Akramova zuxraxon jahongir qizining


Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarish kooperativi


Download 52.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi52.63 Kb.
#1520424
1   2   3
Bog'liq
Akramova Z. qishloq xolaligi mustaqil ish

2.Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarish kooperativi 
Kooperativ faoliyatida ishtirok etgani uchun, uning a‘zolari daromadlarning 
turli xilini oladilar: kooperativ to‗lovlar, dividendlar va ish haqi. Kooperativ to`lovlar 
- kooperativning asosiy a‘zolari orasida ularning kooperativdagi shaxsiy mehnat 
qatnashuvi va uning faoliyatida ishtirokiga ko`ra taqsimlanadigan daromadning bir 
qismi. Dividendlar - asosiy a‘zolarning qo`shimcha paylari va kooperativning 
uyushma a‘zolari paylari bo`yicha to`lanadigan kooperativ daromadining bir 


qismi. Faoliyatlarini amalga oshirish uchun kooperativ ishchilar kooperativning 
a‘zosi bo`lmagan va ma‘lum mutaxassislik, kasb yoki lavozimga mehnat 
shartnomasi (kontrakt) bo`yicha shaxslarni yollash huquqiga ega. Iste‘molchilar 
kooperativlari o`z a‘zolari orasidan ham ishchilar yollashi mumkin. 
Qishloq xo`jaligi kooperativlari ishlab chiqarish va iste‘molchilik shaklida 
tuzilishi mumkin. Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarish kooperativi - fermerlar tomonidan 
qishloq xo`jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va sotish bo` yicha 
hamkorlikdagi faoliyat uchun tuzilgan tijorat tashkilotidir. Shuningdek, u 
kooperativ a‘zolarining shaxsiy mehnat ishtirokiga asoslangan, qonun bilan man 
etilmagan faoliyatlarni bajarish uchun ham tuziladi. 
Ishlab chiqarish kooperativining boshqa o` ziga xos xususiyatikooperativning asosiy 
a‘zolarini uning faoliyatida shaxsan mehnati bilan ishtirokidir. 
Ishlab chiqarish kooperativi - tijorat tashkiloti bo`lib, faoliyatining asosiy 
maqsadi daromad topishdir. Ishlab chiqarish kooperatorlariga qishloq xo`jalik 
korxonalari kiradi. Kooperativ xo‗jalik dehqon va fermer xo‗jaliklari boshliqlari yoki 
shaxsiy yordamchi xo`jalik yurituvchi fuqarolar tomonidan yerga ishlov berish, 
chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish yoki qishloq xo` jaligi mahsulotlari 
ishlab chiqarish bilan bog‗liq boshqa faoliyatlarni bajarish uchun tashkil etiladi. 
Sanoat va qishloq xo`jaligi orasidagi aloqa integratsiyalash yo`li bilan 
amalga oshiriladi. Integratsiya ikki turga: gorizontal va vertikal 
integratsiyalanishlarga bo`linadi. Gorizontal integratsiya– o`zida bitta tarmoq ichidagi 
korxonalarning o`zaro aloqasini aks ettiradi. Umumiy ishlab chiqarish masalalarini hal 
qilish uchun korxonani kooperativlashtirish asosida u rivojlanishga erishadi. Qishloq 


xo`jaligiga qo llaniladigani - bu qishloq xo`jaligi korxonalarining harakatlarini 
kooperatsiya shaklida, mahsulotlarini almashtirish yoki ishlab chiqarishni 
optimal konsentratsiyalash va ixtisoslashtirish asosida yuqoriroq mehnat 
unumdorligiga erishish uchun ishlab chiqarishni hamkorlikda tashkil etishdir. 
Gorizontal integratsiya bir qancha qishloq xo`jaligi tashkilotlaridagina 
rivojlanadi. Masalan, moddiy, moliyaviy va mehnat resurslarining bir qismini 
birlashtirish yo`li bilan ixtiyoriylik asosida tuzilgan xo`jaliklararo korxonalar va 
tashkilotlardir. Gorizontal integratsiya ikki yo`nalishda amalga oshiriladi: 
birinchisi, alohida bo`lgan, umumiy ishlab chiqarish jarayonida o`ziga xos 
vazifani bajaruvchi ixtisoslashgan qishloq xo`jaligi korxonalari o`rtasida amalga 
oshiriladi; 
ikkinchisi, bir nechta xo`jaliklarning imkoniyat va mablag`larini yirik 
ixtisoslashgan korxona tashkil etish maqsadida birlashtirish. Gorizontal integratsiya 
qishloq xo`jaligi va sanoat ishlab chiqarish`aloqalarining mukammallashuviga ham 
ijobiy ta‘sir etadi.`Vertikal integratsiya–tarmoqlararoaloqalarning rivojlanishini o`zaro 
texnologik jihatdan qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlari va 
ularni sanoatda qayta ishlab chiqarilishida aloqador bo`lgan qishloq xo`jaligi va 
sanoat ishlab chiqarish hamkorligining rivojlanishini ifodalaydi. Bu aloqalar`darajasi 
va xarakteri bo`yicha farqlanishi mumkin, zarur sharti-turli tarmoqlarning 
kooperatsiyalanishidir. Vertikal integratsiya agrosanoat degan 
nom olgan. Agrosanoat majmuida diversifikatsiyalangan shakllanish rivojlanadi va u 
o`z tarkibiga o`zaro ishlab chiqarish faoliyati bilan bevosita bog`liq bo`lmagan 
korxonalar va tashkilotlar kiradigan integrallashgan guruhlarni tashkil etadi. 


Integratsiyalashgan ishlab chiqarishga o`tish ishlab chiqarish kuchlari va 
tarmoqlararo aloqalarning rivojlanish darajasiga obyektiv darajada bog`liq 
bo`ladi. Integratsiya mehnatning tarmoqlararo bo‗linishi asosida yuzaga kelgan 
tarmoqlararo o`zaro aloqadorlikning tashkiliy-iqtisodiy shakllari yetarlicha 
amaliy natija bera olmaydigan va kelgusida ishlab chiqarish samaradorligining 
oshishini ta‘minlay olmaydigan holatda ishlab chiqarish kuchlari alohida 
bosqichida rivojlana boshlashi yuzaga keladigan ijtimoiy-iqtisodiy jarayon 
sifatida qaralishi mumkin.`Agrosanoat integratsiyasi mahsulot sifatining yaxshilanishi, 
joriy xarajatlar`iqtisodi, mahsulot sifatining oshishi va uni iste‘molchiga yetkazib 
berish`muddatining qisqarishi natijada aholi talablarining to`liqroq qondirilishi bilan 
izohlanadi.`Integratsiyaning samarasi quyidagi iqtisodiy ko`rsatkichlar orqali 
aniqlanadi: 
mahsulot hajmining ko`payishi; 
joriy xarajatlarning o`zgarmasligi; 
iqtisodiy yalpi mahsulotning ko`payishi; 
daromad va rentabellik darajalarining oshishi va h.k. 
Agrosanoat integratsiyalashuvi quyidagilarga imkon beradi: 
ishlab chiqarishga ilmiy-texnika yutuqlarini va innovatsion 
texnologiyalarni joriy etishning jadallashtirilishi, bir xildagi va yuqori 
sifatli mahsulotlarni optimal ravishda ishlab chiqarish uchun zarur 
ustuvorliklar yaratish; 
olinadigan qishloq xo`jaligi xom-ashyolari va qayta ishlash quvvati orasida 
oqilona mutanosiblikni ta‘minlash; 


 mahsulotlarning bir texnologik fazadan boshqasiga o`tishini tezlashtirish; 
ishlab chiqarish sikli hamma sikllarining yagona takror ishlab chiqarish 
jarayonini ta‘minlash; 
qayta ishlashda olingan xom-ashyo va chiqindilardan to`liqroq foydalanish; 
ASMda mavjud ishchi kuchi va ishlab chiqarish vositalaridan samaraliroq 
foydalanish; 
boshqaruv xodimlari sonini optimallashtirish va ular uchun qilinadigan 
xarajatlarni kamaytirish; 
narxni shakllantirsh sohasidagi monopolistik strukturalarga qarshi turish; 
tovar ishlab chiqaruvchilarda sifatli va raqobatbardosh mahsulot ishlab 
chiqarishga iqtisodiy imkoniyat yaratish; 
qishloqning ijtimoiy muammolarini jadal sur‘atlar bilan hal qilish va 
boshqalar. Yuzaga kelayotgan sharoitlarga ko`ra, integratsiyalanish darajalari bir xil 
emasligini, tarmoqlarning birlashuvi ko`pchilik holatlarda qisman 
integratsiyalanishdan to`liq integratsiyalanish yo`nalishi tomon ketayotganligini 
xarakterlovchi turlicha tashkiliy shakllar yuzaga kelmoqda. 

Download 52.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling