Akkumulyatorlar batareyasini tuzilishi va elektrolit zichligini aniqlash
Akkumulyatorda elektrolit sathini o‘lchash
Download 254.62 Kb.
|
2-amaliy mashgulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Akkumulyatordagi elektrolit temperaturasini o‘lchash
- 3. Akkumulyatorlar batareyasining razryadlanganlik darajasini zichlik orqali aniqlash
1. Akkumulyatorda elektrolit sathini o‘lchash
Elektrolit sathini o‘lchash uchun akkumulyator bankasining tiqinlari ochiladi va unga saqlovchi to‘siqqa qadalguncha, shisha o‘lchov naycha tushiriladi. So‘ngra shisha naychaning ustki tomoni barmoq bilan berkitiladi va akkumulyatordan chiqariladi. SHisha naychada elektrolit sathiga teng bo‘lgan suyuqlik ustunchasi hosil bo‘ladi. Akkumulyatordagi elektrolit sathi saqlovchi to‘siqdan 10-15 mm yuqori bo‘lishi kerak. Agar elektrolit sathi bundan past bo‘lsa akkumulyatorga distillangan suv quyiladi, yuqori bo‘lsa - ortiqcha elektrolit noksimon rezinali so‘rg‘ich yordamida olib tashlanadi. Tajriba natijasida olingan ma'lumotlar hisobotdagi jadvalga yozib qo‘yiladi. 2. Akkumulyatordagi elektrolit temperaturasini o‘lchash Elektrolit temperaturasini o‘lchash uchun akkumulyatorning bironta bankasiga oddiy simobli termometr tushiriladi va 3-5 minut davomida ushlab turiladi. Elektrolit temperaturasi haqidagi ma'lumotlar hisobotdagi jadvalga yozib qo‘yiladi. 3. Akkumulyatorlar batareyasining razryadlanganlik darajasini zichlik orqali aniqlash Akkumulyatorning razryadlanganlik darajasini zichlik orqali aniqlash usuli quyidagi bosqichlardan iborat: - elektrolit zichligini mavjud temperaturada o‘lchash: - elektrolit zichligini 250S ga keltirish: - akkumulyatorning razryadlanganlik darajasini hisoblash. Elektrolit zichligini o‘lchash uchun areometrning noksimon rezinali so‘rg‘ichi siqiladi va uning shisha naychasi akkumulyator bankasiga tushiriladi (2.1-rasm). So‘ngra asta-sekin so‘rg‘ichni bo‘shatib, densimetr qalqib chiqqunga qadar pipetkaga elektrolit so‘riladi. SHundan keyin, trubkani akkumulyatordan chiqarmasdan densimetrni daraja ko‘rsatkichidan elektrolitning mavjud temperaturadagi zichligi o‘lchanadi. Elektrolitning zichligi temperaturaga bog‘liq. SHuning uchun akkumulyatorning texnik holatini elektrolit zichligi orqali aniqlash uchun, mavjud temperaturada o‘lchangan zichlikni 250S ga keltirish kerak. Buning uchun quyidagi ifodadan foydalaniladi: 25 qo‘lch - 0,7 (25 - t) , G’2.1G’ Bunda 25 - elektrolitning 250S ga keltirilgan zichligi, kgG’m3 ; o‘lch- elektrolitning mavjud temperaturada o‘lchangan zichligi, kgG’m3 ; t - elektrolitning temperaturasi, 0S. Akkumulyatorning razryadlanganlik darajasini zichlik orqali aniqlash uchun quyidagi ifodadan foydalaniladi: G’2.2G’ Bunda DR - akkumulyatorning razryadlanganlik darajasi, % ; tz - elektrolitning akkumulyator to‘la zaryadlangan holdagi zichligi, kgG’m3 ; tr - elektrolitning akkumulyator to‘la razryadlangan holdagi zichligi, kgG’m3. O‘rta Osiyo iqlim sharoiti uchun yil bo‘yi tz q1250.....1270 kgG’m3, tr q 1090....1110 kgG’m3 qiymatlarga teng qilib olinadi. Razryadlanganlik darajasi qishda 25% dan, yozda 50% dan ortiq bo‘lgan akkumulyator batareyalari avtomobildan olinib zaryadga qo‘yilishi shart. Download 254.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling