Akramova zuxraxon jahongir qizining
Download 52.63 Kb. Pdf ko'rish
|
Akramova Z. qishloq xolaligi mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- AKRAMOVA ZUXRAXON JAHONGIR QIZINING “QISHLOQ XO`JALIGI IQTISODIYOTI ” FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI
- FARG‘ONA – 2023 Mavzu. Qishloq xo`jaligi kooperatsiyalari Re`ja
- 5. Foydalanilgan adabiyotlar Qishloq xo`jaligi kooperatsiyasi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI SIRTQI BO’LIM 20-118-GURUX TALABASI AKRAMOVA ZUXRAXON JAHONGIR QIZINING “QISHLOQ XO`JALIGI IQTISODIYOTI ” FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI Bajardi: Akramova Zuxraxon Tekshirdi: ________________ FARG‘ONA – 2023 Mavzu. Qishloq xo`jaligi kooperatsiyalari Re`ja: 1. Qishloq xo`jaligi kooperatsiyasi 2. Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarish kooperativi 3. Asosiy tushunchalar 4. Xulosa 5. Foydalanilgan adabiyotlar Qishloq xo`jaligi kooperatsiyasi. Kooperatsiya o`zida hamkorlikni ifodalaydi va ko`plab tashkiliy ishlar orqali amalga oshiriladi. Qishloq xo`jaligi kooperatsiyasi – bu qishloq xo`jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan o`zlarining iqtisodiy va boshqa talablarini qondirish maqsadlarida tashkil etilgan qishloq xo`jaligi kooperativlari va ularning hamkorlari tizimi. Qishloq xo„jaligi kooperativi – bu xo`jalik yuritishning tashkiliy-huquqiy shakllaridan biridir. U o`zida qishloq xo`jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan kooperativ a‘zolarining moddiy va boshqa talablarini qondirish maqsadida pay badallarini birlashtirishga asoslangan hamkorlikdagi ishlab chiqarish va boshqacha xo`jaligi faoliyatyuritish tashkilotlarini bildiradi. Qishloq xo`jaligi kooperativlari boshqa kooperativlardan qishloq xo`jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan tuzilishi bilan farqlanadi. ―Qishloq xo`jaligi tovar ishlab chiqaruvchisi‖ tushunchasi kooperativni qishloq xo`jaligi maqomiga nisbatan asos soluvchi yetakchisidir. U o`zi ishlab chiqaradigan mahsulot hajmining 50% dan ortig`ini qishloq xo`jaligi mahsulotlari tashkil etishi kerak. Qishloq xo`jaligi kooperativlari quyidagi tamoyillar asosida tashkil etiladi va shakllanadi. Bu tamoyillar jahon amaliyotida kooperatsiyaning 150 yillik tarixi davomida ishlab chiqilgan. Kooperativ a‘zolari: asosiy va uyushma shakliga bo`linadi. Kooperativning asosiy azosi - kooperativ ustav (nizom)ida belgilangan O`lchamda va kooperativga ovoz berish huquqi bilan pay badali kiritgan jismoniy va yuridik shaxslar. Kooperativning uyushma shaklidagi azosi - dividend olish uchun pay badallari kiritadigan, lekin qonunda ko`zda tutilgan holatlardan tashqari ovoz berish huquqiga ega bo‗lmagan jismoniy va yuridik shaxs. Kooperativning asosiy a‘zolari yoshi bo`yicha yoki salomatligi tufayli pensiyaga chiqishi, kooperativdan tashqarida saylanadigan lavozimga o`tganda harbiy xizmatda bo`lishi va boshqa kooperativ nizomida ko`zda tutilgan holatlarga ko`ra, o`z a‘zoliklarini uyushma asosiga qayta rasmiylashtirishi mumkin. Pay badallarining uchta turi mavjud: kooperativning asosiy a‘zolari uchun majburiy va qo‗shimcha hamda kooperatsiyaning uyushma a‘zolari uchun pay badallari. Majburiy pay badali kooperativ a‘zolar tomonidan majburiy to‗lanadi. Uyushma a‘zolarining pay badali o‗lchami uyushma a‘zo bilan tuzilgan shartnomaning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan nizomga mos ravishda aniqlanadi. Download 52.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling