини аниқлаш, шунингдек номоддий активлар баланс қийматининг ўзгаришини аниқлаш ва ҳисобини юритиш, амортизацияни ҳисоблаш тартиби ҳамда уларни ҳисобдан (яъни балансдан) чиқаришдан кўрилган молиявий натижалар ҳисобини юритиш тартибларидан иборатдир. Банкнинг номоддий активлари қуйидаги усулларда шаклланади: Сотиб олиш, банк ичида ишлаб чиқиш(яратиш), текинга олиш. Агар актив номоддий активнинг таърифига жавоб берса, банк томонидан келажакда иқтисодий самара олиш эҳтимолий мавжуд бўлса ва активнинг қийматини ишончли аниқлаш мумкин бўлса, ушбу актив номоддий актив сифатида тан олиниши лозим. Ушбу талаб четдан сотиб олинган номоддий активлар билан бирга банк ичида яратилган номоддий активлар учун ҳам қўлланилади. Банк активдан унумли фойдаланиш муддати давомида мавжуд бўладиган ва келажакда олинадиган иқтисодий самара эҳтимолини баҳолаши керак. Номоддий активлардан келадиган келажакдаги иқтисодий самара, банк томонидан активдан фойдаланиш натижасида вужудга келадиган, хизматларни сотишдан келиб тушган тушум, харажатларни тежаш ҳамда бошқа фойдаларни ўз ичига олиши мумкин. Сотиб олинган номоддий актив бошланғич (ҳақиқий) қиймати бўйича баҳоланади ва ҳисобга олинади. Номоддий активларнинг бошланғич қийматининг ўзгаришига уларнинг фақат қайта баҳоланиши натижасида рухсат этилиши мумкин. Номоддий активларнинг аналитик ҳисоби ҳар бир номоддий актив бўйича очилган тегишли шахсий ҳисобварақларда юритилади. Хорижий валютага сотиб олинган номоддий активлар, балансда миллий валютада Марказий банкнинг хорижий валютага нисбатан давлат божхона декларацияси расмийлаштирилган кундаги курси бўйича акс эттирилади ва хорижий валюта курсининг ўзгариши муносабати билан қайта баҳоланмайди.Банк ичида яратилган номоддий активлар, балансда ҳақиқий таннархи бўйича акс эттирилади. Бепул олинган номоддий активлар дастлаб балансда реал (ҳақиқий) қиймати бўйича акс эттирилади. Бепул олинган номоддий активларнинг қиймати, қонунчиликка мувофиқ баҳолаш фаолияти билан шуғулланиш ҳуқуқига эга бўлган экспертлар томонидан ёки қабул қилиш-топшириш ҳужжатларидаги активлар маълумотлари асосида аниқланади. Номоддий активлар қийматининг олдиндан тўлиқ ёки қисман тўланиши қуйидаги бухгалтерия ёзувлари билан расмийлаштирилади: • Дт 19909 "Товар-моддий қимматликлари учун тўланган маблағлар" • Кт Банкнинг вакиллик ҳисобварағи ёки мижоз ҳисобварағи активлар келиб тушганда: • Дт 16601 "Номоддий активлар" • Кт 19909 "Товар-моддий қимматликлари учун тўланган маблағлар". Агар банк номоддий активлар келиб тушгандан кейин тўловни амалга оширса, қуйидаги бухгалетрия ўтказмалари амалга оширилади: 1) Номоддий активлар келиб тушганда балансда қуйидагича акс этирилади: • Дт 16601 "Номоддий активлар" • Кт 29802 "Кўрсатилган хизматлар ва моддий товар қимматликлари учун тўланадиган маблағлар ҳисоб-

китоби" 2) номоддий активлар қиймати тўланганда: • Дт 29802 "Кўрсатилган хизматлар ва моддий товар қимматликлари тўланадиган маблағлар ҳисоб-китоби" • Кт Банкнинг вакиллик ҳисобварағи ёки мижоз ҳисобварағи. Ишлаб чиқиш натижасида яратилган активлар, агар банк қуйидагиларни барчасини номойиш эта олса, балансда номоддий актив сифатида тан олинади: а) номоддий активнинг яратилишини тугаллашининг техник имконияти мавжуд бўлиши ва уни фойдаланиш ёки сотиш мумкин бўлиши; б) номоддий активни яратишни ниҳоясига етказиш ниятининг мавжудлиги, уни ишлатиш ёки сота олиш қобилиятига эга бўлиши; в) номоддий активнинг келажакда иқтисодий самара келтира олиш имконияти. Бундан ташқари, банк номоддий активнинг натижалари ёки унинг ўзи учун бозор мавжудлигини кўрсата олиши керак. Агарда уни банк ичида ишлатилиши кўзда тутилаётган бўлса, номоддий активнинг фойдалилигини баҳолаш зарур; г) активнинг яратилишини якунлаш ва ишлатиш ёки сотиш учун етарли техник, молиявий ҳамда бошқа ресурс (манба)ларнинг мавжудлиги; д) номоддий актив яратилиши жараёнида уни ишлаб чиқиш билан боғлиқ харажатларни ишончли баҳолаш қобилияти. Ички яратилган номоддий активнинг таннархи уни яратиш учун ва мақсади бўйича ишлатиш учун бевосита амалга оширилган барча харажатларни ўз ичига олади. Таннархга қуйидагилар киради: 1) номоддий активни яратиш жараёнида фойдаланилган ёки сотиб олинган материаллар ва хизматлар учун сарфланган харажатлар; 2) активни яратиш билан бевосита банд бўлган ходимларга тўланган иш ҳақи ва улар билан боғлиқ бошқа харажатлар; 3) яратилаётган активнинг қийматига бевосита қўшиладиган, юридик ҳуқуқни рўйхатдан ўтказиш бўйича бож тўловлари ва активни яратиш учун фойдаланилган патент ва лицензиялар амортизацияси каби барча харажатлар; 4) активлар таркибига киритилиши мумкин бўлган ва уни яратишда зарур бўлган қўшимча харажатлар.

  1. Bosh kitob va uning tavsifi.-Bosh kitob banklarda umumlashgan hisob xaqida axborot berib, bank moliya hisobotlarida ko‘rsatiladigan hisobvaraqlar guruhi bo‘lib hisoblanadi. Bosh kitobga yanada to‘liqroq ta’rif beradigan bo‘lsak, Bosh kitob balans hisobvaraqlari bo‘yicha yordamchi kitob ma’lumotlari to‘plamidir. Bosh kitobda bank operatsiyalarini hisobini yuritish, guruhlash va ularga doir hisobotlarni tuzishda qo‘llaniladigan jamlanma ma’lumotlar qayd etiladi. Unda har bir hisobvaraq bo‘yicha kun boshiga qoldiq, kun davomida amalga oshirgan operatsiyalarning aylanmasi va kun oxiriga qoldiq summalari aks ettiriladi. Bosh kitob bu biznesning barcha hisob yozuvlarini aks ettiruvchi qaydlar. Yordamchi kitobdagi ma’lumotlar Bosh kitobda jamlanadi. Bosh kitob ma’lumotlari asosida quyidagilar tuziladi: - balans hisobvaraqlarining kunlik qoldiq summalari - kunlik balans; - balans hisobvaraqlari bo‘yicha aylanmalar va kun boshiga va oxiriga qoldiq summalari - aylanma-qoldiq summalari qaydnomasi; - oylik, choraklik va yillik aylanma-qoldiq summalari qaydnomalari. Bosh buxgalterning xohishiga ko‘ra, emissiya-kassa operatsiyalari, xorijiy operatsiyalar, shuningdek, «Ko‘zda tutilmagan holatlar» hisobvaraqlari bo‘yicha jamlanma kartochkalar yuritilishi mumkin. Har kuni dasturiy yo‘l bilan hisobvaraqlar aylanmalari va qoldiqlari to‘g‘risidagi jamlanma ma’lumotlar olinadi. Ularda balans hisobvaraqlarining raqamlari, hisobvaraqlar nomlari, har bir hisobvaraq bo‘yicha kun boshiga qoldiq summasi, debet va kredit aylanmalari hamda kun oxiriga qoldiq summasi ko‘rsatiladi. Bankda balans xar kuni tuziladi. Balansning xar ikki aktiv hamda passiv qismlarining o‘zaro tengligi bank ishi kuni yakunlanganligini bildiradi. Bosh kitobning barcha materiallari qatori kundalik balans xozirgi kunda bankda dasturiy yo‘l bilan kompyuter yordamida tayyorlanadi. Banklar kunlik bajarilgan buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o‘rnatilgan shaklda kunlik balans hisoboti tuzadi. Kunlik balans hisoboti Bosh bank tomonidan butun bank bo‘yicha yagona qilib tayyorlanadi. Bosh bankning Buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti (boshqarmasi) tomonidan yagona balans hisobotini tuzish ustidan monitoring o‘rnatiladi. Yagona balans «Bank binosidan tashqarida joylashgan mas’ul ijrochi buxgalter» qoidasi asosida shakllantiriladi. Bunda, ma’lumotlarni qayta ishlovchi Bosh server Bosh bankda, filiallarda esa yagona lokal hisoblash tarmog‘iga ulangan buxgalter, iqtisodchi, filial rahbariyati va boshqa xodimlarning ishchi stantsiyalari joylashgan bo‘ladi. Filiallarda barcha pul hisob-kitob hujjatlari (to‘lov topshiriqnomasi, to‘lov talabnomasi, inkassa topshiriqnomasi, akkreditivga ariza, memorial orderlar, inkasso qilingan pul tushumlariga ilova ro‘yxati, e’lonnoma va pul cheklari) asosida amalga oshirilayotgan operatsiyalar maxsus o‘rnatilgan belgilar sifatida Bosh serverga avtomatik uzatiladi va shu zahoti Bosh serverda aks ettiriladi. Har ish kuni oxirida Bosh bankda kun davomida amalga oshirilgan operatsiyalarning banklararo, filiallararo va ichki bank operatsiyalariga bo‘lingan holdagi ro‘yxati tayyorlanadi. Bu operatsiyalarning jamlanma summasi kun mobaynida amalga oshirilgan butun bank operatsiyalari summasiga teng bo‘lishi lozim.

  2. Bosh va yordamchi kitoblarning mazmuni.-Birlamchi buxgalteriya operatsiyalarini o‘zida aks ettirib, ular xaqida mufassal axborot beruvchi hisobvaraqlar guruhi analitik hisob, ya’ni yordamchi kitob deb yuritiladi. Yordamchi kitob bu biznes tranzaktsiyalarini xronologik asosda debet va kredit bo‘yicha hujjatda ro‘yxatga olish. Bosh kitob banklarda umumlashgan hisob xaqida axborot berib, bank moliya hisobotlarida ko‘rsatiladigan hisobvaraqlar guruhi bo‘lib hisoblanadi. Bosh kitobga yanada to‘liqroq ta’rif beradigan bo‘lsak, Bosh kitob balans hisobvaraqlari bo‘yicha yordamchi kitob ma’lumotlari to‘plamidi. Bankda bajarilayotgan barcha operatsiyalar bank buxgalteriya hisobi materiallarida aks ettiriladi, lekin buxgalteriya yozuvlarini bajarishda, xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi mumkin. Shuning uchun yordamchi kitob materiallaridagi yozuvlar qanchalik to‘g‘ri aks ettirilgani, ularni umumiy ma’lumotlar bo‘yicha yozuvlarning Bosh kitob ma’lumotlari bilan mos kelishi doimo nazorat qilinadi. Nazorat qilish shaxsiy hisobvaraqlardagi yozuvlarni tekshirishdan boshlanadi. Shaxsiy hisobvaraqlardagi yozuvlarni shu hisobvaraqlarni yuritish topshirilgan buxgalteriya xodimlari nazorat qiladilar. Bunda shaxsiy hisobvaraqadagi barcha yozuvlar bankning vakolatli xodimlari nazoratidan o‘tgan va operatsiyalar rasmiylashtirilayotganida ular imzolagan tegishli hujjatlarga mosligi, hujjatlarga tegishli rekvizitlar va hujjatlarning summalari shaxsiy hisobvaraqlarga to‘g‘ri o‘tkazilganligi tekshiriladi. Shaxsiy hisobvaraqlardagi yozuvlar debet va alohida kredit bo‘yicha hujjatlardagi yozuvlarning summalarini bankka kelib tushgan hujjatlar bilan, shuningdek boshqa banklardan kelgan elektron to‘lov hujjatlari bilan bandma-band solishtirish orqali tekshiriladi. Shaxsiy hisobvaraqlardagi kun boshidagi qoldiq summalari ularni o‘tgan kundagi shaxsiy hisobvaraqlar qaydnomasining kun oxiridagi qoldiqlar summalari bilan solishtirish orqali tekshirib chiqiladi. Shaxsiy hisobvaraqlarning kun oxiridagi qoldiqlari kundalik aylanma-qoldiq summalar qaydnomasi bo‘yicha hamda quyidagilarni taqqoslash yo‘li bilan tekshiriladi: hisobvaraq raqami, hisobvaraq nomi va kun oxiridagi qoldiq (bu qoldiq shaxsiy hisobvaraqlardagi qoldiqlar bilan taqqoslanadi). Bosh kitobning nazorat hisobvaraqlaridagi ma’lumotlar Yordamchi kitobdagi tegishli hisobvaraqlarning yakuniy summalari bilan taqqoslanadi. Agar dastlabki yozuvlarda xato bo‘lmasa, summalar teng chiqadi.

  3. Buxgalteriya xodimining huquq va majburiyatlari- Bank bosh buxgalterining vazifalari, huquqlari va javobgarligi. Bank bosh buxgalteri bankda hisob-operatsion ishlarni tashkil etadi, bankning moddiy va moliyaviy resurslarining to‘la saqlanishini ta’minlaydi. U bank rahbari tomonidan bosh buxgalter vazifasiga tayinlanadi va vazifasidan bo‘shatiladi. Agar bankning yuqori bank tashkiloti bo‘lsa, yuqori bank tashkiloti rahbari, buxgalteriya hisobi boshqarmasi boshlig‘i bilan kelishiladi va Markaziy bank boshqaruvi qoshidagi Komissiya taqdimotidan o‘tkaziladi. Har bir bankda xodimlarning lavozim vazifalari ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Bankning bosh buxgalteri “Bank tizimining bosh buxgalterlari to‘g‘risidagi” Nizom asosida ish olib boradi. Bank bosh buxgalterining vazifalari. Bosh buxgalter buxgalteriya hisobini bank hisob siyosatida va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan qoidalar asosida tashkil etib, quyidagi vazifalarni bajaradi: buxgalteriya hisobi ishlarini zamonaviy texnik vositalari va axborot texnologiyasidan foydalangan holda oqilona tashkil etilishi, buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida bank operatsiyalarini to‘g‘ri va haqqoniy aks ettirilishi hamda foydalanuvchilar uchun ishonchli moliyaviy hisobotlarni o‘z vaqtida taqdim qilish; bankka kelib tushgan pul hisob-kitob hujjatlari bo‘yicha operatsiyalarning tegishli hisobvaraqlarida aks ettirilib, kunlik balans tuzilishi va tegishli joyga topshirilishini tashkil etish mijozlarga hisobvaraqlar ochish va hisobvaraqlarni yopish; mijozlardan kelib tushadigan pul hisob-kitob hujjatlarining shakli va mazmuni bo‘yicha to‘g‘ri rasmiylashtirilishi va ular bo‘yicha operatsiyalarni o‘z vaqtida o‘tkazilishi; ichki bank operatsiyalarining qonuniy bajarilishini va ular ustidan monitoring o‘rnatish, mablag‘ va qimmatliklar but saqlanishi; elektron to‘lov hujjatlarining to‘g‘ri shakllantirilishini ularning asl nusxasi bilan solishtirish orqali tekshirish; bank amaliyot kunini yakunlash va kun oxiriga kunlik balans tuzish; hujjatlarining asl va elektron nusxalarini ish kuni oxirigacha yoki keyingi bank ish kuni ertalab soat 10.00 dan kechiktirmasdan belgilangan tartibda taxlanishini va arxivga topshirishni ta’minlash; o‘z tasarrufida bo‘lgan bank filiallari, sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlarining buxgalteriya ko‘rsatkichlari bo‘yicha belgilangan tartibda yillik jamlangan moliyaviy hisobotlar.bank daromadlari va xarajatlarini hisoblash usulini qo‘llagan holda Bosh kitob va hisobotlarda to‘g‘ri aks ettirilishi; buxgalteriya hisobi, hisoboti, nazorat va iqtisodiy tahlil masalalari yuzasidan xodimlarga o‘z vaqtida yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish; ish haqi fondining to‘g‘ri sarflanishi, mansab maoshlarining to‘g‘ri belgilanishi, shtatlar, moliya va kassa intizomiga qat’iy rioya etilishini ta’minlash. Bank bosh buxgalterining huquqlari. Bankning barcha hisob-operatsion apparat xodimlari bosh buxgalterga bo‘ysunadilar. Bosh buxgalter hisob- operatsion apparat xodimlari uchun majburiyatlar belgilab, o‘z vazifalarini bajarish uchun shart-sharoit yaratadi. Operatsiyalarni bajarish yoki rasmiylashtirish bo‘yicha buxgalterning ko‘rsatmalarini bajarish barcha bank xodimlari uchun majburiy hisoblanadi. Bosh buxgalterning ko‘rsatmalarini bajarmaganligi yoki noto‘g‘ri ba- jarganligi uchun mukofotdan butunlay, qisman mahrum bo‘lishi, alohida hollarda jinoiy javobgarlikka tortilish mumkin. Bundan tashqari, bosh buxgalter bank rahbaridan buxgalteriya hisobini to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha choralar ko‘rishni talab qilish, kassalarda pul qabul qilish, saqlash, ishlatish bo‘yicha o‘rnatilgan qoidalarni to‘g‘ri bajarish ustidan nazorat qilish, mukofotlar miqdorini ko‘paytirish yoki kamaytirish bo‘yicha takliflar kiritish huquqiga ega.Moddiy javobgar shaxslarni, kassir, ombor mudirini lavozimga tayinlash, ishdan bo‘shatish va boshqa ishga o‘tkazish masalasi ham bosh buxgalter bilan kelishib hal qilinadi. Xodimlarga mansab maoshlari, ish haqiga ustamalar belgilash hamda ularni mukofotlash to‘g‘risidagi buyruqlar va farmoyishlarni dastlab bosh buxgalter ko‘rib chiqadi va ularga imzo chekadi.Bank bosh buxgalteri quyidagi hollarda javobgardir: buxgalteriya hisobining noto‘g‘ri olib borilish natijasida hisobotlarda noto‘g‘ri ma’lumotlar berilishida; depozit va boshqa hisobvaraqlar, debitorlar va kreditorlar bo‘yicha noto‘g‘ri ma’lumotlar berilsa, hisob ishlari o‘z vaqtida olib borilmasa; buxgalteriya xodimlarining aybi bilan noto‘g‘ri hisobot berilsa; Markaziy bankning me’yoriy hujjatlari bo‘yicha xatoliklarga yo‘l qo‘yilsa; bank rahbari bilan teng ravishda bankning moliyaviy, xo‘jalik faoliyatini tashkil qilishda qo‘pol xatolikka yo‘l qo‘yilsa, javobgar hisoblanadi. Umuman, bosh buxgalterlarning intizomiy, moddiy va jinoiy javobgarligi amaldagi qonunlarga muvofiq belgilanadi. Bank mas’ul ijrochilarining vazifalari. Hisob operatsion apparatining asosiy xodimlari – bu mas’ul ijrochilardir. Bank mijozlarining asosiy hisob-kitob va boshqa operatsiyalarining hisobini yuritish, mijozlar bilan muloqotda bo‘lishi aynan mas’ul ijrochilarga yuklatilgan. Mas’ul ijrochilar quyidagi vazifalarni bajaradi:biriktirib qo‘yilgan bank mijozlari va xodimlardan qabul qilingan hisob- kitob va pul hujjatlariga tegishli ishlov berish; taqdim etilgan hujjatlar bo‘yicha pul o‘tkazish yoki pul to‘lash mumkin yoki mumkin emasligini hisobvaraqlardagi pul mablag‘larining yetarliligi asosida aniqlash; kelib tushgan barcha hisob-kitob hujjatlarini operatsiyalar qonuniyligi hamda ularning kreditlash va hisob-kitob qilish qoidalariga muvofiqligini tekshirish; akkreditiv, chek, to‘lov topshirig‘i, to‘lov talabnomasi, inkasso topshirig‘i va boshqa hujjatlarning hamda ularga ilova qilingan tovar transport hujjatlarining to‘g‘ri rasmiylashtirilganini tekshirish, barcha rekvizitlarning mavjudligini aniqlash; pul chekining nomeri imzolar va muhr namunasi tushirilgan kartochkada qayd etilgan chek daftarchasining nomeriga to‘g‘ri kelishini tekshirish.chek bo‘yicha ish haqi uchun mablag‘larni belgilangan hajm doirasida berishini nazorat qilish, bu mablag‘lar hisobini yuritish; mijozlarning ish haqidan ushlab qolinadigan soliqlar, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlar summalarining o‘z vaqtida o‘tkazilishini nazorat qilish; hisob-kitob hujjatlari bo‘yicha inkasso kartotekasini, o‘z vaqtida to‘lanmagan hujjatlar kartotekasini yuritish; mijozlar va bank operatsiyalari bo‘yicha shaxsiy hisobvaraqlardagi yozuvlarning to‘g‘riligini tekshirish va ulardan ko‘chirmalarni mijozlarga berish uchun qutilarga joylashtirish.operatsion kun davomida mijozlarga xizmat ko‘rsatish grafigiga amal qilish va hokazo.

  4. Inkasso topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar hisobi.-Inkasso topshiriqnomasi majburiy ijro etiladigan to‘lov hujjati bo‘lib, qonunchilik bilan ruxsat etilgan hollarda undiruvchi tomonidan bankka taqdim etiladi. Inkasso topshiriqnomasi mablag‘larni to‘lovchining faqat asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga taqdim etilishi mumkin, bundan chet el valyutasidagi bank hisobvaraqlariga taqdim etiladigan inkasso topshiriqnomasi mustasno. Inkasso topshiriqnomalarini quyidagilar taqdim etish huquqiga ega: a) davlat soliq xizmati organlari - o‘z muddatida to‘lanmagan byudjet tizimiga o‘tkaziladigan soliqlar va yig‘imlarni undirish to‘g‘risida; b) bojxona organlari - o‘z muddatida to‘lanmagan bojxona to‘lovlarini undirish to‘g‘risida; v) davlat ijrochilari va undiruvchilar: ijro hujjatlari bo‘yicha pul mablag‘larini undirish to‘g‘risida; Ijro varaqasi, sud buyrug‘i sudyaning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat tarzida axborot tizimi orqali taqdim etilishi mumkin. Ijro hujjatining asl nusxasi yo‘qolgan taqdirda, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda beriladigan uning dublikati undiruv uchun asos bo‘ladi. Inkasso topshiriqnomasi ijro hujjatlari asosida taqdim etilganda, unga ijro hujjatining asl nusxasi, agar asl nusxasi yo‘qolgan bo‘lsa - dublikati ilova qilinadi, bundan elektron shaklda taqdim etilgan holatlar mustasno. Mablag‘larni ijro hujjatlarining nusxalari asosida hisobdan chiqarish taqiqlanadi. Ijro hujjatlari asosida taqdim etilgan inkasso topshiriqnomasining «To‘lov maqsadi» grafasida ijro hujjatining nomi, tartib raqami va sanasi ko‘rsatiladi. Inkasso topshiriqnomalarining to‘g‘ri taqdim etilishi bo‘yicha javobgarlik inkasso topshiriqnomasini taqdim etgan organlar zimmasiga yuklatiladi. Inkasso topshiriqnomalari bo‘yicha to‘lovlarni mablag‘larni to‘lovchilarning hisobvaraqlaridan so‘zsiz ravishda hisobdan chiqarishga oid e’tirozlar bank tomonidan ko‘rib chiqilmaydi. Inkasso topshiriqnomalari bo‘yicha mablag‘larni undirib olishni to‘xtatib qo‘yish yoki chaqirib olish inkasso topshiriqnomasini taqdim etgan organ tomonidan yoki undiruvchining arizasiga ko‘ra yoxud sud qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Inkasso topshiriqnomasi sud qaroriga asosan yoki to‘lovchi tugatilganligini tasdiqlovchi ma’lumot mavjud hollarda bekor qilinishi mumkin. Inkasso topshiriqnomasi mablag‘larni to‘lovchi yoki oluvchining bankiga qog‘oz va elektron shaklda taqdim etilishi mumkin. Qog‘oz shakldagi inkasso topshiriqnomasi mablag‘larni to‘lovchining bankiga taqdim etilganda, undagi rekvizitlar mablag‘larni oluvchining banki tomonidan tekshiriladi hamda tekshirgan mas’ul xodimga biriktirilgan shtamp bilan tasdiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlarining shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga mablag‘larni undirishni nazarda tutuvchi inkasso topshiriqnomalari mablag‘larni oluvchining banki tomonidan tasdiqlanishi talab etilmaydi. Inkasso topshiriqnomasi bitta operatsiya bo‘yicha takroran taqdim etilishi mumkin emas, bundan dastlabki inkasso topshiriqnomasi mablag‘larni to‘lovchining bankiga kelib tushmagan hollar mustasno. Qog‘oz shakldagi inkasso topshiriqnomasi mablag‘larni oluvchi yoki to‘lovchining bankiga uch nusxada taqdim qilinadi. Bunda inkasso topshiriqnomasining: birinchi va ikkinchi nusxalari ijro uchun bankda qoldiriladi; uchinchi nusxasi qabul qilish sanasi ko‘rsatilgan holda inkasso topshiriqnomasini qabul qilib olgan mas’ul xodim tomonidan imzolanadi va unga biriktirilgan bank shtampi bilan tasdiqlanib, inkasso topshiriqnomasini taqdim etgan shaxsga qaytarib beriladi. Mablag‘larni oluvchining bankiga taqdim etilgan inkasso topshiriqnomasining birinchi va ikkinchi nusxalari «To‘lov hujjatlarini rasmiylashtirish» jurnalida qayd etilgan holda pochta xizmati orqali mablag‘larni to‘lovchining bankiga yuboriladi. Elektron shakldagi inkasso topshiriqnomasi to‘lov hujjatlarini taqdim etish tizimi orqali mablag‘larni to‘lovchining bankiga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda ijro uchun yuboriladi.

  5. Kreditlar sifatini tasniflash, ular bo’yicha yuzaga kelishi mumkin bo’lgan yo’qotishlar o’rnini qoplash uchun tashkil etiladigan zahirani shakllantirish va undan foydalanish operatsiyalari hisobi-Активлар (кредитлар) бўйича эҳтимолий йўқотишларни қоплаш учун захира - банк кредит портфели ва балансдан ташқари мажбуриятларда юзага келиши мумкин бўлган ёки мавжуд зарарларни қоплаш учун қиймат суммасини ўзида акс эттирадиган банкнинг барча кредитлари бўйича зарарларни қоплаш учун ташкил этилган захиралар контр-актив ҳисобварағи. Махсус захиралар — сифати «субстандарт», «қониқарсиз», «шубҳали» ва «умидсиз» деб таснифланган активлар бўйича эҳтимолий йўқотишларни қоплашга мўлжалланган мажбурий захиралар. Стандарт активларга яратиладиган захиралар — тижорат банки фаолияти давомида умуман ёки бирор-бир фаолият тури натижасида эҳтимолий йўқотишларни қоплаш мақсадида ташкил қилинадиган захиралар . Активлар — кредит, микроқарз, овердрафт, лизинг, факторинг, қимматли қоғозлар, инвестициялар, бошқа банклардаги маблағлар, олиниши лозим бўлган ҳисобланган ва (ёки) ундирилмаган фоизли ва фоизсиз даромадлар, банкнинг бошқа хусусий мулклари, бўлиб-бўлиб тўлаш шаклида сотилган мулклар, балансдан ташқари моддалар (чақириб олинмайдиган кредит мажбуриятлари, фойдаланилмаган кредит линиялари, аккредитивлар, кафолатлар) ҳамда кредит таваккалчилиги мавжуд бўлган бошқа активлар ва балансдан ташқари моддалар Муаммоли активлар — сифати «қониқарсиз», «шубҳали» ва «умидсиз» деб таснифланган активлар Активнинг жами қиймати — активнинг банк балансида ва балансдан ташқари моддаларда акс эттирилган асосий қарзи ва унга ҳисобланган фоизлари, пеня, комиссион ва бошқа фоизсиз тўловлари қолдиғининг улар бўйича яратилган захира айрилмаган миқдори. Қарздорлар қуйидаги асосий мезонлар бўйича баҳоланади: • тармоқ (иқтисодиёт сектори) тенденцияси ва истиқболи; • муайян лойиҳанинг техник амалга оширилуви ва иқтисодий рақобатбардошлиги; • молиявий ҳолати ва кредит олишга қодирлиги; • кредит тарихи, кредит таъминотининг ёмонлашуви ёки ликвидлилигининг пасайиши; • муайян лойиҳанинг иқтисодий жиҳатдан асосланиши; • раҳбарининг бошқариш қобилияти (агар қарздор юридик шахс бўлса). Кредит таҳлили ва активлар таснифи натижалари қарз олувчининг молиявий аҳволи, кредитларни тўлаш тарихи ва тегишли тарзда расмийлаштирилган гаровнинг мавжудлиги каби омилларга боғлиқ. Ушбу омилларни кредит портфели ва тижорат банкининг бошқа активларига хос бўлган таваккалчиликни аниқлаш ва баҳолашда қўллаш жуда муҳимдир. Банк томонидан берилган кредитлар қуйидагича таснифланади Қарзларнинг ўз муддатида тўланишига шубҳа туғдирмайдиган активлар сифати «стандарт» деб таснифланади. Бир фоиз миқдорида заҳира яратилади. Қарздорнинг молиявий ҳолати барқарор ҳисобланган, лекин айрим салбий ҳолатлар ёки тенденциялар мавжуд бўлиб, агар улар бартараф этилмаса, молиялаштирилган лойиҳанинг амалга ошишига ёки қарздорнинг активни ўз вақтида тўлаш қобилиятига нисбатан шубҳа пайдо бўлиши мумкин бўлган активлар сифати «субстандарт» деб таснифланади. 10 фоиз миқдорида заҳира яратилади. Тижорат банки сифати «қониқарсиз» деб таснифланган активлар учун уларнинг қайтарилмаган асосий қарз (қолдиқ) суммасининг 25 фоизи миқдорида махсус захира шакллантириши лозим. Тижорат банки сифати «шубҳали» деб таснифланган активлар учун уларнинг қайтарилмаган асосий қарз (қолдиқ) суммасининг 50 фоизи миқдорида махсус захира шакллантириши лозим. Тижорат банки сифати «умидсиз» деб таснифланган активлар учун уларнинг қайтарилмаган асосий қарз (қолдиқ) суммасининг 100 фоизи миқдорида махсус захира шакллантириши лозим.Кредитлар бўйича кўрилиши мумкин бўлган зарарларни қоплаш заҳирасини шакллантириш қуйидаги проводка орқали расмийлаштирилади: Дебет 56802 - Кредитлар бўйича кўрилиши мумкин бўлган зарарларни баҳолаш Кредит 12199-15599 - берилган кредитлар бўйича кўрилиши мумкин бўлган зарарларни қоплаш заҳираси (контр-актив). Умидсиз актив ва улар бўйича ҳисоблаб ёзилган. фоизларнинг баланс ҳисобварақларидан “Кўзда тутилмаган ҳолатлар” ҳисобварағига ўтказиш ушбу актив бўйича қарзлар ҳамда улар бўйича фоизларни бекор қилинишини билдирмайди. Шунинг учун ушбу қарз, шунингдек у бўйича фоизлар “Кўзда тутилмаган ҳолатлар” ҳисобварақларида улар бу ҳисобварақларга ўтказилган пайтдан бошлаб беш йилдан кам бўлмаган муддат мобайнида акс эттирилиши лозим. Банк қонунчиликка мувофиқ мазкур актив бўйича асосий қарз ва фоизларни ундириш юзасидан барча чора- тадбирларни қўллаши зарур. Банк қарздор мажбуриятининг тўлиқ суммасини тўғри акс эттириш учун мазкур активга фоизлар ҳисоблаб ёзишни уни “Кўзда тутилмаган ҳолатлар” ҳисобварағига ўтказгандан кейин ҳам давом эттиради.

  6. Lizing beruvchi bankda lizing hisobi.- Дастлабки тан олиш лизинг шартномасининг амал қилиш муддати бошланишида амалга оширилади. • Бунда, лизинг берувчи банк лизингга берилган лизинг объектини ўз балансида соф инвестицияси қиймати, яъни лизинг объектини сотиб олиш, уни лизинг олувчига етказиб бериш ва фойдаланишга шай ҳолга келтириш билан боғлиқ харажатлар йиғиндиси ёки унинг ҳаққоний қийматида, уларнинг қайси бири кичик бўлса, ўша суммада актив сифатида тан олади. Лизинг берувчи банк лизинг объекти учун тўловларни сотувчига олдиндан тўлаб бериб лизинг объекти тўғридан-тўғри лизинг олувчига етказиб берилса, лизинг берувчи банк фойдаланишга қабул қилиш далолатномасига асосан мемориал ордер тўлдириб, қуйидаги бухгалтерия амалларини бажаради: Дт 19909 Олиниши лозим бўлган маблағлар — Товар-моддий қимматликлар учун; 19907 Хизматлар учун олдиндан тўланган харажатлар Кт Банкнинг вакиллик ҳисобварағи; Дт 15600 Лизинг (молиявий ижара) (тегишли мос ҳисобварақ); Кт 19909 Товар моддий қимматликлар учун тўланган маблағлар Лизинг объекти аввал лизинг берувчи банк балансига кирим қилиниб, сўнгра лизинг олувчига лизингга берилса, қуйидаги бухгалтерия ўтказмалари берилади: Дт 16500 Асосий воситалар (тегишли мос ҳисобварағи); Кт 19909 Товар-моддий қимматликлари учун тўланган маблағлар; Дт 15600 Лизинг (молиявий ижара) (тегишли мос ҳисобварағи); Кт 16500 Асосий воситалар (мос ҳисобварақ) Лизинг берувчи банк томонидан лизинг объекти дастлабки тан олинганидан сўнг, кейинги ҳисоб лизинг олувчи томонидан тўланадиган лизинг бўйича асосий қарз суммасини (дастлабки тан олинган суммани) ва у бўйича фоизларнинг ҳисобини юритишдан иборат. Кейинги ҳисоб лизинг объектини баҳолаб боришни ҳам ўз ичига олади. Дастлабки тан олишда ёки объектни лизингга бериш (олиш) вақтида лизинг берувчининг даромади (лизинг олувчининг лизинг фоизи бўйича харажатлари) бухгалтерия ҳисобида акс эттирилмайди

  7. Lizing oluvchi bankda lizing hisobi-Банклар лизинг шартномаси бўйича лизинг олувчи сифатида иштирок этган тақдирда лизингга олинган активлар ҳисоби 16515 - Объектларни ижарага олиш ва уни такомиллаштириш ҳуқуқининг, лизинг бўйича юзага келган мажбуриятлар эса 22100 - Лизинг (молиявий ижара) бўйича мажбуриятларнинг тегишли мос ҳисобварақларида юритилади. Лизинг лизинг олувчи банкнинг молиявий ҳисоботларида ҳам актив ҳам мажбурият сифатида тан олинади. Ушбу дастлабки тан олиш лизинг шартномаси муддати бошланишида амалга оширилади. Бунда, лизинг олувчи банк лизинг объектини ўз балансида соф инвестиция қиймати ёки унинг ҳаққоний қийматининг қайси бири кичик бўлса, ўша суммада акс эттиради.Лизингни дастлабки тан олишда қуйидаги бухгалтерия ўтказмаси бажарилади: • Дт 16515 Объектларни лизингга олиш ва уни такомиллаштириш ҳуқуқи; • Кт 22100 Лизинг (молиявий ижара) бўйича мажбуриятларнинг тегишли мос ҳисоб варағи. Лизинг олувчи банк томонидан амалга оширилган лизинг объектини сотиб олиш, етказиб бериш ёки белгиланган мақсадда фойдаланиш учун яроқли ҳолга келтириш билан боғлиқ харажатлар лизинг объектининг қийматига қўшилади. Лизинг объекти лизинг олувчи банк балансида актив ва мажбуриятларнинг алоҳида моддалари сифатида акс эттирилиши лозим. Лизинг бўйича мажбуриятни актив суммасидан чегириб ташлаган ҳолда (контр-актив ҳисобварақ сифатида) кўрсатишга рухсат этилмайди. Лизинг олувчи банк томонидан лизинг дастлабки тан олингандан сўнг кейинги ҳисоб мажбурият бўйича асосий қарз суммасини (дастлабки тан олинган суммани) ва лизинг бўйича фоизлар тўлаш ҳисобини юритишдан иборат. Кейинги ҳисоб, лизинг билан боғлиқ барча хавф-хатарлар лизинг олувчига ўтганлиги сабабли лизинг олувчи банк томонидан лизинг объектини баҳолаб бориш, амортизация ажратмаларини ва шартномада кўзда тутилган бошқа харажатларни амалга ошириш ишларини ҳам ўз ичига олади. Дастлабки тан олишда ёки объектни лизингга олиш вақтида лизинг олувчи банкнинг лизинг фоизи бўйича харажатлари бухгалтерия ҳисобида акс эттирилмайди. Лизинг шартномасида лизинг олувчи банк ва лизинг берувчи лизинг тўловлари жадвалини келишиб олади, унда лизинг олувчи банкнинг фоизли харажатлари, лизинг объектининг қийматини қоплаш бўйича мажбуриятлар ва уларнинг лизинг муддати давомида тақсимланиши кўрсатилади. Лизинг тўловлари жадвалида лизинг олувчи банкнинг фоизли харажатлари лизинг шартномасининг амал қилиш муддати давомида даврлар бўйича тенг тақсимланиши акс эттирилиши лозим. Бунда, лизинг шартномасининг ҳар бир даврида қопланмаган мажбуриятлар қолдиғига доимий фоиз ставкаси қўлланилади.Лизинг объектининг ҳисобдан чиқариш бўйича молиявий натижа (фойда ёки зарар) лизинг объектининг қолдиқ (баланс) қиймати ва лизинг тўловлари жадвали бўйича қолган қарз ўртасидаги фарқ сифатида лизинг объектининг ҳисобдан чиқариш билан боғлиқ бўлган харажатлар суммасини ҳисобга олган ҳолда аниқланади.Лизинг объектининг ҳисобдан чиқариш бўйича молиявий натижа (фойда ёки зарар) аниқлаганида, олдинги қайта баҳолашлардаги лизинг объекти қийматининг кўпайган суммаси, яъни олдинги баҳолашлар натижасида 30908 «Бошлангич қийматга нисбатан баҳолаш қийматининг ошган суммаси» ҳисобварағининг кредит қолдиғи лизинг объектининг чиқиб кетишидан кўрилган даромад таркибига қўшилади ва бир вақтнинг ўзида ушбу ҳисобварақ бўйича резерв капиталини камайтиради.

  8. Mijozlar hisob varaqlarini yopish va qayta rasmiylashtirish tartibi.-Turli mulkchilik shaklariga tegishli bo’lgan korxonalar o’z faoliyatlari jarayonida, bankrot deb e’lon qilinishi, qayta tashkil etilishi, ya’ni qo’shib olinishi bo’linishi yoki biror korxonadan ajralib chiqishi mumkin. Shu munosabat bilan mijoz qayta ro’yxatdan o’tkazilayotganda bankka yangi tashkil etilgan paytdagi kabi xujjatlarni taqdim etadi. Korxonaning qayta tashkil etish bilan bog’liq bo’lmagan holda nomi o’zgaradigan bo’lsa yoki korxonaning bo’ysunishi o’zgarganda tegishli tashkilot tomonidan berilgan nomi yoki bo’yinsinishi o’zgarganligini tasdiqlovchi xujjat nusxasi topshiriladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida juda ko’plab tijorat banklari faoliyat ko’rsatib ular o’rtasida kuchli raqobat boradi. Korxonalar bank muassasalarini mustaqil ravishda tanlaydilar. Korxonalar o’zlariga xizmat ko’rsatayotgan bank muassasasi xizmatidan qoniqmasalar boshqa banklarga o’tib uning xizmatlaridan foydalanishlari mumkin. Mijoz tomonidan bankka ariza va chek daftarchalari berilgandan so’ng, bank mijozning hisobvarag’idagi qoldiqni yozma ravishda tasdiqlaydi. Mijoz ushbu tasdiqnomani hisobvaraq ochish uchun ariza bilan birga hisobvaraq ochayotgan bankka taqdim etadi. Arizaga asosan yangi bank mijozga vaqtinchalik 29801- (hisobvaraq nomini hisobvaraqlar rejasidan qo’rib, esda saqlab qoling) hisobvarag’ini ochadi va haqda mijozga va uning avvalgi bankiga yozma ravishda xabar beradi. Yozma xabarni olgach mijoz o’zining avvalgi bankiga hisobvarag’idagi qoldig’ini hisobvaraq ochayotgan bankdagi vaqtinchalik hisobvarag’iga o’tkazib berish haqida to’lov topshiriqnomasini taqdim etadi. Bank mijozning yuridik xujjatlar yig’majildidagi xujjatlar va boshqa to’lov xujjatlari bo’yicha dalolatnoma tuzib, imzolar va muxr qo’yilgan xolda kurerlar yoki pochta orqali dalolatnomani va u bilan birga xujjatlarni hisobvaraq ochayotgan bankka jo’natadi. Bu xujjatlarni qabul qilganligi haqida hisobvaraq ochayotgan bankda dalolatnomaning bir nusxasiga bank rahbari va bosh buxgalterining imzosi va muxr qo’yilgan xolda avvalgi bankka etkazib beriladi. Hisobvaraq egasi orqali ushbu xujjatlarni bir bankdan ikkinchi bankka etkazib berish ta’qiqlanadi. Dalolatnoma olingandan so’ng mijoz hisobvarag’idagi pul mablag’lar qoldig’ini hisobvaraq ochayotgan bankdagi vaqtinchalik ochilgan hisobvaraqqa o’tkazib beriladi Hisobvaraq ochayotgan bank o’zida mijozga hisobvaraq ochib vaqtinchalik hisobvaraqdan yangi ochilgan hisobvaraqqa mablag’larni o’tkazib qo’yadi. Hisobvaraq yopgan bankda barcha berib yuborilgan xujjatlardan nusxa olib, belgilangan tartibda o’z arxivida saqlaydi. Mijoz to’g’risidagi barcha ma’lumotlar ikki oy davomida ma’lumotlar bazasida saqlanadi, ikki oydan so’ng ular arxivlashtirilib tegishli tartibda saqlanadi.Korxonalarning hisobvaraqlari turli sabablarga ko’ra yopilishi mumkin. Hisobvaraqlar yopilayotganda bank va mijoz o’rtasida tuzilgan bank hisobvaraqlarini yuritishi bo’yicha shartnomalar bekor qilinadi. Mijozlarning hisobvaraqlari quyidagi xollarda yopiladi: hisobvaraq egasining arizasiga ko’ra; korxonani tashkil etgan yuqori tashkilot qaroriga ko’ra;  korxona tugatilganda;  bank talabi bilan. Asosiy hisobvaraq bo’yicha operatsiyalar faqat hisobvaraq egasining farmoyishiga ko’ra, hisobvaraqdagi pul mablag’lari surishtiruvchi, tergovchi qarori bo’yicha yoki sud ajrimiga ko’ra xatlanganda to’xtatib qo’yiladi. Bank hisobvarag’i shartnomasi hisobvaraq egasining arizasiga xamda bank talabiga ko’ra bekor qilinadi. Bank talabiga ko’ra bank hisobvarag’i shartnomasi sud orqali quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin: Agar korxona shartnomada yoki bank qoidalarida ko’rsatilgan minimal miqdorda hisobvaraqda pul mablag’larini ushlab turmasa va bu haqda bank tomonidan ogoxlantirilgandan so’ng, bir oy ichida belgilangan summaga etkazilmasa; Agar shartnomada boshqa muddat ko’rsatilmagan bo’lsa, korxona hisobvarag’i bo’yicha 1 yil davomida operatsiyalar o’tkazilmasa. Hisobvaraqdagi pul mablag’lari qoldig’i mijozning tegishli yozma arizasiga ko’ra kechi bilan 7 kun ichida mijozga beriladi yoki uning ko’rsatmasiga binoan boshqa hisobvaraqqa o’tkaziladi Bank hisobvarag’i shartnomasining bekor qilinishi hisobvaraqning yopilishi uchun asos bo’ladi.

  9. Mijozlar hisob varaqlarini yopish va qayta rasmiylashtirish tartibi.

  10. Mijozlarga berilgan muddati o’tgan kreditlar va shartlari qayta ko’rib chiqilgan kreditlarning hisobini yuritish tartibi. - Мижозларга берилган қисқа муддатли муддати ўтган кредитлар ва шартлари қайта кўриб чиқилган кредитларнинг ҳисобини юритиш тартиби. Дебет 12109-13309 - берилган шартлари қайта кўриб чиқилган қисқа муддатли кредитлар Кредит 12101-13301- берилган қисқа муддатли кредитлар ёки 12105-13305 - берилган муддати ўтган кредитлар. Кредит шартномасига ва кредитни қайтариш графигига мувофиқ кредит қайтарилмаса муддати ўтган кредит сифатида таснифланади ва қуйидагича ҳисобга олинади: Дебет 12105-13305 - берилган муддати ўтган кредитлар Кредит 12101-13301- берилган қисқа муддатли кредитлар ёки 12109-13309 - берилган шартлари қайта кўриб чиқилган қисқа муддатли кредитлар Бунда муддатли мажбуриятнома К-2 га жойлаштирилади. Дебет 90963 - Муддатида тўланмаган ҳисоб-китоб ҳужжатлари Кредит 96321 - Муддатида тўланмаган ҳисоб- китоб ҳужжатлари бўйича контр-ҳисобварақ. Мижозларга берилган узоқ муддатли муддати ўтган кредитлар ва шартлари қайта кўриб чиқилган кредитларнинг ҳисобини юритиш тартиби. Дебет 14305-15505 - берилган шартлари қайта кўриб чиқилган узоқ муддатли кредитлар Кредит 14301-15501- берилган узоқ муддатли кредитлар ёки 12105-13305 - берилган муддати ўтган кредитлар

  11. Tijorat banklari buxgalteriya hisobining hisob varaqalar rejalari va ularning tavsifi-Banklarda buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasi (bundan buyon matnda hisobvaraqlar rejasi deb yuritiladi) banklar tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy operatsiyalarning buxgalteriya hisobini aks ettirish uchun asos bo‘ladi.-Hisobvaraqlar rejasi banklar tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy operatsiyalarning hisobini yuritish, tahlil qilish, guruhlash va ularga doir hisobotlarni tuzishda qo‘llanadigan Bosh kitob hisobvaraqlari ro‘yxatidan iborat.Buxgalteriya o‘tkazmalari bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan xatolarni to‘g‘rilash hamda hisob siyosatidagi o‘zgarishlar bo‘yicha buxgalteriya o‘tkazmalariga tuzatishlar kiritishda hisobvaraqlarning ta’riflarida ko‘zda tutilmagan bo‘lsa ham ularning debet va kreditlari bo‘yicha tuzatish o‘tkazmalariga ruxsat beriladi.Hisobvaraqlar rejasi buxgalteriya hisobining ko‘p valyutali tizimiga asoslangan bo‘lib, u chet el valyutasidagi barcha operatsiyalar hisobini aks ettirish imkonini beradi. Har bir valyuta turi bo‘yicha sintetik hisobni yuritish uchun alohida Bosh kitob, analitik hisobni yuritish uchun Yordamchi kitoblar ochiladi. Har bir valyuta bo‘yicha Yordamchi kitoblardagi summalar yig‘indisi Bosh kitoblarning tegishli balans hisobvaraqlaridagi summalar yig‘indisiga mos kelishi kerak. Bank tomonidan amalga oshiriladigan har bir moliyaviy operatsiya tegishli valyuta turi bo‘yicha Bosh va Yordamchi kitoblarda ro‘yxatga olinadi. Hisobot sanasida chet el valyutalari bo‘yicha Bosh kitoblardagi jami summalar milliy valyutaga o‘tkaziladi va amalga oshirilgan barcha moliyaviy operatsiyalar bo‘yicha bankning jamlanma balansi tuziladi. Hisobvaraqlar Bosh va Yordamchi kitoblarda yuritilishini hamda bir tizimda tasniflanishi, (guruhlanishi va avtomatlashtirilishini yengillashtirish, shuningdek moliyaviy operatsiyalar yozuvini tezlashtirish maqsadida kodlashtiriladi. Bunda, hisobvaraqlarni raqamli kodlashtirishda quyidagi zarur shartlar inobatga olinadi: jamlanma hisobvaraqlar uchun “MM” va/yoki “SS” nol raqamlariga ega bo‘ladi (masalan, 10000 — “Aktivlar”, 10100 — “Kassadagi naqd pul va boshqa to‘lov hujjatlari”); “Aktivlar” bo‘limidagi “zararlarni qoplash zaxirasi” sarlavhali subhisobvaraqlar uchun “SS” o‘rnida 99 raqami qo‘llaniladi. Hisobvaraqlar rejasida har bir hisobvaraqning aktiv yoki passiv bo‘lishi aniq belgilab qo‘yiladi, bundan aktiv-passiv qoldiqlarga ega bo‘ladigan ayrim hisobvaraqlar mustasno. Aktiv hisobvaraqlarga “Aktivlar”, “Xarajatlar” bo‘limlaridagi hisobvaraqlar va “Balansdan tashqari hisobvaraqlar” bo‘limlaridagi balansdan tashqari hisobvaraqlar, passiv hisobvaraqlarga “Majburiyatlar”, “Xususiy kapital” va “Daromadlar” bo‘limlaridagi hisobvaraqlar taalluqli hisoblanadi. Aktivlarning haqiqiy qiymatini aks ettirish uchun “Aktivlar” bo‘limiga kontr-aktiv hisobvaraqlar, majburiyatlarning haqiqiy qiymatini aks ettirish uchun “Majburiyatlar” bo‘limiga kontr-passiv hisobvaraqlar kiritiladi. “Balansdan tashqari hisobvaraqlar” bo‘limiga moliyaviy operatsiyalarni ikki yoqlama yozuv usuli bo‘yicha aks ettirish va amalga oshirilgan moliyaviy operatsiyalarning to‘g‘riligini qo‘shimcha nazorat qilish imkonini beruvchi kontr-aktiv hisobvaraqlar kiritiladi. Hisobvaraqlar rejasida har bir ikkinchi tartibli hisobvarag‘i uchun ta’rif berilgan bo‘lib, unda hisobvaraqning debeti va krediti bo‘yicha qanday operatsiyalarni aks ettirish hamda analitik hisobini yuritish ko‘rsatiladi. “Daromadlar” va “Xarajatlar” bo‘limlari uchun analitik hisob ko‘rsatilmagan bo‘lib, ushbu bo‘limlardagi hisobvaraqlar bank ichki hisobvaraqlari hisoblanadi. Banklar ichki hisob siyosatidan kelib chiqqan holda ushbu hisobvaraqlarda analitik hisobni yuritish tartibini mustaqil belgilaydilar. Banklar tomonidan amalga oshiriladigan ayrim moliyaviy operatsiyalarni buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aks ettirish mazkur hisobvaraqlar rejasining ilovasida keltirilgan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. Hozirgi kunda amalda bo‘lgan hisobvaraqlar rejasi ham mazmunan, ham tuzilishi jihatidan avvalgisidan farqlanadi.Ilgari Markaziy bank ham, tijorat banklar ham buxgalteriya hisobini yagona hisobvaraqlar rejasi asosida yuritar edilar. Har bir hisobvaraq nomeri va nomi yoniga qaysi bankda ishlatilishi haqida belgi qo‘yilgan edi. Yangi hisobvaraqlar rejasi Markaziy bank uchun alohida, tijorat banklari uchun alohida ishlab chiqildi. Bunda har ikki bank faoliyatining xususiyatlari hisobga olindi. Masalan, Markaziy bank emissiya markazi hisoblangani uchun kassadagi pullar banknot va tangalarga bo‘lingan holda ko‘rsatiladi. Hozirgi kunda amalda bo‘lgan hisobvaraqlar rejasi olti bo‘limdan iborat bo‘lib, ulardan beshtasi balans ichidan hisobvaraqlarni o‘z ichiga oladi, oxirgi oltinchi bo‘lim esa balansdan tashqari hisobvaraqlardan iborat. Bank aktivlari, passivlari, kapitali, daromadlari va xarajatlari bo‘yicha hisobvaraqlar alohida bo‘limlarga kiritilgan, ya’ni: I bo‘lim 10000 – Aktivlar II bo‘lim 20000 – MajburiyatlarIII bo‘lim 30000 – Kapital IV bo‘lim 40000 – Daromadlar V bo‘lim 50000 – Xarajatlar VI bo‘lim 90000 – Ko‘zda tutilmagan holat bo‘yicha (ya’ni balansdan tashqari) hisobvaraqlar Barcha hisobvaraqlar shunday tartibda ishlab chiqilganki, bunda – birinchidan, barcha hisobvaraqlarning asosiy va yordamchi kitoblarda joylashuvini osonlashtirish; – ikkinchidan, hisobvaraqlarni guruhlash va klassifikatsiya qilish; – uchinchidan, hisob ishlarini komputerlashtirish; –to‘rtinchidan, operatsiyalar bo‘yicha yozuvlarni bajarishni tezlashtirishni ta’minlash mumkinligi hisobga olingan.

  12. Tijorat banklari buxgalteriya hisobining hisob varaqalar rejalari va ularning tavsifi

  13. Tijorat banklarida berilgan kreditlar bo’yicha foizlarni hisoblash va hisobga olish- Кредитлар бўйича фоизлар бухгалтерия ҳисобининг ҳисоблаб ёзиш усули -бўйича тан олинади. Жумада ҳисоблаб ёзиладиган фоизни ҳисоблашда одатда ҳисоб-китобга жума, шанба ва якшанбада фоизларни ҳисоблаб ёзиш учун 3 кун олиниши лозим. Агар жорий ой жума ёки шанбада тугайдиган бўлса, унда ҳисоблаб ёзиш тегишлича бир кун ёки икки кун учун амалга оширилади. Ҳафта охирида қоладиган кун (кунлар) навбатдаги ойнинг биринчи иш кунида ҳисоблаб ёзилади. Агар жорий кун шанбада тугаса, унда ойдаги энг охирги ҳисоблаб ёзиш жумада икки кун (жума ва шанба) учун акс эттирилади. Сўнгра, кейинги душанбада ҳисоблаб ёзиш навбатдаги икки кун - якшанба ва душунба учун амалга оширилади. Байрам кунларига нисбатан ҳам худди шундай жараён қўлланади. Ҳисоблаб ёзиш шартномада белгиланган фоиз ставкасига асосланиши лозим. Кредит бўйича фоизларни ҳисоблаб ёзиш қуйидаги бухгалтерия ўтказмаси билан акс эттирилади: • Дебет 16309 - Кредитлар бўйича олиниши лозим бўлган чун ҳисобланган фоизлар • Кредит 41400-44700 Кредитлар бўйича фоизли даромадлар. Кредит бўйича фоизларнинг келиб тушиши қуйидаги бухгалтерия ўтказмаси билан акс эттирилади: Дебет 10101 “Айланма кассадаги нақд пуллар” ёки банкнинг вакиллик ҳисобварағи ёхуд мижознинг ҳисобварағи; Кредит 16309 “Кредитлар бўйича олиниши лозим бўлган чун ҳисобланган фоизлар”. Агар мижоз ой якунланишига қадар кредитни қисман сўндирса, унда банк асосий қарз суммасининг ҳақиқатда сўндирилмаган қисмига фоизларни ҳисоблаб ёзиши лозим. Агар мижоз сўндириш муддати келгунга қадар кредитни тўлиқ сўндирса, унда банк кредит бўйича фоизларни ҳақиқатда фойдаланилган кунлар учун ҳисоблаб ёзиши лозим. Ҳисобланган лекин шартнома бўйича ўз вақтида тўланмаган кредитнинг фоизи 16377 “Шартнома бўйича олиш учун ҳисоблаб ёзилган, бироқ муддатида тўланмаган олиниши лозим бўлган фоизлар” ҳисобварағида акс эттирилади: Дебет 16377 “Шартнома бўйича олиш учун ҳисоблаб ёзилган, бироқ муддатида тўланмаган олиниши лозим бўлган фоизлар” Кредит 16309 “Кредитлар бўйича олиниши лозим бўлган чун ҳисобланган фоизлар”. Ушбу бухгалтерия ўтказмаси билан бирга ўз вақтида тўланмаган фоизлар суммаси бўйича мемориал ордер К-2 га жойлаштирилади. Дебет 90963 - Муддатида тўланмаган ҳисоб-китоб ҳужжатлари Кредит 96321 - Муддатида тўланмаган ҳисоб-китоб ҳужжатлари бўйича контр-ҳисобварақ Кредит бўйича фоизларнинг келиб тушиши К-2 дан чиқарилиб тўлов қуйидаги бухгалтерия ўтказмаси билан акс эттирилади: Дебет 10101 “Айланма кассадаги нақд пуллар” ёки банкнинг вакиллик ҳисобварағи ёхуд мижознинг ҳисобварағи; Кредит 16377 “Шартнома бўйича олиш учун ҳисоблаб ёзилган, бироқ муддатида тўланмаган олиниши лозим бўлган фоизлар”

  14. Tijorat banklarida chiqim kassa operatsiyalari hisobi.-Tijorat banklarining chiqim kassa operatsiyalari deganda bank kas-salaridan naqd pulning berilishi bilan bog‘liq operatsiyalar tushuniladi. Korxona va tashkilotlarning o‘z ishchi xodimlari uchun ish haqi, pen-siya, stipendiya, boshqa nafaqalar, mukofotlar, xizmat safari xarajatlari uchun naqd pul olishi mumkin. Yilning har choragi uchun korxona va tashkilotlar kassa rejasini tuzib, bankka topshiradilar. Kassa rejasida naqd pulning tushumi bo‘-yicha alohida moddalar, naqd pulning xarajati bo‘yicha alohida moddalar ko‘rsatilgan. Shu bilan birga, ish haqi olish bo‘yicha ish haqi olish kunlari belgilanadi. Korxona va tashkilotlar bir oyda bir yoki ikki marta ish haqi oladilar. Korxona va tashkilotlardan olingan kassa rejalari asosida har bir bank kassa prognozini tuzadi. Har kungi kassa operatsiyalarini olib bo-rish uchun qancha naqd pul zarurligi, qancha naqd pul bank tushumlari hisobidan amalga oshirilishi kassa prognozlari asosida hisoblanadi. Korxona va tashkilotlar bankdan yuqorida sanab o‘tilgan maqsad-larga naqd pul olish uchun pul cheki rasmiylashtirishlari lozim. Lekin bundan avval korxonaga yangi hisobvaraq ochilayotgan paytda bankka pul chek daftarchasi olish uchun ariza topshirishlari lozim. Arizada bank nomi va kodi, korxona nomi, uning talab qilib olinadigan depozit bo‘yicha hisobvaraq nomeri, chek daftarchasining nomi, soni, ariza ras-miylashtirilgan sana ko‘rsatiladi. Arizaga korxona rahbari va buxgal-terining imzosi hamda muhr qo‘yiladi. Bank korxonaning arizasiga asosan pul chek daftarchasi yozib, har bir varaqda bank nomi, uning kodi, korxona nomi, uning bankdagi hisobvaraq nomerini ko‘rsatadi va mijozga beradi. Chek daftarchasining cheklari bankdan naqd pul olish uchun asos bo‘ladi. Ish haqi yoki unga tenglashirilgan to‘lovlarni olishdan bir kun avval chek rasmiylashtirilib mijoz tomonidan pasporti bilan birgalikda ularga xizmat ko‘rsatuvchi mas’ul ijrochiga beriladi. Mas’ul ijrochi, eng avvalo, shu tashkilotning hisob raqamida yetarli pul miqdori borligini tekshirib, shundan so‘nggina chekning to‘liq va to‘g‘ri to‘ldirilganligini, ikkita imzo va muhrning imzolar hamda muhr namunasi tushirilgan kartochkalar bilan solishtirib ko‘radi. Hammasi to‘g‘ri bo‘lsa, chekning burchagidagi nazorat markasini qirqib olib, pasport bilan birga mijozga qaytarib beradi. Nazoratchi yana bir bor tekshiruv o‘tkazib, so‘ng rekvizitlarni kassaning chiqim jurnaliga qayd qiladi. Chiqim jurnalida sana, hisobvaraq nomeri, chek summasi, hisobot simvoli, korresponden-siya hisobvarag‘i nomeri ko‘rsatiladi. Nazoratchi chiqim kassa jurnali bilan birgalikda cheklarni ichki tartibda kassaga topshiradi. Kassir mijozni chaqirib uning pasporti va nazorat markasini oladi. Nazorat markasi nomeri chek nomeri bilan to‘g‘ri kelsa, chekdagi pasport ma’lumotlari pasport bilan to‘g‘ri kelsa, kassir chekda ko‘rsatilgan summani mijozga sanab beradi. Kun oxirida nazoratchi va kassir bajargan operatsiyalar bo‘yicha hujjatlarni o‘zaro solishtirib, bankning hisob markaziga topshiradi. Hisob markazidan hujjatlar asosida mijozlarning shaxsiy hisobvaraqlari va undan ko‘chirmalar chiqarib beriladi. Bank aylanma kassasidan mijozlarga ish haqi va unga tenglashtiril-gan to‘lovlar, xizmat safari xarajatlarini, nafaqa va yordam puli, moddiy yordam pullari, dividendlar hamda boshqa qonunchilikda taqiqlanma-gan naqd pul to‘lovlarini quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali chiqim qilinadi: Debet 20200 – «Mijozlarning depozit hisobvarag‘lari» Kredit 10101 – «Aylanma kassadagi naqd pullar»

  15. Tijorat banklarida factoring operatsiyalari hisobi.

  16. To’lov talabnomalari bilan hisob-kitoblar hisobi.- To’lov talabnomasi - bu mahsulot etkazib beruvchi va mablag’ oluvchilarning belgilangan summani to’lovchi bank orqali to’lashi to’g’risidagi talabnomani o’z ichiga olgan hisob-kitob hujjatidir. To’lov talabnomasi bo’yicha hisob-kitoblar «aktsept» shaklidagi hisob-kitoblar ham deb yuritiladi. «Aktsept» so’zi lotin tilidan olingan bo’lib, rozilik ma’nosini anglatadi, ya’ni bu to’lovchining to’lovni amalga oshirish uchun bankka bergan roziligidir. Aktsept shakli asosiy inkassaviy hisob-kitob shakli bo’lib hisoblanadi. «Inkasso» italyancha so’zdan olingan bo’lib, bank o’z mijozi taqdim etgan hujjatga asosan etkazib berilgan mahsulot uchun unda ko’rsatilgan summani to’lovchidan uning banki orqali olib berish bo’yicha majburiyat bo’lib hisoblanadi. Rozilik bildirish usuliga ko’ra aktsept ijobiy va salbiy bo’lishi mumkin. To’lovchi korxonaning roziligi ham, noroziligi xam yozma ravishda bildirilsa, ijobiy aktsept hisoblanadi. Bunday holda to’lov to’lovchidan yozma ravishdagi rozilik xati kelgandagina amalga oshiriladi. Agar 15 kun ichida to’lovchidan rozilik xati kelmasa to’lov talabnomasi to’lovni oluvchiga to’lanmasdan qaytariladi. Salbiy aktsept esa suqut saqlash orqali bildiriladi, to’lovga norozilik yozma ravishda bildiriladi. Agar to’lovga qarshi norozilik xati yozma ravishda kelib tushmasa bank tomonidan to’lov amalga oshiriladi. Salbiy aktseptning o’zi to’lovni amalga oshirish muddatiga ko’ra oldindan aktsept va so’nggi aktseptga bo’linadi. Talabnomani oldindan aktseptlash usulida hisob-kitoblar o’tkazilganda talabnomaning puli aktseptlash muddati tugagandan so’ng, ya’ni ertasi kuni to’lanadi. To’lovchi korxona o’ziga xizmat ko’rsatuvchi bank muassasasiga talabnoma kelib tushgandan keyin 3 kun ichida to’lovdan bosh tortganini ma’lum qilish huquqiga ega. Tovar etkazib beruvchi tovar-moddiy boyliklar etkazib berish, xizmatlar ko’rsatish to’g’risidagi shartnoma, shuningdek (https://www.azkurs.org/qaytar-jarayonlar-uchun-termodinamika-2-qonuni.html), tegishli qonun hujjatlari shartlarini buzgan xollarda to’lovchi to’lashdan bosh tortishi mumkin. Bunday hollarda to’lovchi tomonidan bankka yozma ravishda raddiya arizasi topshirilib, unda to’lovdan bosh tortish sabablari ko’rsatiladi. Aktseptlashning so’nggi aktsept turida to’lov talabnomasi bankka kelib tushgan kunda to’lanadi, lekin to’lov o’tkazilgandan keyingi 3 kun ichida to’lovdan bosh tortish xuquqi saqlanib koladi. Belgilangan muddat o’tgandan so’ng to’lovchi tomonidan raddiya arizasi kelib tushmasa, to’lov to’langanligicha qoladi. . To’lov talabnomalari quyidagi hollarda ishlatilishi mumkin: a) yuklab jo’natilgan tovarlar uchun; b) bajarilgan ishlar uchun; v) ko’rsatilgan xizmatlar uchun; g) amaldagi qonunchilikda, me’yoriy hujjatlar yoki shartnomada ko’zda tutilgan boshqa to’lovlar uchun. To’lov talabnomasida mahsulot etkazib beruvchi tomonidan talabnoma nomeri, u to’ldirilgan sana, shu korxona nomi, uning hisob varaq nomeri, xizmat ko’rsatuvchi bank nomi, bankining kodi, to’lovchi korxonaning nomi, uning bankdagi hisobvaraq nomeri, to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi bank nomi va kodi, to’lov summasi va to’lov maqsadi ko’rsatiladi. Hujjatlarda ko’rsatilishi lozim bo’lgan umumiy rekvizitlardan tashqari to’lov talabnomasida quyidagilar ko’rsatilishi lozim: a) shartnoma sanasi va nomeri; b) mahsulotlarni yuklab jo’natish sanasi va tovar-transport yoki qabul qilish, topshirish hujjatlari va transport turi, tovarlar pochta va telekommunikatsiya agentligi orqali jo’natilganda esa - pochta kvitantsiyalarining nomeri; Agar mahsulot uni sotib oluvchining transport vositasi bilan olib ketilsa, talabnomaning alohida ajratilgan joyida yuk uni sotib oluvchining o’z transporti bilan olib chiqib ketilgani hamda ishonchnomaning nomeri ko’rsatiladi. Shunday hollar ham bo’ladiki, mahsulot kontraktsiya shartnomalari asosida realizatsiya qilinadi. Kontraktsiya shartnomalari bo’yicha mahsulot etkazib berishda to’lov talabnomasining yuqori qismida ya’ni talabnoma deb yozilgan so’z yoniga «Kontraktsiya shartnomasi» deb ko’rsatilishi lozim. to’lov talabnomalari bo’yicha hisob-kitoblarni rasmiylashtirish va hisobga olish ishlarini 3 bosqichga bo’lib ko’rib chiqamiz: 1-bosqich. Mahsulot etqazib beruvchi bankida to’lov talabnomasini inkassoga qabul qilinishi. 2-bosqich. Mahsulot oluvchi bankida to’lov talabnomalarini to’lash bo’yicha operatsiyalari. 3-bosqich. Mahsulot etkazib beruvchi bankida to’lovni qabul qilish bo’yicha operatsiyalar.

  17. To’lov topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar hisobi.-To’lov topshiriqnomasi bu to’lovchi korxonaning uning bankdagi depozit hisobvarag’idan pul mablag’larining ma’lum bir summasini boshqa mijozning hisobvarag’iga o’tkazish xaqida o’ziga xizmat ko’rsatuvchi bankka bergan topshirig’idir. To’lov topshiriqnomasi 0505411002 shakldagi standart blankada to’lovchi tomonidan rasmiylashtirilib bankka topshiriladi. To’lov topshiriqnomalari orqali kuyidagi to’lovlar amalga oshiriladi: tovarlar va xizmatlar uchun hisob-kitoblar; notovar operatsiyalar bo’yicha hisob-kitoblar; Markaziy bankning me’yoriy hujjatlarida ko’zda tutilgan bo’lsa, bank ssudalari va unga ko’shilgan foizlarni qoplash uchun mablag’ o’tkazish; Hukumat qarorlari va bank qoidalarida belgilangan hollardagi bank to’lovlari. Ilgari to’lov topshiriqnomalari rasmiylashtirilgan kundan boshlab 10 kun ichida bankka topshirilishi mumkin bo’lib, shu davr ichida u haqiqiy bo’lib hisoblanar edi. «Naqd pulsiz hisobkitoblarni amalga oshirish to’g’risida»gi yangi Nizomga asosan to’lov topshiriqnomasi rasmiylashtirilgan kun bankka taqdim etilishi lozim, ya’ni topshiriqnomaning sanasi uni bankka taqdim etilgan kun bilan bir xil bo’lishi kerak, ular mos kelmagan holda to’lov topshiriqnomasi ijro uchun qabul qilinmaydi. Lekin byudjetga va byudjetdan tashqari fondlar bo’yicha to’lovlar bundan mustasno.To’lov topshiriqnomalarining bankka topshiradigan nusxalar soni to’lovchi va mablag’ oluvchilarning qaysi bankda joylashganligiga bog’liq. To’lovchi va mablag’ oluvchi korxonalar bir bank bo’limi xizmatidan foydalansalar, topshiriqnomalar bankka uch nusxada taqdim etiladi. Topshiriqnoma nusxalarining har biri quyidagicha ishlatiladi: birinchi nusxa to’lovlar amalga oshirilgandan keyin bank mas’ul ijrochisi tomonidan imzo (https://fayllar.org/elektron-raqamli-imzo-elektron-raqamli-imzo.html), to’lov amalga oshirilgan sana va qabul qilish sanasi ko’rsatilgan, bankning to’rtburchak muhrining izi tushirilgan holda kunlik hujjatlar yig’masiga tikiladi; ikkinchi nusxasi to’lov oluvchining hisobvarag’iga ilova sifatida mas’ul ijrochi tomonidan imzo (https://fayllar.org/8-laboratoriya-ishi-avtomatika-sistemalarda-qollaniladigan-ijr-v2.html), to’lov amalga oshirilgan sana, bankning to’rtburchak muhr izi tushirilgan holda to’lovni oluvchi korxona vakiliga beriladi; uchinchi nusxa operatsiya bajarilgandan so’ng, bank bo’limining to’rtburchak shtampi izi tushirilgan, mas’ul ijrochi tomonidan imzo, to’lovni amalga oshirish va topshiriqnomani qabul qilish sanasi ko’rsatilgan holda, to’lovchi korxona vakiliga ularning depozit hisobvarag’idan ko’chirma bilan birgalikda beriladi. To’lov topshirig’ida quyidagi rekvizitlar ko’rsatilishi lozim: a) to’lov topshirig’ining nomi va nomeri. b) to’lov topshirig’i to’ldirilgan sana, ya’ni kun, oy va yil. v) to’lovchining nomi, to’lovchi bankining nomi va kodi. g) to’lovchining hisobvaraq nomeri va identifikatsiya kodi. d) mablag’larni oluvchi korxona nomi, unga xizmat ko’rsatuvchi bank nomi va kodi j) mablag’ oluvchining hisobvaraq nomeri. z) to’lovlarning summasi raqam va yozuvlarda ko’rsatiladi. i) to’lovning maqsadi. To’lov topshirig’ining barcha rekvizitlari to’ldirilgandan so’ng, topshiriqnomaning alohida ajratilgan pastki qismiga to’lovchi korxona rahbari va bosh buxgalterining imzosi hamda muhr izi qo’yiladi. Ushbu muhr va imzolar to’lov topshirig’ining faqat birinchi asl nusxasiga qo’yiladi.Hozirgi kunda respublikamizda banklar orqali o’tkazilayotgan barcha to’lovlarning 65-75 foizi to’lov topshiriqnomalari yordamida amalga oshirilmoqda, bu uning afzalliklari bilan bog’liqdir. Bu afzalliklar quyidagilardan iboratdir: birinchidan, hujjatlar aylanishining oddiyligi va tezligi, ya’ni hisob-kitoblarni amalga oshirishning texnik jihatdan kulayligi. Bu esa o’z navbatida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va bank xodimlarining mehnat sarfini kamaytiradi; ikkinchidan, pul mablag’lari harakatining tezligi (https://fayllar.org/nuqta-kinematikasi-nuqta-harakatining-berilish-usullari-nuqta.html), ya’ni to’lov talabnomasiga nisbatan to’lov topshiriqnomasi bo’yicha hisob-kitoblarda hujjatlarning aylanishi harakati qisqaligi so’zsiz xo’jalik oborot mablag’larining aylanish tezligini oshiradi; uchinchidan, tovar sotib oluvchining qabul qilgan tovarlari yoki xizmatlar sifatini oldindan aniqlab olinishi. Hisob-kitoblarning bu shaklida to’lov talabnomasi orqali hisob-kitoblarda bo’lgan kabi bankka rad etish arizasi topshirilmaydi, chunki to’lovchining o’zi to’lovni to’lashga rozi bo’lsa, topshiriqnomani bankka topshiradi; to’rtinchidan, to’lov topshiriqnomasining barcha tovarsiz operatsiyalarda ko’llanishi, bu esa ushbu shakl bo’yicha hisob-kitoblarning ahamiyatini yanada yakkol aks ettiradi.

3. Turon bank YakkasaroyfilialimijoziEshmatov M., Xalqbankimijozi «Korzinka» savdodukonidanplastikkartochkasiorqali 50000 so’mmiqdordamaxsulotsotiboldi.


Topshiriq: 1. Buxgalteriyao’tkazmalarinituzing.
3. 2022 yil 5 mart kunimijozMChJ “Zarafshon” 240000 so’minkasatsiyapulmablag’inibankkatopshirdi. Shu kunimijozYaTT “Axrorov A.A.” 90000 so’minkasatsiyapulmablag’itopshirdi. Bank qaytasanashkassasiYaTT “Axrorov A.A.” topshirganpulmablag’iniqaytasanalganda 1000 so’mkamtopshirganligianiqlandivadalolatnomatuzildi. Mijozningasosiyhisobraqamiboshqabankda. Topshiriq: 1. Tegishlibuxgalteriyaprovodkalarinituzing.
3. Kreditshartnomasigaasosan «Sharq» AJ 24 mln. so’masosiyqarzsummasiniva 8 mln. so’mkreditfoizini 6- oktyabrdaqaytarishishart. Kreditniso’ndirilishsanasidamijozninghisobvarag’ida 12560000 so’mpulmablag’imavjud. Topshiriqlar: 1. To’lovlarketma-ketliginiko’rsating. 2. Buxgalteriyaprovodkalarinituzing.
3. Ipoteka bank filialiga 2022 yil 5 fevraldakechkiyo’nalishbilanjami 80 ta qopdasummasi 32.350.200 so’mpulmablag’larisolinganinkassatorlikqoplariolibkelindi. Kechkikassatomonidan yuk xatiningikkinchinusxasigaasosanertasikunibuxgalteriyaxodimitomonidanushbumablag’larningkirimro’yxatiasosida 12 ta boshqa bank mijozibo’yichajami 6250.200 so’mva 68 ta bankningo’zmijozlaribo’yichajamisummasi 26.100.000 mablag’larkirimqilinishilozimligima’lumbo’ldi. Topshiriq:1. Ushbumablag’larni bank kassasigakirimqilishbo’yichabuxgalteriyao’tkazmalarinituzing.
3. Bank 10101 - "Aylanmakassadaginaqdpullar" hisobvarag’idan bank binosidantashqaridajoylashtirilganshoxobchalariga (10111 - "Bank binosidajoylashmaganamaliyotkassalardaginaqdpullar") 10.mln so’mmiqdordamadadpulinijo’natgandabuxgalteriyao’tkazmasiniamalgaoshiradilar.
Topshiriq:1. Buxgalteriyao’tkazmalarinituzing.
3. «Yashilchay» MChJishchixodimlarioylikishxaqiniplastikkartagao’tkazishuchunbankga 1000000 so’mlikto’lovtopshiriknomasivaxodimlarnomiko’rsatilgantashkilotmuxribosilganvajavobgarxodimlaritomonidanimzolanganto’lovvedomostinitaqdimetdi.
Topshiriq:
1. Mazkurholatyuzasidanbuxgalteriyao’tkazmalarinituzing.
3. Xalqbanki “Mirobod” filialimijozi “Qaqnus” xususiyfirmasihisobvarag’iga “Bars” xususiyfirmasidan 01.02.2022 yilda 1.000,0 mingso’mlikaktseptlito’lovtalabnomasikelibtushdi. 07.02.2022 yildato’lovchiogohlantirildivabiroydankeyinto’labberildi.
Topshiriq:
1. Buxgalteriyao’tkazmalarinituzing.
3. «Ipoteka» bankida «Krash» QK hisobvarag’ibo’yichaquyidagioperatsiyalaramalgaoshirildi:
- ishchilargaishxaqito’lashuchun 1650000 so’mnaqdpuloldi.
- «Shrek» xususiyfirmasidansotilgantovarlaruchun 1620350 so’mpulmablag’ikelibtushdi. (hisobvarag’i «Davr» bankida)
- 650000 so’mnio’zigategishlibo’lgandebetplastikkartochkasigao’tkazdi.
Topshiriqlar:
1. Amalga oshirilganoperatsiyalar «Ipoteka» bankibalansigaqandayta’sirko’rsatdi.
2. Buxgalteriyaprovodkalarinituzing.
3. «Ipoteka» banki S. Rahimovfilialikassasigaquyidaginaqdpulmablag’lariqabulqilindi:
- E’lonnomaasosida «Parvoz» davlatkorxonasidan 965050 so’msavdotushumi
- inkasatsiyaorqali «Chortoq» XF dan 1930690 so’msavdotushumi
Kassada 5201360 so’mpulboredi.
Topshiriqlar:
1. Kassaqoldig’inianiqlang.
3. 12 mart 2022 yilkunida bank tamonidan 20210000400291497001 raqamlihisobvaraqbo’yichaquyidagioperatsiyalaro’tkazildi.
1. Boshqashahardagimoljo’natgankorxonadanaktseptlito’lovtalabnomasitushdi. 32000 so’m.
2. Xomashyogapulo’tkazishuchunmijozdanto’lovtopshirig’ikelibtushdi. 38000 so’m.
3. Pensiyafondigabadallarnio’tkazishuchunto’lovtopshirig’itopshirildi. 12900 so’m.
4. Ishhaqiolishuchunpulchekitopshirildi. 48100 so’m.
5. Ishchixizmatchilarishhaqidanushlabqolingandaromadsolig’inito’lashuchunto’lovtopshirig’itopshirildi. 21400 so’m.
Korxonahisobvarag’ida kun boshigabo’lganqoldiq 132145.0 so’mnitashkiletadi.
Topshiriq:
1. Tegishlibuxgalteriyaprovodkalarinibajaring.
3. «Najod Servis» xususiy korxonasiga texnika vositasini sotib olishi uchun 2020 yil yanvar oyi boshida 12 000 000 so’m 3 yil muddatga berildi. Asosiy qarzini qaytarish 6 oy imtiyozli davrni o’z ichiga olgan xar oyda 400 000 so’mdan qaytarishi belgilab olindi. Qaytarish muddati 2022 yil dekabr oyi oxiriga belgilandi. Taminotga 15 000 000 so’m garov olindi.
Topshiriq:
1. Mazkur holat yuzasidan buxgalteriya o’tkazmalarini tuzing.
3.ATIB Ipoteka banki tomonidan yakka tartibdagi tadbirkor R.Saliev tomonidan 20.000.000 so’m miqdorida, 18 oy muddatga, yillik 24% ustama to’lash sharti bilan, ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun uzoq muddatli kredit ajratish to’g’risidagi arizasi kelib tushgan, mazkur bank kredit ko’mitasi tomonidan ariza o’rganilib, kredit ajratish bo’yicha ijobiy qaror qabul qilindi. Ushbu kredit ta’minoti sifatida tadbirkor tomonidan 15.000.000 so’mlik transport vositasi, hamda 10.000.000 so’mlik kafillik shartnomasi taqdim qilindi. Kredit shartnomasiga va tadbirkorning taqdim etgan biznes rejasiga ko’ra yakka tartibdagi tadbirkorga kreditni qaytarishda imtiyozli muddat berilmagan. Shartnomaga asosan olinadigan tovar uchun kredit mablag’i shu bankda faoliyat yuritayotgan “Gold Chicken” xususiy korxonasiga o’tkazib berildi.
Topshiriq:Ushbu kredit ajratish jarayonidagi buxgalteriya provodkalarini ko’rsating
3. Kredit shartnomasiga asosan «Sharq» AJ 24 mln. so’m asosiy qarz summasini va 8 mln. so’m kredit foizini 6- oktyabrda qaytarishi shart. Kreditni so’ndirilish sanasida mijozning hisobvarag’ida 12560000 so’m pul mablag’i mavjud.
Topshiriqlar:
1. To’lovlar ketma-ketligini ko’rsating.
2. Buxgalteriya provodkalarini tuzing.
3. Bank 10101 - "Aylanma kassadagi naqd pullar" hisobvarag’idan bank binosidan tashqarida joylashtirilgan shoxobchalariga (10111 - "Bank binosida joylashmagan amaliyot kassalardagi naqd pullar") 10.mln so’m miqdorda madad pulini jo’natganda buxgalteriya o’tkazmasini amalga oshiradilar.
Topshiriq:
1. Buxgalteriyao’tkazmalarinituzing.
Download 78.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling