Akmalov Elbek Erkin o`g`li
Download 450.57 Kb. Pdf ko'rish
|
Punktuatsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- NUQTA • Qadimgi arab manbalarida foydalanila boshlangan. O`zbek tilida XIX asrning ikkinchi yarmidan foydalanila boshlangan SO`ROQ BELGISI
Akmalov Elbek Erkin o`g`li 1 TINISH BELGILARINING QO'LLANILISH ASOSLARI Punktuatsiya - tinish belgilarini o'rganuvchi tilshunoslik bo'limi. Hozirgi yozma adabiy tilda 10 ta tinish belgisi qo'llaniladi: 1. nuqta (.) 2. so'roq belgisi (?) 3. undov belgisi (!) 4. ko'p nuqta (...) 5. qavs () 6. qo'shtirnoq («») 7. vergul (,) 8. nuqtali vergul (;) 9. ikki nuqta (:) 10. tire (-) Ma’lum bir maqsad, fikr og'zaki nutqda ma’lum bir ohang bilan, yozuvda esa gapning grammatik qurilishi va tinish belgilari orqali ifodalanadi. Tinish belgilari fikrni, maqsadni yozuvda ko'rsatishda qo‘shimcha, ammo zaruriy vositadir. So'zlovchining maqsadini tinish belgilari orqali bilib olamiz: Poyezd keldi. (xabar) Poyezd keldi! (his-hayajon,) Poyezd keldi?( so'roq) Bu uch gapdagi xabar, his-hayajon, so'roq mazmuni gaplardan so'ng qo'yilgan tinish belgilari orqali bilinadi. Tinish belgilari mazmun, ohang va gapning grammatik qurilishiga ko'ra qo'llanadi: Mazmun ifodalanmoqchi bo'lgan mazmun tugallangan bo'lsa, nuqta, undov yoki so'roq belgisi, uch nuqta qo'yiladi. Masalan: O'zimiz institut ochyapmiz, bilib qo'y... Institut? Institut! O'zgalarning gapi bo'lsa, qo'shtirnoqqa olinadi: «Ertaga sinovlar boshlanadi», - dedi o'qituvchimiz. Ona tili mavzular. Punktuatsiya. @Ona_tili_va_adabiyot_N1 2 Gaplar orasidagi mazmun munosabatlari qo'shma gaplarda ikki nuqta, tire, vergul yoki nuqtali vergul orqali ifodalanadi. Tugallanmagan yoki izohtalab tushunchalar ko'p nuqta yoki qavslar orqali ifodalanadi. Grammatik qurilish. Ayrim tinish belgilari gapning grammatik tuzilishiga ko'ra qo'llanadi. - Ega bilan kesim orasida tire qo'yilishi yoki qo'yilmasligi ma’lum grammatik qoidalar asosida belgilanadi. - Ayrim ergash gaplar o'z tuzilishiga ko'ra vergul bilan ajratiladi. Masalan: Yo'lchi, qancha aqchasi bo'lsa ham, berishga tayyor edi. Bu jumladagi qancha aqchasi bo'lsa ham ergash gap bo'lgani uchun, bosh gap orasida to'xtalish (pauza) bo'lmasa ham, undan so'ng vergul qo'yiladi. Ona tili mavzular. Punktuatsiya. Akmalov Elbek Erkin o`g`li @Ona_tili_va_adabiyot_N1 3 NUQTA • Qadimgi arab manbalarida foydalanila boshlangan. O`zbek tilida XIX asrning ikkinchi yarmidan foydalanila boshlangan SO`ROQ BELGISI • So`roq belgisi lotincha so`roq (questio)so`ziga borib taqaladi. O`zbek matnlarida birinchi marta 1885-yilda, muntazam 1900 yildan ishlatiladi. Download 450.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling