Akkumulator Akkumulyator
Download 0.85 Mb.
|
Документ Microsoft Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lithium-Polymer akkumulyatorlar
- Lithium-Polymer batareyalarning qisqacha tavsifi Kimyoviy reaksiya
- Quvvati kamayishi
Umumiy xususiyatlari: odatda qurilmaning ichida quvvatlashga mo‘ljallab chiqariladi, ammo ayrim hollarda qurilmadan tashqarida ham to‘ldirish mumkin bo‘ladi. Kimyoviy tuzilishi sababli batareya faqat to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida ishlab chiqarilishi mumkin. Nikelli akkumulyatorlarga nisbatan yengil.
Lithium-Polymer akkumulyatorlar Mazkur texnologiya ilk bor 1970-yillarda ishlab chiqilgan. Qattiq polimer elektrolitdan ishlangan ilk batareya plastik plyonka ko‘rinishida bo‘lgan. Shu sababli ham batareyalarning bu turi shakliga ko‘ra xuddi bank plastik kartochkasi singari yupqa ko‘rinishda bo‘laturib, yaxshigina hajmdagi quvvatni o‘zida saqlay biladi. Shuningdek, litiy-polimerli akkumulyatorlar juda yengil hamda xavfsizlik darajasi ham yuqori. Biroq bu batareyalar ishlab chiqaruvchiga birmuncha qimmatga tushadi. Shuningdek, unda quvvat sig‘imdorligi ham Li-ion turdagisiga qaraganda kamroqdir. Lithium-Polymer batareyalarning qisqacha tavsifi Kimyoviy reaksiya: elektrolitga bog‘liq holda o‘zgarib turadi; Ishlash harorati: past va yuqori haroratlarda ham yaxshi samaradorlikni namoyon etadi; Qo‘llanilish sohasi: uyali telefonlar, mobil hisoblash qurilmalari; Boshlang‘ich kuchlanishi: 3,6 & 7,2; Sig‘imdorligi: batareyaga bog‘liq holda turlicha, ammo standart litiy-ionli akkumulyatorlarga nisbatan kichikroq; Quvvati kamayishi: bir tekis; Ish davomiyligi: 300-400 sikl; Quvvatlash harorati: 0ºC dan to 60ºC gacha; Sig‘imning kamayib borishi: oyiga -0.1%. Umumiy xususiyatlari: faqat qurilmaning ichida quvvatlashga mo‘ljallangan, qurilmadan tashqarida to‘ldirib bo‘lmaydi. Nikelli akkumulyatorlarga nisbatan yengil. Turli shakllarda ishlab chiqarish imkoniyati mavjud. Yuqoridagi ko‘rsatkichlarni o‘zaro solishtirib, quyidagilarni aytish mumkin: litiy-polimerli batareyalar nisbatan chiroyli va yupqaroq, yana shakli istalgancha bo‘lishi mumkinligi ham ularning ustunligidir. Biroq litiy-ionli akkumulyatorlar o‘ziga ko‘proq quvvat sig‘dira olishi jihatidan baribir yuqori. Shuningdek, ularning tannarxi past ekanligi ham muhim ahamiyatga ega, zero, bu ko‘rsatkich smartfonsozlar uchun batareyaning qiymati, yakuniy iste’molchi – foydalanuvchi uchun esa smartfon yoki planshetning narxi arzon bo‘lishini ta’minlab beradi. Yana aytish kerakki, Samsung, Apple, Motorola va shu kabi mobil qurilmalar bozorining ilg‘or ishtirokchilari ham o‘z gadjetlariga Lithium-Ion turidagi akkumulyatorlarni o‘rnatishadi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling