Akmalov Elbek Erkin o`g`li


Download 450.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana16.10.2023
Hajmi450.57 Kb.
#1704739
  1   2   3   4
Bog'liq
Punktuatsiya



Akmalov Elbek Erkin o`g`li

TINISH BELGILARINING 
QO'LLANILISH ASOSLARI 
Punktuatsiya - tinish belgilarini o'rganuvchi tilshunoslik bo'limi. 
Hozirgi yozma adabiy tilda 10 ta tinish belgisi qo'llaniladi:
1. nuqta (.) 
2. so'roq belgisi (?) 
3. undov belgisi (!) 
4. ko'p nuqta (...) 
5. qavs () 
6. qo'shtirnoq («») 
7. vergul (,) 
8. nuqtali vergul (;) 
9. ikki nuqta (:)
10. tire (-) 
Ma’lum bir maqsad, fikr og'zaki nutqda ma’lum bir ohang bilan, 
yozuvda esa gapning grammatik qurilishi va tinish belgilari orqali 
ifodalanadi. Tinish belgilari fikrni, maqsadni yozuvda ko'rsatishda 
qo‘shimcha, ammo zaruriy vositadir. So'zlovchining maqsadini 
tinish belgilari orqali bilib olamiz:
Poyezd keldi. (xabar) 
Poyezd keldi! (his-hayajon,) 
Poyezd keldi?( so'roq) 
Bu uch gapdagi xabar, his-hayajon, so'roq mazmuni gaplardan 
so'ng qo'yilgan tinish belgilari orqali bilinadi. 
Tinish belgilari mazmun, ohang va gapning grammatik qurilishiga 
ko'ra qo'llanadi: 
Mazmun ifodalanmoqchi bo'lgan mazmun tugallangan bo'lsa, 
nuqta, undov yoki so'roq belgisi, uch nuqta qo'yiladi.
Masalan: 
O'zimiz institut ochyapmiz, bilib qo'y... 
Institut? 
Institut! 
O'zgalarning gapi bo'lsa, qo'shtirnoqqa olinadi: «Ertaga sinovlar 
boshlanadi», - dedi o'qituvchimiz. 
Ona tili mavzular. Punktuatsiya.
@Ona_tili_va_adabiyot_N1



Gaplar orasidagi mazmun munosabatlari qo'shma gaplarda ikki 
nuqta, tire, vergul yoki nuqtali vergul orqali ifodalanadi. 
Tugallanmagan yoki izohtalab tushunchalar ko'p nuqta yoki 
qavslar orqali ifodalanadi. 
Grammatik qurilish.
Ayrim tinish belgilari gapning grammatik tuzilishiga ko'ra 
qo'llanadi.
- Ega bilan kesim orasida tire qo'yilishi yoki qo'yilmasligi 
ma’lum grammatik qoidalar asosida belgilanadi. 
- Ayrim ergash gaplar o'z tuzilishiga ko'ra vergul bilan ajratiladi. 
Masalan: Yo'lchi, qancha aqchasi bo'lsa ham, berishga tayyor 
edi. 
Bu jumladagi qancha aqchasi bo'lsa ham ergash gap bo'lgani 
uchun, bosh gap orasida to'xtalish (pauza) bo'lmasa ham, undan 
so'ng vergul qo'yiladi. 
Ona tili mavzular. Punktuatsiya.
Akmalov Elbek Erkin o`g`li
@Ona_tili_va_adabiyot_N1



NUQTA
• Qadimgi arab manbalarida 
foydalanila boshlangan. O`zbek 
tilida XIX asrning ikkinchi 
yarmidan foydalanila boshlangan
SO`ROQ BELGISI
• So`roq belgisi lotincha so`roq 
(questio)so`ziga borib taqaladi.
O`zbek matnlarida birinchi marta 
1885-yilda, muntazam 1900
yildan ishlatiladi.

Download 450.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling