Akramova zuxraxon jahongir qizining
Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarish kooperativi
Download 52.63 Kb. Pdf ko'rish
|
Akramova Z. qishloq xolaligi mustaqil ish
2.Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarish kooperativi
Kooperativ faoliyatida ishtirok etgani uchun, uning a‘zolari daromadlarning turli xilini oladilar: kooperativ to‗lovlar, dividendlar va ish haqi. Kooperativ to`lovlar - kooperativning asosiy a‘zolari orasida ularning kooperativdagi shaxsiy mehnat qatnashuvi va uning faoliyatida ishtirokiga ko`ra taqsimlanadigan daromadning bir qismi. Dividendlar - asosiy a‘zolarning qo`shimcha paylari va kooperativning uyushma a‘zolari paylari bo`yicha to`lanadigan kooperativ daromadining bir qismi. Faoliyatlarini amalga oshirish uchun kooperativ ishchilar kooperativning a‘zosi bo`lmagan va ma‘lum mutaxassislik, kasb yoki lavozimga mehnat shartnomasi (kontrakt) bo`yicha shaxslarni yollash huquqiga ega. Iste‘molchilar kooperativlari o`z a‘zolari orasidan ham ishchilar yollashi mumkin. Qishloq xo`jaligi kooperativlari ishlab chiqarish va iste‘molchilik shaklida tuzilishi mumkin. Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarish kooperativi - fermerlar tomonidan qishloq xo`jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va sotish bo` yicha hamkorlikdagi faoliyat uchun tuzilgan tijorat tashkilotidir. Shuningdek, u kooperativ a‘zolarining shaxsiy mehnat ishtirokiga asoslangan, qonun bilan man etilmagan faoliyatlarni bajarish uchun ham tuziladi. Ishlab chiqarish kooperativining boshqa o` ziga xos xususiyatikooperativning asosiy a‘zolarini uning faoliyatida shaxsan mehnati bilan ishtirokidir. Ishlab chiqarish kooperativi - tijorat tashkiloti bo`lib, faoliyatining asosiy maqsadi daromad topishdir. Ishlab chiqarish kooperatorlariga qishloq xo`jalik korxonalari kiradi. Kooperativ xo‗jalik dehqon va fermer xo‗jaliklari boshliqlari yoki shaxsiy yordamchi xo`jalik yurituvchi fuqarolar tomonidan yerga ishlov berish, chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish yoki qishloq xo` jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish bilan bog‗liq boshqa faoliyatlarni bajarish uchun tashkil etiladi. Sanoat va qishloq xo`jaligi orasidagi aloqa integratsiyalash yo`li bilan amalga oshiriladi. Integratsiya ikki turga: gorizontal va vertikal integratsiyalanishlarga bo`linadi. Gorizontal integratsiya– o`zida bitta tarmoq ichidagi korxonalarning o`zaro aloqasini aks ettiradi. Umumiy ishlab chiqarish masalalarini hal qilish uchun korxonani kooperativlashtirish asosida u rivojlanishga erishadi. Qishloq xo`jaligiga qo llaniladigani - bu qishloq xo`jaligi korxonalarining harakatlarini kooperatsiya shaklida, mahsulotlarini almashtirish yoki ishlab chiqarishni optimal konsentratsiyalash va ixtisoslashtirish asosida yuqoriroq mehnat unumdorligiga erishish uchun ishlab chiqarishni hamkorlikda tashkil etishdir. Gorizontal integratsiya bir qancha qishloq xo`jaligi tashkilotlaridagina rivojlanadi. Masalan, moddiy, moliyaviy va mehnat resurslarining bir qismini birlashtirish yo`li bilan ixtiyoriylik asosida tuzilgan xo`jaliklararo korxonalar va tashkilotlardir. Gorizontal integratsiya ikki yo`nalishda amalga oshiriladi: birinchisi, alohida bo`lgan, umumiy ishlab chiqarish jarayonida o`ziga xos vazifani bajaruvchi ixtisoslashgan qishloq xo`jaligi korxonalari o`rtasida amalga oshiriladi; ikkinchisi, bir nechta xo`jaliklarning imkoniyat va mablag`larini yirik ixtisoslashgan korxona tashkil etish maqsadida birlashtirish. Gorizontal integratsiya qishloq xo`jaligi va sanoat ishlab chiqarish`aloqalarining mukammallashuviga ham ijobiy ta‘sir etadi.`Vertikal integratsiya–tarmoqlararoaloqalarning rivojlanishini o`zaro texnologik jihatdan qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlari va ularni sanoatda qayta ishlab chiqarilishida aloqador bo`lgan qishloq xo`jaligi va sanoat ishlab chiqarish hamkorligining rivojlanishini ifodalaydi. Bu aloqalar`darajasi va xarakteri bo`yicha farqlanishi mumkin, zarur sharti-turli tarmoqlarning kooperatsiyalanishidir. Vertikal integratsiya agrosanoat degan nom olgan. Agrosanoat majmuida diversifikatsiyalangan shakllanish rivojlanadi va u o`z tarkibiga o`zaro ishlab chiqarish faoliyati bilan bevosita bog`liq bo`lmagan korxonalar va tashkilotlar kiradigan integrallashgan guruhlarni tashkil etadi. Integratsiyalashgan ishlab chiqarishga o`tish ishlab chiqarish kuchlari va tarmoqlararo aloqalarning rivojlanish darajasiga obyektiv darajada bog`liq bo`ladi. Integratsiya mehnatning tarmoqlararo bo‗linishi asosida yuzaga kelgan tarmoqlararo o`zaro aloqadorlikning tashkiliy-iqtisodiy shakllari yetarlicha amaliy natija bera olmaydigan va kelgusida ishlab chiqarish samaradorligining oshishini ta‘minlay olmaydigan holatda ishlab chiqarish kuchlari alohida bosqichida rivojlana boshlashi yuzaga keladigan ijtimoiy-iqtisodiy jarayon sifatida qaralishi mumkin.`Agrosanoat integratsiyasi mahsulot sifatining yaxshilanishi, joriy xarajatlar`iqtisodi, mahsulot sifatining oshishi va uni iste‘molchiga yetkazib berish`muddatining qisqarishi natijada aholi talablarining to`liqroq qondirilishi bilan izohlanadi.`Integratsiyaning samarasi quyidagi iqtisodiy ko`rsatkichlar orqali aniqlanadi: mahsulot hajmining ko`payishi; joriy xarajatlarning o`zgarmasligi; iqtisodiy yalpi mahsulotning ko`payishi; daromad va rentabellik darajalarining oshishi va h.k. Agrosanoat integratsiyalashuvi quyidagilarga imkon beradi: ishlab chiqarishga ilmiy-texnika yutuqlarini va innovatsion texnologiyalarni joriy etishning jadallashtirilishi, bir xildagi va yuqori sifatli mahsulotlarni optimal ravishda ishlab chiqarish uchun zarur ustuvorliklar yaratish; olinadigan qishloq xo`jaligi xom-ashyolari va qayta ishlash quvvati orasida oqilona mutanosiblikni ta‘minlash; mahsulotlarning bir texnologik fazadan boshqasiga o`tishini tezlashtirish; ishlab chiqarish sikli hamma sikllarining yagona takror ishlab chiqarish jarayonini ta‘minlash; qayta ishlashda olingan xom-ashyo va chiqindilardan to`liqroq foydalanish; ASMda mavjud ishchi kuchi va ishlab chiqarish vositalaridan samaraliroq foydalanish; boshqaruv xodimlari sonini optimallashtirish va ular uchun qilinadigan xarajatlarni kamaytirish; narxni shakllantirsh sohasidagi monopolistik strukturalarga qarshi turish; tovar ishlab chiqaruvchilarda sifatli va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga iqtisodiy imkoniyat yaratish; qishloqning ijtimoiy muammolarini jadal sur‘atlar bilan hal qilish va boshqalar. Yuzaga kelayotgan sharoitlarga ko`ra, integratsiyalanish darajalari bir xil emasligini, tarmoqlarning birlashuvi ko`pchilik holatlarda qisman integratsiyalanishdan to`liq integratsiyalanish yo`nalishi tomon ketayotganligini xarakterlovchi turlicha tashkiliy shakllar yuzaga kelmoqda. Download 52.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling