Akkumulator Akkumulyator
Smartfonlarning batareyalari nega portlaydi?
Download 0.85 Mb.
|
Документ Microsoft Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- Akkumulyator nima
- Batareya nimadan yasalgan
- Nima uchun batareyalar tez tugab qoladi
Smartfonlarning batareyalari nega portlaydi?
Yangi avlod smartfonlarning supersig‘imli batareyalari aksariyat ishlab chiqaruvchilarning faxrlanishiga sabab bo‘lib, marketingdagi muhim ustunlik hisoblanadi. Biroq aslida bunday akkumulyatorlarda yashirin tahdid mavjud - so‘nggi paytlarda telefon batareyalarining portlash holatlari ko‘payib bormoqda, bundan hech kim "sug‘urtalanmagan". Trendymen.ru batareyalar nima uchun portlashi hamda qanday qilib buning oldini olish mumkinligi haqida ma'lumot berdi. Akkumulyator nima? Batareyalar kimyoviy energiyaga mo‘ljallangan kichik konteynerlar hisoblanadi. Akkumulyatorning ishlash tamoyili elektronlarning salbiy anoddan katodga o‘tishiga asoslanadi. Batareya zaryadlanganidan keyin smartfon ishlashi uchun energiya beruvchi elektronlarning harakatlanish jarayoni boshlanadi. Bu jarayon batareya ichidagi barcha elektronlar anoddan katodga o‘tib olmagunicha davom etadi. Batareya nimadan yasalgan? Odatiy batareyalarning ichida ijobiy ionlar harakati amalga oshuvchi kimyoviy muhit - anod, katod va elektrolit mavjud. Aksariyat smartfon va planshetlarda qo‘llanuvchi litiy-ion batareyalar o‘zida kobalt, nikel, marganets, grafit, shuningdek elektrolitning litiy tuzlari kabi moddalarni mujassam qilgan. Akkumulyator faoliyatining kimyoviy asosi - ijobiy ionlarning muntazam ravishda elektrolitlar orqali salbiy qutbdan ijobiy tomonga harakatlanish jarayoni. Shu tufayli batareya faol ishlash vaqtida akkumulyator ichidagi kimyoviy jarayonlar hisobiga haddan ziyod qizib ketishi mumkin. Nima uchun batareyalar tez tugab qoladi? Batareyaning ishlash tamoyili oddiy bo‘lishi mumkin, lekin buning uchun kerak bo‘ladigan texnologiyalar u qadar oddiy emas. Batareyalarning ishlash vaqtini cheklovchi asosiy omil energiya zichligi hisoblanadi. Akkumulyatorning kimyoviy komponentlari qancha energiya to‘plasa, u shuncha elektr energiyasini ishlab chiqarishi mumkin. Batareya ichidagi nofaol materiallar - "o‘lik yuk" hisoblanadi. Batareya korpusi, nazoratchi chiplar va simlar shular jumlasidandir. Ular akkumulyatorlarga vazn qo‘shadi, ammo uning samardorligini oshirmaydi. Zamonaviy texnologiyalarni inobatga olganda, smartfon batareyasining xizmat vaqtini uzaytirishning yagona usuli - smartfon elektronikasining energetik samaradorligini oshirish va batareya hajmini kattalashtirish hisoblanadi, lekin yengillik tendensiyasi ishlab chiqaruvchilarni zaryadsiz bir kundan ortiq ishlay olmaydigan ingichka batareyalarni qo‘llashga majbur qiladi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling